Dollar ReDe$ign Project - AQSh dollarini qayta dizaynlash bo'yicha loyiha bo'lib unga Richard Smit rahbarlik qiladi. Loyiha saytida
2010 yilgi konkurs g'oliblari e'lon qilingan. Birinchi o'rinda dizayner
Dowling Duncanning ishlari bo'lib, 7,380 ta ovoz to'plagan.
Yangi kupyura modellarining o'ziga xos tomoni shundaki, ular gorizontal emas, vertikal ko'rinishdadir. Buning sababini muallif Dowling Duncan quyidagicha ta'riflaydi:
- Kishilar pulni sanaganda kupyuralarni aynan shu holatda, ya'ni vertikal holtda ushlaydilar;
- Xarid uchun sotuvchiga uzatganda ham xuddi shunday;
- Hamyonda
ham odatda shu holat saqlanadi va turli qiymatdagilarini bir-biridan
ajratish oson bo'ladi; shunday ekan, bir qarashda g'ayrioddiy
ko'rinadigan bu shaklning tanlanishiga asos bor ekan.
Kupyuralarning ranglari, ko'rib
turganingizdek, bir-biridan keskin farq qiladi va bundan maqsad ularni
ajratishda osonlik tug'dirish, deydi dizaynerlar.
Konkurs
shartlaridan biri - banknot mavzuining nominal raqamiga aloqador
bo'lishidir. Masalan, 1 dollarlik kupyurada AQShning birinchi qora
tanli prezidenti Barak Obamaning surati joylashtirilgan.
5 - Shimoliy Amerikaning eng yirik hindu qabilalari soni (yuqoridagi chap burchakda nomlari keltirilgan).
Quyidagi banknotda esa AQSh Konstitutsiyasidagi dastlabki 10 ta punkt keltirilgan.
20 dollar - mamlakatning 20 asrdagi ilm-fan sohasida erishgan yutuqlarini aks ettiradi.
AQShdagi 50 ta shtat:
Franklin Ruzvelt prezidentligining dastlabki 100 kunidagi muhim o'zgarishlar:
Ma'lumki, bu davr mobaynida Ruzvelt o'zidan oldingi hamkasblari erisha
olmagan vazifalarning uddasidan chiqqan va mamlakatni Buyuk Inqirozdan
olib chiqqan. O'shandan boshlab Amerika prezidentlarining keyingi
faoliyatlarini dastlabki 100 kunda qilgan ishlariga qarab baholash rasm
bo'lib kelmoqda.
Eslatib o'tish joizki, bu konkurs hukumat tomonidan e'lon qilinmagan.
|