Boyazid Bistomiy hazratlari jinnixona yonidan o‘tayotganlarida, bir tabibning havonchada dori maydalayotganini ko‘rib:
-Behad gunohkorman, - debdilar, - shu kasalimga qarshi doring bormi? -Tabib boshini ko‘tarib ulgurmasdan, jinnixona panjarasidan qarab turgan bir xasta javob beribdi. -Tavbaning tomiri bilan istig‘forning yaprog‘ini aralashtir. Qalb havonchasida tavhid to‘qmog‘i bilan tuyib maydala. Insof elagidan o‘tkaz, ko‘z yosh bilan yo‘g‘ir, ishq tandirida pishir va bomdod bilan shom orasida ko‘proq tanovvul qil. Ko‘rasan xastaligingdan asar ham qolmaydi. Bistomiy hazratlarining ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib debdilar: -Yo, Robbim! Bu dunyo xastaxonasida ne tabiblaring bor!!!