YAKSHANBA, 2024.12.29, 13:02
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SEVGANIZ BORMI?
XAMMA JAVOBLAR: 2289

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Август » 15 » Do'stlikka hiyonat
11:15
Do'stlikka hiyonat

Dunyoda do'stlik bormi? Hayotda biror odamga iwoniw mumkinmi? Yaqin dugonamni hikoyasi meni oylantirib quydi. Hayotda ruy bergan real voqea. Gapni qisqa qip dugonam nomidan uni sizlarga yuboryapman. "Oriflame korxonasida konsultant bo’lib ishladim, talaba bo’lganim uchunmi bu ish menga yoqardi. Buyurgan mahsulotlarimni olgach ularni egalariga topshirardim. Shunday kunlarning birida ofisdan qo’ng’iroq qilib, mahsulotlar kelgani haqida xabar berishdi. Ofisga borar ekanman, nimagadir ko’nglim g’ash edi. Balki sinfda mahsulotlarimni yo’qotib qo’yishni oldindan sezgandirman. Nima bo’lsa ham yaxshilik uchun bo’lsin deb, o’zimni ovuntirgan bo’ldim. Mahsulotlarni olib, sinfga keldim. Kursdoshlarim mahsulotlarni tomosha qilish uchun sumkamni qo’limdan olishdi. Dars boshlandi va 80 daqiqadan so’ng nihoyasiga yetdi. Men mahsulotlarni ko’zdan kechirar ekanman, bir nechta mahsulotlar yo’qolganini sezdim va ulardan birini ya’ni "Glacier” пена для бритьяni kim olganini ko’rgandim. Kursdoshim Sherzod "Glacier”ni o’g’irlagach, o’zimni qo’yarga joy topolmadim. Chunki qolgan mahsulotlarini kim olganidan xabarim yo’q edi. Sherzodga yalindim, yolvordim foydasi bo’lmagach, uyidagilar bilan gaplashib olmoqchi bo’ldim. Uning na manzilini, na telefon raqamini bilmayman. So’rab surishtirib taxminiy telefon raqamini aniqlab oldim. 49-28 shu nomerga qo’ng’iroq qildim, go’shakni yoshgina ayol ko’tardi. Salomlashib bo’lgach Sherzodlarning uyidanmi deb so’radim. Haligi ayol bu yer boshqa joyligini aytgach uzr so’rab go’shakni joyiga qo’ydim. Ertasiga tasodifan yana shu raqamga qo’ng’iroq qilibman (Buni keyinroq bilib qoldim) go’shakni kechagi ayol ko’tardi. Men odatdagi savol bilan murojaat qilganimda, o’zini Sherzodning kelinoyisiman deb tanishtirdi. Men maqsadga o’tib bo’lgan voqeani yotig’i bilan tushuntirdim. Ayol: Ko’k rangli "Glacier” vannada oynaning ustida turibdi, Sherzoddan buni qayerdan oldingiz? Deb so’raganimda o’rtog’imniki deb javob berdilar. Singlim telefon raqamingizni qoldiring, Sherzod darsdan kelgach o’zim u bilan gaplashaman, deb va’da berdi. Ertasiga yaxshi kayfiyatda darsga kelib, Sherzodning vajohatidan qo’rqib ketdim. Senga men bilan o’chakishma baribir "Glacier”ni ololmaysan, umuman olganda "Glacier” menda deb kim aytdi senga? Nega menga tuhmat qilasan? Tuhmat qilmoqchi bo’lsang kattarog’idan, ishonarlirog’idan qil. Senga o’sha arzimagan "Glacier”ingni topib beraman deb turgandim, lekin uymiga qo’ng’iroq qilganing uchun topib bermayman, pulini ham ololmaysan. Agar yana bir bor uyimga qo’ng’iroq qilsang, seni tinch qo’ymayman. Meni yaxshi bilmas ekansan. Yaxshisi "Glacier”ni ham qolgan mahsulotlarni ham unut, yo’qsa o’zingga qiyin bo’ladi. Xalqimizda bir gap bor: "O’zingga ehtiyot bo’l, qo’shningni o’g’ri tutma” deb qo’rqitdi. Uyga kelib, to’yib-to’yib yig’ladim. Unga tuhmat qilganim yo’q-ku. Axir kelinoyisi ham uni uydaligini ta’kidladi-ku. Qayerda xato qildim? Nega meni hech kim eshitmaydi? Yoki eshitsa ham tushunmaydi? Shu savollar iskanjasida yana uning kelinoyisiga qo’ng’iroq qildim. Ulardan yordam berishlarini, chin dildan iltimos qilib so’radim. Men Sherzodga "Glacier”ni pulini bergandim, sizga berishini tayinladim. Singlim uning gaplariga e’tibor bermang. Agar "Glacier” sizga kerak bo’lsa uyga keling, deb maslahat berdilar. Men rozi bo’ldim va ertasiga Sherzod yashaydigan ko’chaga keldim. Lekin uyini topa olmadim. Do’kondan o’zim uchun qadrli bo’lib qolgan 49-28 raqamiga qo’ng’iroq qildim. Go’shakni har doimgidek kelinoyisi ko’tardi, salomlashgach men maqsadga ya’ni ularning ko’chalariga kelganimni, lekin uylarini topa olmayotganimni aytdim va gaplarim so’ngida o’zingiz tashqariga chiqing deb iltimos qildim. Biroq kelinchak yosh bolali ekanligini u bilan ko’chaga chiqa olmasligini ro’kach qildi. Uyning qaysi ekanligini tushuntirib o’zingiz keling dedi. Amallab uyni topib keldim. Ammo uyda ikkita yigitchalar va qari kampirdan bo’lak hech kim yo’q edi. Kampir Sherzodning buvisi, yigitchalar esa Sherzodning ukalari ekan. Buvisiga bo’lgan gaplarni aytib berib, "Glacier”ni so’radim. Ukasi chiqarib berdi. Oradan ozroq vaqt o’tgach Sherzodning otasi keldi va darrov Sherzodning akasiga qo’ng’iroq qildi. Akasi kelgach Sherzodni ham chaqirtirishdi. Sherzod uyiga Jahongir ismli kursdoshim bilan keldi. Meni uyi oldida ko’rib kayfiyati buzildi, allanimalarnidir pichirlab menga yov qarash qildi. Lekin uning kelinoyisi hozir boraman deb va’dasida turmadi. Otasi Sherzodni koyigan bo’ldi, hammamiz birgalashib kelinoyisini kutdik, biroq vaqtimiz zoye ketdi. Uyga kelib xursandchiligimni kelinoyisi bilan baham ko’rmoqchi, unga chin ko’ngildan minnatdorchilik izhor etmoqchi edim. Ammo bu gal qadrdon 49-28dan Sherzodning kelinoyisiman deb emas, boshqa joyga tushdingiz degan gaplarni eshitdim. Tilim kalimaga kelmay qoldi. O’zimni qo’lga olib bo’lgan voqealarni haligi qizga aytib berdim. Axir qanday qilib, 1 ta raqam 2 ta xonadonga tegishli bo’lishi mumkin. Haligi qiz menga rahmi kelibmi, do’stlashishni taklif qildi. Men rozi bo’ldim. U mendan telefon raqamimni so’radi. So’ng aytmang o’zim topaman 45-55mi deb so’radi. Men hayron bo’ldim, qayerdan bildingiz deb so’raganimda, u shunday javob berdi: Uy telefonimni mobil telefonga yo’naltirganman, shundan bilib oldim. Ismini Nafisa deb tanishtirdi. Sodda, ishonuvchan qiz bo’lganimdanmi uning gaplariga ishondim. Buning yolg’onligini bilardim-ku. Chunki chaqiruv good’oklarini odatdagidan farqi yo’q edi. (Agar uy telefoni mobil telefonga yo’naltirilgan bo’lsa chaqiruv good’oklari uzoq davom etishi kerak) Keyin 1 ta raqam hech qachon 2 ta xonadonga berilmasligini juda yaxshi bilardim. Shunga qaramay uning barcha gaplariga ishondim. Demak, Sherzodning kelinoyisiman degan ayol va Nafisa bitta odam. Telefon raqamimni esa o’zim Sherzodning kelinoyisiga aytgan edim. Nafisa bilan shunday tanishib qolganmiz. Men unga ishonardim. Yaqin o’rtog’im, sirdoshim, maslahatgo’yim, opam o’rnida opam deb o’ylabman. U bilan opa-singildek, men u uchun u men uchun yaratilgandek, bu yorug’ dunyoda ikkimizdan bo’lak hech kim yo’qdek. Uni shunchalar hurmat qilardimki ta’riflashga so’z ojiz. Bir soat ovozini eshitmasam, o’zimni behalovat sezardim. Soyasidan ham rashk qilardim. Albatta uni shunchalar hurmat qilishim bejiz emas edi. Chunki u bilan tanishgan kunimning ertasiga darsga kelib Sherzoddan uyiga borganim uchun eshitmagan gapim qolmadi. Meni tinmay haqoratladi, eng alam qilgani menga qo’lini ko’tardi. Bular esa hali hech nima ekan, u o’zi aytgandek meni tinch qo’ymadi. Kollejdagi tanish dugonalarimga, ustozlarimga, hamma – hammaga meni yomonlaydigan odat chiqardi. U bilan har kun tortishish jonimga tegdi. Sinfda hech kim meni hurmat qilmay qo’ydi. Meni ko’rib hatto kursdosh qizlar ham qochadigan odat chiqarishdi, pullarim, taqinchoqlar, fleshkalarim ham yo’qoldi. Sherzod esa ustimdan kulishni, bolalarni menga qarshi qayrashni to’xtatmasdi. Qayerda xato qildim? Xatoni faqat men qildimmi? Nega meni ustimdan kulishadi? Sherzod men haqimda bolalarga nima dediki ular mendan nafratlanishyapti? Sherzodning yoniga kelib nega bunday qilayotganini, qachon bularga chek qo’yishini so’radim. U menga seni xor bo’lishingni ko’rgim kelyapti, uyimga borganing meni xor qilganing. Seni ogohlantirgandim gapimga kirmading, endi hamma sendan nafratlanadi. Buni ko’rib rohatlanyapman. Seni esa hali tinch qo’yish niyatim yo’q dedi. Bu gaplarni har kuni eshitib yuragim ezilib ketdi, bo’qoq kasalligini orttirib oldim. Havo sal isisa yuragim qisiladi, nafas olishim qiyinlashadi. Ko’z oldim qorong’ulashadi. Doktor bilan maslahatlashganimda bularning hammasi kuchli asab zo’riqishidan, agar asabiylashishni to’xtatmas ekansiz, aqldan ozishingiz hech gap emas dedi. Bularni Nafisaga aytib berdim u kishi menga Sherzod bilan o’zim gaplashaman dedi. Nafisa Sherzodga nimalar degan bilmayman, lekin Sherzodning menga muomalasi ma’lum ma’noda o’zgardi. Menga umuman gapirmaydi. Men esa xursandman. Chunki asabiylashishim ancha kamaydi. Ammo bolalar meni hali ham hurmat qilishmaydi. Menga bir buyumga qaragandek, qarashadi. Menga esa baribir chunki yonimda Nafisadek "do’stim” bor edi. Bolalar meni yolg’izlantirib qo’yishganda u mening jonimga oro kirgan.
Bilmayman nima uchun avvalroq sezmadim. Axir chin dugonalar edik-ku. Shamoldan ham qizg’anadigan o’rtog’imga qaysi xislatim yoqmadi, buni bilmayman. U haqida Sherzoddan yomon gaplar (aniqrog’i haqiqatni) eshitganimda, meni Nafisa bilan do’stligimni ko’rolmayapti deb o’ylabman. Uning "ma’yus” ko’zlari, "beg’ubor” chehrasi ortida nimalar yashiringanini qayoqdan bilay. Uning ko’zlari doim ma’yus edi, sababini esa so’ramagan kunim yo’q edi. Vaqti kelib hammasini bilib olasiz, o’zim aytib beraman derdi. Kunlardan bir kun buning sababini aytib berdi. Bu qanchalik chin yoki yolg’onligini bilmayman. Uning aytishiga qaraganda, Furqat ismli uzoq qarindoshi bor ekan. Va u Nafisadan bir necha bor qarzga pul olib qaytarmagan ekan. Qarzga telefon kartalari olib Nafisaning nomiga yozdirib qo’yar ekan. Bir kuni sotuvchi Nafisalarning uyiga kelib uning taxminan 125 000 so’m qarzi borligini eslatib, tezda to’lashini uqtiribdi. Nafisa esa hech qanday narsa sotib olmay nega qarz bo’lganini so’rabdi. Haligi ayol esa qarindoshingiz qarzga telefon kartalarini siz uchun olayotganini va sizning nomingizga yozib qo’yishimni aytgan edi-debdi. Nafisa tikuvchilik qilib topgan pulini haligi ayolga berib, o’zi Furqatga telefon qilib u bilan gaplashibdi. Furqat pullarni qaytaraman deb va’da beribdi. Oradan ancha vaqt o’tsa ham pullarni qaytarish o’rniga undan qarzga pul so’rabdi. Nafisa iltimos mashinamda bir odamni urib ketdim agar hozir 300 $ (dollar) etib bermasam meni qamashadi deb yig’lab yordam berishini iltimos qilibdi. Nafisa menda buncha pul yo’q debdi. Furqat 2 kunda qaytaraman biror kishidan topib bering deya yalinibdi. Nafisaning ko’ngli yumshab qo’shnisidan 2 kunda qaytaraman deb 250 $ va o’zidagi 50 $ ni qo’shib unga beribdi. Lekin oradan 1 hafta o’tsa ham pul kelmabdi. Bu orada qo’shnisi ham necha marotaba undan pullarni so’rabdi. Ilojini topolmagan Nafisa tilla zirak va uzugini garovga qo’yib qo’shnisiga pullarni qaytaribdi. Bir necha kundan so’ng bozorda mobil telefon savdosi bilan shug’ullanuvchi tanishini ko’rib, Furqat do’stingni ko’rmadingmi deya so’rabdi. Haligi yigit ha chamasi 1 haftalar oldin kelib mendan nokia 6233 markali telefon sotib oldi debdi. Nafisa esa 300 $ gami deb so’rabdi, haligi yigit ha qayoqdan bildin, depti. Bu gaplarni eshitgan Nafisa judda qattiq hafa bolibdi. Furqat nima uchun meni aldadi deb hayron bolibdi. Keyin Furqatdan sababini tushuntirib berishini sorabdi. Furqat esa ha mani yaqinda bir boyvachchaning qiziga unashtirib qoyiwmoqchi. U qiz manga nima uchun qol telefoniz yo’q, - deb soradi. Men esa yainda boladi deb sizdan olgan pulimga telefon oldim debdi. Oradan ancha vaqt otibdi lekin Furqat pullarni ham telefonni ham qaytarmabdi. Shunday kunlarning birida Nafisa "Dilkusho” bozori yonidagi valyuta ayirboshlash shahobchasida xolasi bilan otirganda yana Furqat paydo bolibdi. Keyin Nafisa bilan sorashib qolidagi 300 dollarini olib 1 minut hozir shundoq anu magazinga korsatib kelay keltirib beraman, debdi. Nafisa orqasidan qarab hop deb uni kutibti u bolsa aytgan magaziniga kirib, 1 minutam otirmasdan qaytib chiqib mashinasiga minib ketibdi. Hikoyasini shu yeriga kelganda men savol berdim. Qanaqasiga shuncha pulni unga qarz berdiz, hop qarz beribsiz bozorda yana nima uchun unga pullarizni ishondiz dedim. U bolsa man unga ishongandim ishonuvchanligim pand berdi, deb har doimgidek meni oz hikoyalariga ishontirdi. Demak hammasi bolib, Furqatning qarzi 125000 som va 600 AQSh dollari. Endi biz har kuni Nafisa bilan shu pullarni qanday qaytarish rejasini tuzardik. Ancha vaqtdan keyin Nafisa menga rejasini tushuntirib berdi. Dilnoza siz goyoki Furqatni sevib qolgansiz, unga har kuni telefon qiling va ozizni judayam boy oilaning qizidek qilib korsating. U bu gaplarga ishonadi. Chunki pulni judayam sevadiganladan dedi. Va gapining oxirida zinhor ozizni va yaqinlarizni telefonidan foydalanmang. Topib qolsa menga yomon boladi. Dadam urushib beradilar deb gapini yakunladi. Men ahmoq uning barcha gaplariga ishonib, umrimda qilmagan ishim ogil bolaga telefon qilib unga sevgi izhor etdim. Barchasi Nafisa uchun unga bolgan hurmatimdan edi. Eng qizigi ozimdan bir ogizam sorab kormamman, u meni shuncha qurbonliklarimga arzirmikin. Shu savolni 2008 – yilning aprel oyida ozimga bersam, balkim hozir afsus va nadomat chekib otirmagan bolarmidim. Men har kuni Furqatga telefon qilib unga yolgondakam sevgi izhor etadigan boldim. Furqat bilan 4 – 5 oy telefonda gaplashib biror martayam uchrashmagan edik. 2008 – yil muqaddas oy bolmish Ramazon oyida…… eslasam ozimdan nafratlanib ketaman. Ozim roza tutgan edim. Furqat bilan 1 kafeda uchrashdik, u ovqatlarni buyurib otirdi. Men esa telefonini tomosha qilib otirardim. Keyin Furqatdan telefonizdan uydagilarga telefon qilay deb sorab kochaga chiqdim, chiqdimu ortimga qaramay Nafisaning uyiga keldim. Telefonni nmafisaga bermoqchi edim, lekin Nafisa uyda yoq ekan. Telefon ozimda qoldi, chunki bu voqealardan uyidagilarning habari yoq ekan. Man osha kuni iftorga taklif etilgan edim. Iftorga keldim, lekin hech nima tatimasdi. Roza bola turib shunaqa qabihlikka qol urdim. Endi meni hamma ogri deydi, deb kimdir ichimdan meni koyirdi. Lekin yana nimadir sen togri qilding dostingga yordam berding derdi. Uyga keldim kechquruni bilan uhlolmay chiqdim. Tong aralash kozim ilinibdi. Tushimda buvijonim Mandan hafa bolishganini kordim. Ular menga Qizim nima uchun ogrilik qilding ahir seni shu maqsadda dunyoga keltirganmidim. Sendan orzularim katta edi. Qizim oqimishli boladi drdim. Bugun ogirlagan narsangni egasiga qaytar bolaaaaaaaaam….. deb qayoqqadir goyib bolishdi. Men ularga nimalar bolganini nima uchun munaqa qilganimni aytib maslahat soramoqchi edim lekin ulgurmadim. Uygonib ketib rosa yigladim. Oyijonim va dadajonim nima bolganini sorashdi. Men nima bolganini ayta oladigan holatda emas edim. Shu payt Nafisa telefon qilib nimalardir deb rosa baqirdi. Men uchrashishni taklif qildim. U men aytgan joyga keldi men unga telefonni berdim, Nafisa esa rahmat orniga boshqa bizni uyimizga bormang. Bu qilgan ishiz uchun kecha Furqatning onasi mahallamizda rosa janjal kotardi. Mani haqoratladi. Oyim Dilnoza bilan gaplashma dedilar. Men esa bu yerga yashirincha keldim deb ketdi. Men esa hayratda tilim kalimaga kelmay nima qilarimni bilmay otirimman....." hikoyasini ewtib o'zim hayron qoldim. Nahotki wunchalar ham ishonuvchan bolasanmi Dilnoz dedim. Balkim mani bu qilayotgan iwim notog'ridir. Dugonamni hayotini muhokamaga qo'yib to'g'ri ish qilmayatgandirman. Lekin bu voqea bowqalarga o'rnak bolishi uchun xam uni yozishga qaror qildim. Azizlar hech qachon inson qiyofasidagi shaytonga aldanib qolmang. Hozirgi zamonda ular ayniqsa har qadamda uchraydi. Iltimos admin mani bu hikoyamni chiqarin. Zero boshqalarni ham aldanishini hohlamiman.

Категория: FIKR-MULOHAZA | Просмотров: 2479 | Добавил: Anjela | Рейтинг: 5.0/2
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz