|
Dunyoning yetti mo'jizasi
1. Misr ehromlari
2. Bobil osma bog'lari
3. Artemida ibodatxonasi
4. Galikarnas dahmasi
5. Zevs haykali
6. Rodosdagi haykal
7. Iskandariya mayog'i
***************************************
O'rta asrlarning yetti
mo'jizasi
1. Rim kollizeyi
2. Iskandariya yer osti yo'llari
3. Buyuk xitoy devori
4. Avliyo Sofiya ibodatxonasi
5. Stonehenge
6. Piza minorasi
7. Nanjing budda
ibodatxonasi
***************************************
Zamonaviy dunyoning yetti
mo'jizasi
Amerika fuqaro muhandislik
jamiyati 20 asrda insoniyat
tomonidan barpo etilgan
quyidagi obidalarni
zamonaviy dunyoning yetti
mo'jizasi deb atadi. Ushbu
ro'yxat dunyoning ko'zga
ko'ringan arxitektorlari
tomonidan ishlab chiqilgan
bo'lib, unda binolarning
texnik va ijtimoiyu jihatlari
hisobga olingan:
1. Channel Tunnel (Angliya
va Fransiyani bog'lovchi suv
osti kanali)
2. CN Tower (Torontodagi
teleminora)
3. Empire State Building
(New York shahridagi
osmono'par bino)
4. Golden Gate Bridge (San
Franciscodagi ko'prik)
5. Itaipu Dam (Braziliya va
Paragvaydagi to'g'on)
6. Netherlands North Sea
Protection Works
(Niderlandiya Shimoliy
dengiz muhofazasi)
7. Panama Canal (Panama
kanali)
***************************************
Dunyoning yangi yetti
mo'jizasi
National Geographicga ko'ra
quyidagilar dunyoning yangi
yetti mo'jizasidir:
1. Katta piramida (Misr)
2. Avliyo Sofiya ibodatxonasi
(Turkiya)
3. Piza minorasi (Italiya)
4. Washington maqbarasi
(AQSh)
5. Eyfel minorasi (Fransiya)
6. Toj Mahal (Hindiston)
7. Empire State Building
binosi (AQSh)
Boshqa manbaga ko'ra esa,
quyidagicha:
1. Toj Mahal (Hindiston)
2. Buyuk Xitoy devori (Xitoy)
3. Kollizey (Rim)
4. Piza minorasi (Italiya)
5. Eyfel minorasi (Parij)
6. Pasxa orolidagi yodgorlik
(Chili)
7. Chichin Itza piramidasi
(Meksika)
Bu ro'yxatlar eski jahon
mo'jizalari kabi aniq bo'lmay,
hali ham muhokama
qilinmoqda. 2004 yili UNESCO
tomonidan dunyoning yangi
yetti mo'jizasini aniqlash
maqsadida internet-so'rov
boshlangan bo'lib, u hali ham
davom etmoqda. Natijalar
2006 yil 1 yanvarda e'lon
qilinadi. Unga quyidagi
nomzodlar qo'yilgan:
1. Avliyo Sofiya ibodatxonasi
(Turkiya)
2. Akropol (Gretsiya)
3. Panathinaiko stadioni
(Gretsiya)
4. Kolizey (Italiya)
5. Dodjey saroyi (Italiya)
6. Piza minorasi (Italiya)
7. Toj Mahal (Hindiston)
8. Potala ibodatxonasi (Tibet)
9. Algambra ibodatxonasi
(Ispaniya)
10. Versal saroyi (Ftansiya)
11. Angkor-Vat saroyi
(Kombodja)
12. Petr dahmasi (Iordaniya)
13. Kiotodagi qirol saroyi
(Yaponiya)
14. Aahan federal sobori
(Germaniya)
15. Barselonadagi Muqaddas
oila sobori (Ispaniya)
16. Buyuk Xitoy devori
(Xitoy)
17. Eski San'a shahri (Yaman)
18. Eyfel minorasi (Fransiya)
19. Ozodlik haykali (AQSh)
20. San-Fransiskodagi "Oltin
darvoza" ko'prigi (AQSh)
21. Maya piramidasi
(Meksika)
22. Sidney opera teatri binosi
(Avstraliya)
23. Pasxa orolidagi yodgorlik
(Chili)
24. Timbuktu shahri (Mali)
25. Empire State Building
(New York)
26. Macho-Pichku qal'asi
(Peru)
27. Kreml saroyi (Rossiya)
***************************************
O'rta asrlarning unutilgan
yetti mo'jizasi
1. Abu Simbel dahmasi
2. Angkor Wat
3. Toj Mahal
4. Saint-Michel tog'i
5. Moai Statusi
6. Parfenon
7. Shwedagon budda
ibodatxonasi
***************************************
Dunyoning yetti tabiiy
mo'jizasi
1. Everest cho'qqisi
2. Katta Barrier rifi
3. Grand Canyon
4. Viktoria sahrsharasi
5. Rio de Janeiro bo'g'ozi
6. Paricutin vulqoni
7. Shimoliy ko'llar
***************************************
Dunyoning yetti suvosti
mo'jizasi
1. Palau
2. Beliz Barrier rifi
3. Galapagos orollari
4. Shimoliy Qizil dengiz
5. Baykal ko'li
6. Katta Barrier rifi
7. Chuqur dengiz ventillari
***************************************
Dunyoning unutilgan yetti
mo'jizasi
1. Big Ben soati
2. Eyfel minorasi
3. Gateway ustuni
4. Asvan to'g'oni
5. Guver to'g'oni
6. Mount Rushmore milliy
memoriali
7. Petronas minorasi
***************************************
Dunyoning unutilgan yetti
tabiiy mo'jizasi
1. Anhel sharsharasi
2. Fundy qo'ltig'i
3. Iguasu sahrsharasi
4. Krakatoa oroli
5. Fuji tog'i
6. Kilimanjaro tog'i
7. Niagara sharsharasi
***************************************
Yetti xazina
1. Sigir - ro'zg'orning qassobi
va baqqoli
2. Asalari - oilaning tabibi
3. Ipak qurti - qizlarning sepi
4. Objuvoz - qozonning yog'i
5. Tegirmon - qorinning
belbog'i
6. O'rmon - imorat "suyagi",
qozon olovi
7. Tovuq - ham obiyovg'on,
ham dori-darmon
***************************************
Hafta kunlari
O'zbekcha: Juma, Shanba,
Yakshanba, Dushanba,
Seshanba, Chorshanba,
Payshanba
Arabcha: Yavmul-jum'a,
Yavmus-sabt, Yavmul-ahad,
Yavmul-isnayn, Yavmus-
salasa, Yavmul-arba'a,
Yavmul-hamis
Turkcha: Juma, Jumartesi,
Pazar, Pazartesi, Sali,
Charshamba, Pershembe
Inglizcha: Friday, Saturday,
Sunday, Monday, Tuesday,
Wednesday, Thursday
Forscha: Odina, Shanba,
Yakshanba, Dushanba,
Seshanba, Chahorshanba,
Panjshanba
Ruscha: Пятница, Суббота,
Восскресенье,
Понедельник, Вторник,
Среда, Четверг
Latincha: Dies Solis, Dies
Lunae, Dies Martis, Dies
Mercurii, Dies Jovis, Dies
Veneris, Dies Saturni
Saksoncha: Sunnandaeg,
Monandaeg, Tiwesdaeg,
Wodnesdaeg, Thunresdaeg,
Frigedaeg, Sater –daeg
Nemischa: Sonntag, Montag,
Dienstag, Dienstag,
Donnerstag, Freitag, Samstag
Fransuzcha: Dimanche,
Lundi, Mardi, Mercredi, Jeudi,
Vendredi, Samedi
Italiancha: Domenica,
Lunedì, Martedì, Mercoledì,
Giovedì, Venerdì, Sabato
Ispancha: Domingo, Lunes,
Martes, Miércoles, Jueves,
Viernes, Sábado
***************************************
Moddalarning yetti
ko'rinishi
1. Qattiq holati
2. Suyuq holati
3. Gazsimon holati
4. Plazma holati
5. Neytron holati
6. Epiplazma holati
7. Fizik vakuum holati
***************************************
Yetti musiqa notasi
1. Do
2. Re
3. Mi
4. Fa
5. Sol
6. Lya
7. Si
***************************************
Yetti avlod
1. Farzand
2. Nevara
3. Chevara
4. Evara
5. Pannevara
6. Ovora
7. Begona
***************************************
Yetti iqlim
1. Ekvatorial
2. Subekvatorial
3. Tropik
4. Subtropik
5. Mo'tadil
6. Subarktik
7. Arktik
***************************************
Yetti rang
1. Oq
2. Sariq
3. Qizil
4. Qora
5. Ko'k
6. Yashil
7. Apelsin rang
***************************************
Yetti sayyora
Qadimgi xalqlar yetti
muqaddas sayyora inson
hayotiga, taqdiriga, o'zaro
harakatlariga bog'liq deb
tushunganlar va shundan
hafta kunlarini chiqarganlar.
Quyosh va Oyni ham shunga
kiritishgan. Ular:
1. Quyosh - Oftob, Shams,
Xurshid, Mehr, Yashiq; Kuch-
g'ayrat ramzi
2. Oy - Qamar, Moh, Anbar,
Yalchiq; Dilbarlik ramzi
3. Mars - Mirrix, Bahrom,
Ko'rkud; Jangu jadal timsoli.
Greklarda urush xudosi
4. Merkuriy - Atorud, Hulkar,
Surayyo, Orzu, Dabir; Aql-
zakovat, donolik ramzi
5. Yupiter - Mushtariy,
O'ngoy, Qoraqush, Burjis;
Baxt ramzi
6. Venera - Zuhro, Cho'lpon,
Sirius, Yildiriq, Nohid, Saqid;
Sevgi ramzi
7. Saturn - Zuhal, Sekantir,
Kronos; Dehqonchilik va
hosildorlik ramzi
***************************************
Yetti mukammal fanlar
Qadimgi va o'rta asr ta'lim
tizimida ongni va mantiqni
yuksaltiruvchi yetti fan
mavjud edi. Ushbu fanlarni
qadimgi yunon
mutafakkirlari komillika
eltuvchi yo'l deya
ta'riflaganlar:
1. Grammatika
2. Mantiq
3. Ritorika
4. Geometriya
5. Arifmetika
6. Astronomiya
7. Musiqa
***************************************
Qadimgi greklarning yetti
donishmandi
Eramizdan avvalgi 6-7
asrlarda qadimgi
Yunonistonda yashagan
faylasuf va siyosatchilarning
eng mashhurlari "yetti
donishmandlar"dir:
1. Prienlik Bias (er.av. 6 asr)
2. Spartalik Chilon (er.av. 6
asr)
3. Linduslik Kleobulus (er.av.
6 asr)
4. Korinflik Periander (er.av.
585 yilda vafot etgan)
5. Maytilenlik Pittacus (er.av.
650-570)
6. Afinalik Solon
7. Miletlik Fales
***************************************
Yetti dengiz
Qadimgi dengizchilar
dunyoni 7 dengi o'rab turadi
deb hisoblaganlar(okeanlarni
ham kiritganlar):
1. Shimoliy Atlantika okeani
2. Janubiy Atlantika okeani
3. Shimoliy Tinch okeani
4. Janubiy Tinch okeani
5. Hind okeani
6. Arktika okeani
7. Janubiy okean
***************************************
Qadimgi Rimning yetti
podshosi
Afsonalarga ko'ra Rimni
dastlab boshqargan 7 podsho
er.av. 753 yildan 510
yilgacha hukmronlik
qilganlar:
1. Romulus
2. Numa Pompilius
3. Tullus Hostilius
4. Ancus Marcius
5. Lucius Tarquinius Priscus
6. Servius Tullius
7. Lucius Tarquinius Superbus
***************************************
Qadimgi yaponlarning yetti
xudosi
Qadimda yaponlar baxt,
boylik va uzoq umr keltirishi
uchun 7 ta xudoni o'ylab
topishdi. Bunga e'tiqod qilish
15 asrga kelib judayam
kuchaydi. Ular:
1. Ebisu - baliq ovlash va
savdo xudosi
2. Daikoku - boylik va qishloq
ho'jaligi xudosi
3. Bishamonten - omad
xudosi
4. Benzaiten - suv va musiqa
xudosi
5. Hotei - moy xudosi
6. Fukurokuju - Abadiyat
xudosi
7. Jurojin - Uzoq umr xudosi
***************************************
Yetti opa-ukalar
Qaqimgi yunon miflariga
ko'ra, Pleonlik Atlas bilan
Okeanusning qizlari. Mifga
ko'ra ular otalarining
ayanchli taqdiridan yoki
opalari Hyadesning o'limidan
ranjib o'z jonlariga qasd
qiladilar. Koinotdagi ba'zi
yulduzlar ularning nomi bilan
ataladi:
1. Electra
2. Maia
3. Taygete
4. Alcyone
5. Celaeno
6. Sterope
7. Merope
***************************************
Yetti qavat osmon
Imom Buxoriy va Imom
Muslimlardan rivoyat
qilingan "isro va me'roj"
haqidagi hadislarda
payg'ambarimiz Muhammad
s.a.v.ning Masjidul aqsodan
osmonga ko'tarilganliklari
haqida rivoyat qilinadi.
Ushbu hadisga ko'ra,
Rasululloh s.a.v. yettita
osmondan o'tadilar va har bir
osmonda quyidagi
payg'ambarlar bilan
uchrashadilar:
1. Birinchi osmon - Odam
alayhissalom
2. Ikkinchi osmon - Iso va
Yahyo alayhissalomlar
3. Uchinchi osmon - Yusuf
alayhissalom
4. To'rtinchi osmon - Idris
alayhissalom
5. Beshinchi osmon - Horun
alayhissalom
6. Oltinchi osmon - Muso
alayhissalom
7. Yettinchi osmon - Ibrohim
alayhissalom
***************************************
Arshning soyasidagi yetti
kimsa
Abu Hurayra r.a.
Payg'ambarimiz Muhammad
s.a.v. dan shunday rivoyat
qiladilar: "Yetti kishini Alloh
taolo Arshning soyasida
soyalantiradi:
1. Odil boshliqni;
2. Yoshlikdan Allohning
ibodati bilan o'tgan kishini;
3. Yolg'iz holida Allohni eslab
ko'z yosh to'kkan kishini;
4. Qalbi doim masjid bilan
bog'langan kishini;
5. O'ng qo'li bilan bergan
sadaqani chap qo'li bilmagan
(ya'ni, maxfiy sadaqa qilgan)
kishini;
6. Alloh yo'lida do'stlashgan
ikki kishini;
7. Chiroyli ayol fahshga
chorlaganda "Alloh taolodan
qo'rqaman”, deb bosh
tortgan kishini”.
***************************************
Islomda iymondagi yetti
farz
1. Allohga;
2. Allohning farishtalariga;
3. Allohning kitoblariga;
4. Allohning
payg ‘ambarlariga;
5. Oxirat kuniga;
6. Taqdirga, ya'ni yaxshilik
ham, yomonlik ham Allohdan
ekaniga;
7. O ‘limdan keyin qayta
tirilmoqqa ishonish.
***************************************
Injildagi yetti halok qiluvchi
gunoh
1. Mag'rurlik
2. Baxillik
3. Ochko'zlik
4. G'azab
5. Yeb-to'ymaslik
6. Hasad
7. Dangasalik
|