Статистика |
XOZIR SAYTDA 5 MEXMON 5 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Июнь » 18 » - Do‘stlaringni yomonlaguvchi bo‘lma....
00:40 - Do‘stlaringni yomonlaguvchi bo‘lma.... |
BIRINCHI BOB - Xudoga takya qilmoq kerak. Nimani xohlasang U beradi. - Uni asra, U ham seni asraydi. - U berganni hech kim tortib ololmaydi. - Unga kim itoat etsa, hamma unga farmonbardor bo‘ladi. - Kimdakim Undan qo‘rqsa, boshqalar sendan qo‘rqishadi.
Shayx Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Moturidiy
taxminan 870 yili hozirgi Samarqand viloyatining Moturid qishlog‘ida
tug‘ilib, 975 yili vafot etgan. U Samarqandning Chokardiza qabristoniga
dafn etilgan. Moturidiy xususiy muallimlarda, so‘ngra esa Samar¬qand
madrasalarida tahsil ko‘rgan. Olim umr bo‘yi Samarqand madrasalarida
mudarrislik qilgan. Moturidiy "Kitob – at tavhid”, "Kitob al-usul”,
"Ta’vilot al Qur’on” (Qur’on tafsiri) singari o‘nlab ilmiy-nazariy
asarlar, "Pandnoma” asarining muallifidir. Buyuk olimning islom
ta’limoti sofligini asrashda xizmati katta. Navoiy
"Nasoyim-ul-muhabbat”da Moturidiyning ruhiy-ilohiy qudrati haqida
alohida hikoyat keltirgan. Uning "Pandnoma”si X asr pandnomasining eng
yaxshi namunalaridan bo‘lib, kitobxonni ilm o‘rganishga, kasb
egallashga, yaxshi xulq egasi, insonparvar, shirinsuxan, saxovatpesha
bo‘lishga undaydi. Quyida ushbu asardan tarjimani e’tiboringizga havola etamiz.
|
- Tavhidni umring sarmoyasi deb bil. - Dunyoparast bo‘lma, Xudoning dushmanini sevgan bo‘lasan. - Chin e’tiqod bezavol ganjdir. - Martabani sabrdan izla. - Qurolingni ilmdan yasa. - Saxovatpesha bo‘l. - Faqirlikni faxr bil. - Oxirat yo‘l ozuqasini taqvodon ko‘zla. - Oxirat yo‘lini taqvodan qur. - Ibodatdan shodlik ista. - Rostgo‘ylikda kamol izla. - O‘limni aslo unutma. - Shodlikni ibodatdan ko‘zla. - Haq hukmiga rozi bo‘l. - Farishtalar, Rasuli akram va Alloh kitobini hurmat qil. - Haq so‘zini imon bil. - Yaxshilar bilan do‘stlash. - O‘zingdan qochib Haqqa yetgin. - Halolni-halol, haromni-harom bilishga o‘rgan. - Dushmanga ozor berma, ammo qo‘lingdan kelsa mahv et. - Xorlik istasang xiyonatchi bo‘l. - Be’manilardan hazar qil. - Nodonni tirik sanama. - Sabrli bo‘l, murodingga yetasan. - Har bir ishda hamkor izla. - O‘zlikni anglashni buyuk xislat bil. - Donishingni xor qilma. - Kam gapir, oz yeginu kam uxla. - Xilofkorlikdan qoch, Allohdan noumid bo‘lma.
IKKINCHI BOB
- Taqvoni qo‘rqmas askar bil. - Dono ko‘ringan nodondan hazar qil. - Ilmda hammadan kamtar bo‘l. - O‘rgan va o‘zgalarga o‘rgatgin. - Eshitmagan narsang haqida gapirma. - Birovga haddan tashqari tanbeh ham berma, behudaga maqtama ham. - Qulog‘ing bilan eshitganingni mahkam tut. - Rost gapiru o‘zgalarning aybini kovlama. - So‘ramasalar javob berma, aytmagan joyga borma. - Xarid qilinmaydigan narsani sotma. - Olinmaydigan narsani sotma. - Kaltak yemayin desang, begunohga qo‘l ko‘tarma. - Yaxshilikni jondan izla. - O‘zgalar qalbini ovlamoqchi bo‘lsang, yaxshilik qilishga odatlan. - Baloni takobirlik natijasi bil. - Qalbingni hasad o‘ti bilan kuydirma. - Balodan ibrat ol. - Hamisha sir asrovchi bo‘l. - Jafopesha bo‘lma. - Me’yori bilan yegin, nizomi bilan gapirgin. - Xushxulq va beozor bo‘l. - Tavfiqni Xudoning fazilati bil. - Kishilarga qattiq gapiruvchi bo‘lma. - Boylikni iqbol bil, uni xarj etmaslikni esa badbaxtlik bil.
UCHINCHI BOB
- Har kimning nonini yeya berma, ammo hammaga non yedir. - Molu davlat orqasidan yuguruvchi bo‘lma. - Haq xikmatini ilmingdan afzal bil. - Ilmingni ehtiyot qil. - Alloh hikmatini o‘z bilimingdan yuksak bil. - O‘zingni ta’rif etishdan saqlan. - Hamisha Alloh shukronasida bo‘l. - Jonni omonat bil. - Allohni hamisha berguvchi, deb bil. - Umringni inoyat bil. - Tadbirni taqdir bilan bog‘la. - Sog‘likni g‘animat bil. - Oxiri ziyon keltiradigan foydaning atrofida o‘ralashma. - Ajalni hech qachon faromush qilma. - Ilm o‘rganishdan aslo tinchima. - Kalondahanlik qilma. - Nasiyani mol deb bilma. - Martabayu izzatni ilmdan izla. - Shahvat asiri bo‘lma. - Afv etmoqni hech kimdan darig‘ tutma. - Rost yo‘lda yengiltaklik qilma. - Sulhning iloji bo‘lmasa, jang¬dan qochma. - Dushmanni haqir bilma. - Do‘sting ming bo‘lsa ham kam. - Har qanday dushmandan ehtiyot bo‘l. - Sendan qo‘rqqandan sen ham qo‘rq. - Dushmaningning dushmani bilan do‘st tutin. - Do‘stlaringning do‘stlari orasida bo‘l. - Do‘stingning dushmanidan g‘ofil bo‘lma. - Rahmsizga shafqat qilma. - Nokasdan qarz olma. - Ajdodlaring qadrini e’zozla. - Johil zohidga inonma. - Omonatga xiyonat qilguvchi bo‘lma. - Sinamagan odam bilan safarga chiqma. - Hirsu xusumatni najosat bil. - O‘z misqolingni o‘zgalar botmonidan afzal bil. - Odamlarning oldida nima desang, orqasidan ham o‘shani gapir. - Birovning moliga muhtoj ekansan, bilgilki, uning qulisan.
TO‘RTINCHI BOB - Behudalikni ofatlarning boshi bil. - Birovning minnatini ko‘taru, minnat qilguvchi bo‘lma. - Tilingni hamisha dashnomdan tiygil. - Hojat chiqarishni buyuk ish deb bil. - Yaxshilik qilganingni aytib yurguvchi bo‘lma. - Yomonlikni ofatlarning boshi, deb bil. - Yomonlarga yordamlashma. - Do‘stlaringni yomonlaguvchi bo‘lma. - Yomonlarni o‘zingga yo‘latma. - Dushmaning bilan inoqlashgan do‘stdan qo‘rq. - O‘zgalar g‘amidan xursand bo‘lma. - Senga ishi tushgan odamni ranjitma. - Tuhmat bor joydan qoch. - Ota xatosi uchun tanbeh berma. - Sultonga gustohlik qilma. - Darvesh qardoshingni shod tut. - G‘amgusor bo‘ladigangagina dardingni ayt. - Sharobu taomni kam ye, ko‘pini o‘zgaga ber—esin. - Xalq bilan shunday yashaki, ular hamisha sen bilan bo‘lishsin. - Shuhratmandlikda o‘zingdan ketma. - Birovlarning g‘amidan shodlanuvchi bo‘lma.
BESHINCHI BOB
- Orzu-umid farzandi bo‘l. - Oila a’zolari haqqini unutma. - Qalbingni din bilan dono qil. - Odamlar sendan umidvor bo‘lib yashasin. - Martaba, boylikka erishgach, o‘zliging unutma. - Davlat paytida balandhimmat bo‘l. - Og‘ir kunlarda sabr-bardoshli bo‘l. - Oz dardni ko‘p bil. - Boylikka erishgach, himmatbaland bo‘l. - Saxovatda va’daxilof bo‘lma. - Diyonatda bardam va mustahkam bo‘l. - O‘zingni orzular daryosiga g‘arq etma. - Nodondan yiroq yurishga intilgin. - Baxillik bilan martaba qozonolmaysan. - To‘g‘ri yo‘lni ochguvchi ilmdir. - G‘amg‘usoringga g‘amingni ayt. - Hech kimga haqorat ko‘zi bilan boqma. - Xalq bilan bir tan, bir jon bo‘l. - Nokas va bedinga non berma. - Mehmonga sertakalluf bo‘lma. - Ahdu paymonda sobit bo‘l. - Yomon tanishingni uyga yo‘latma. - Molingni noo‘rin va bekorga sarflama. - Hayot tajribasidan rizq izla.
OLTINCHI BOB
- Dono suhbati har ikki jahon uchun foydalidir. - Haq rizoligi bilan kun kechir. - Payg‘ambarlarni hamisha tirik bil. - Va’daga vafoni saxovat bil. - Umring lazzatini yaxshilar suhbatidan ko‘zla. - Umid rishtasini hargiz uzma. - Baxildan yaxshilik kutma. - To‘g‘ri yo‘lning kalitini ilm deb bil. - Umringni sahroda o‘tkazma. - Qalblar do‘stligini xomushlikdan izla. - Hamma bilan oshno bo‘lishga intil. - Janjallashgan qarindoshlarni yarashtirishga intil. - O‘g‘irlik moldan ulush olma. - Hech kimga haqorat ko‘zi bilan boqma. - Ayollardan ustun bo‘lishga intilma. - Go‘daklarga nasihat qilma. - Nodon bemorni davolama. - Mast yigitga nasihat qilma. - Do‘stlar aybini o‘z vaqtida ayt. - Siringni do‘stdan ham, dushmandan ham pinhon tut. - Dono suhbatini har ikki jahon uchun foyda deb bil. - Har ishni maslahat bilan qil.
YETTINCHI BOB
- O‘tganga, to‘kilganga va ketganga afsuslanma. - O‘zingga hamjins va hammaslak do‘st tanla. - Hamma bilan yarashib yashashga intil. - Berahm odamlarni do‘st qatoriga kiritma. - Sog‘liqni hayot garovi bil. - Toshbag‘irlar bilan hamsuhbat bo‘lma. - Ikkiyuzlamachidan vafo kutma. - O‘z yukingni o‘zgalarga oshiradigan bo‘lma, ammo o‘zgalar yukini ko‘targuvchi bo‘l. - Manfaatsiz tiriklik o‘lim bilan barobar. - Ko‘p gapirmoqni gunoh bil. - Hojatingni Allohdan tila va ista. - Do‘stlaring xatosini aytib turgin. - O‘zgalar moliga mehr qo‘yma. - Do‘stingni hamisha esda tut. - Xizmatkorni urushga yuborma. - Aytilmagan joyga borma. - Nodon do‘stga ishonma, chunki suvga suyansang g‘arq bo‘lasan. - Yaxshilarning tirigini ham, o‘ligini ham ziyorat qil. - Qo‘rqoqlikni o‘limdan og‘ir bil. - O‘zingdan keksalarni ulug‘ bil. - Tiriklik haqiqatini sog‘likda, deb bil. - Hech kimning sirtiga qarab baho berma, aldanasan. - Maqsadsiz hayot bilan o‘limni birday bil. - Tilingga ehtiyot bo‘l. - Hammadan yaxshi so‘z o‘rganishga intil. - Hasadgo‘y do‘stdan parhez qil. - Dushman bilan sulh tuzishga intil. - Sabrni maqsadga yetish vositasi bil. - Nizomsiz lashkar lashkar emas. - Qurolsiz jasurni nodon bil. - Yurt obodligini tilasang, ochiqqo‘l bo‘l. - Qalbing pokiza bo‘lsa, murodga yetasan. - Nifoq ilmsizlik belgisidir. - Ranjni osoyishtalik vositasi bil. - Shariatni tan deb o‘yla, Tariqatni qalb, deb angla, Haqiqatni esa, jon deb tanigin.
SAKKIZINCHI BOB
- Yaxshiligingni el bilsin desang, yomonlarga ta’na qilma. - Yomon so‘zga quloq tutma. - O‘zingdan yoshi kattalarni ulug‘ sana. - Til saqlashni umr salomatligi bil. - Yaxshi so‘zni hammadan tinglashga odatlan. - Bu jahon manfaati uchun jahonni sotma. - O‘zingga nimani xohlasang, Haq bandalariga ham o‘shani ista. - Dorini sog‘ paytingda ich. - Uzoqdan bo‘lsa ham ilm o‘rganish payida bo‘l. - Hasadchi do‘stdan parhez qil. - O‘tmish hayotingni o‘z imoming bil. - Johil amirdan hazar qil. Undan keladigan oz siylovni ko‘p bil.
TO‘QQIZINCHI BOB
- Maqsadga yetish yo‘lini sabrda bil. - Nasihatga quloq tutmaydigan lashkar — lashkar emas. - Itoatsiz raiyat — raiyat emas. - Qurolsiz shijoat nodonlikdir. - Yurting obodligini istasang, xalqingni himoya qil. - Mulkning nizomli rivojlangan bo‘lishini istasang, xoliq va xalqning xursandligini ko‘zla. - Buyuklarning kichiklarga xizmatini kichik bil, Kichiklarning buyuklarga xizmatini buyuk bil. - Yengiltaklikni xorlik va devonalik bil. - Hashamdorlik, baxillik va hasadni tanang, moling, martabang uchun zahar bil. - G‘ofil amirni amir sanama. - Hiradmand(donishmand)lar suhbatini ko‘zla. - Jahon ko‘rgan kishilarni nadim qil. - Olam obodligini karamu adolatda bil. - Qalbingni pok tutsang, murodga yetasan. - Maqtanchoqlik qilma, birov seni maqtasa, undan faxr¬lanma. - Nifoqni ilmsizlik oqibati, deb bil. - O‘z aybingni ko‘rguvchi bo‘l. - O‘zingni ta’madan yiroq tut. - Ranjni osoyishtalik natijasi bil. - Zahmat oqibatini shodlik, deb bil.
O‘NINCHI BOB
- Hamisha aziz bo‘lay desang, xorlik bilan hunar o‘rgan. - Baloni sadaqa bilan daf et. - Hurmatni boylikdan afzal bil. - Takabburlarni dev sana. - Dono do‘st nasihatini qabul et. - Nojins suhbatidan parhez qil. - Hoyu havas otashini o‘ldir. - Jangda balandovoz bo‘l. - Yaxshi so‘zni aziz tut. - Hammaning o‘zingga dushman bo‘lishini istasang, takabbur bo‘l. - Yomon ko‘zdan qo‘rq. - Dinni ilm bilan asra. - Agar xalqning do‘st bo‘lishini istasang, boylikni dushman bil. - Tinchlik istasang, hech kimga yomonlik qilma. - Ulug‘lik istasang, iftixordan qoch. - Duoni quroldan afzal bil. - Umidni ganjdan ortiq bil. - Shunga intilginki, o‘limdan so‘ng ham tirik yurgin. - Alloh xohlamagan hamma narsani botil sana. - Ozorning yo‘lini ehson bilan to‘s.
Forsiydan Hamidjon Homidiy tarjimasi.
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 1558 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|