Статистика |
XOZIR SAYTDA 1 MEXMON 1 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2012 » Январь » 14 » .... Do'stlar
|
Taqdir yozig’idan qochib bo’lmaydi, Nelar nasib etar bilsaydik koshki. Sirlar g’origa o’xshar chiqish imkonsiz- Barini vaqtida anglasak koshki…. Bir ishni boshlaymiz niyatlar ila- Ba’zisi bitmayin qoladi yo’lda. Yana birin boshlaymiz imkon borida- Ulgurmoq istaymiz bari-bariga! Mana shunda bilinadi kim do’st-kim dushman: Biri ko’mak berar doim kelsa qo’lidan. Yana biri chiroyli bahona qilib- Ichida aytib ketar: "senga shu ham kam”! Lekin odam tilagi sof bo’lsa doim, Chiqish uchun albatta bir yo’l topilar. Chiqqach bu yo’l tugaydi, boshqasi kelib- Faqat undagi ozor, chandig’i qolar. Shuning uchun niyatni doim sof tutib, Bu dunyoda yomon o’ymas, yaxshisi qolar Axir aksi bo’lganda o’ylaylik do’stlar- Hamma yoq nadomatu, nafratga to’lar. Bir kuni o’zingizchun yangi kun boshlab, Ertalab shukrona deb kulib uyg’oning. Ish-u, o’qish, yumushlarchun vaqtdan yutqazmay, O’z manziliz tomonga tezroq shoshiling! Baraka kelar asli toza niyatdan, Sof tilak, shukrona, beg’araz dildan. Shuningchun nasiba, hayotda yashab, Ayamaylik shirin so’z- kulguni bir-birimizdan! Yo’limizda uchrab turar ko’rolmaslar ham, G’iybatchi, nobakor, sovuqqadamlar. Bariga tabassum qilib o’ting siz, Past ketmang tenglashib, siz- U maskusiz!!! Bor bo’lsin yo’llarda uchrab chin do’stlar, Yelkadosh, beg’araz, ochiq ko’ngillar. Mana shularning qadrini bilaylik bizlar, Toki dunyo bor ekan- yashasin DO’STLAR! Mana shunday do’stlarni atrofda jamlab, Ota-ona, oilamiz qadrin anglaylik. Bir bora yashaymizku biz bu dunyoda, Hammaga yaxshilikni doim ravo ko’raylik. Miyamizni o’tkinchi g’iybat so’zlarmas, Ilmu-fan, yaxshi amalla band etaylik! Toki keraksiz tashvishlar, o’yu-xayollar Miyaga yuk bo’lmayin, olsin oromlar! Xotirjamlik, tinchlikda yashaylik do’stlar, Har bir ko’ngil shodon otsin xandonlar! Zamon tinch, bizlar tinch behisob shukur- Har birimiz: men va siz ham sog’ bo’ling DO’STLAR!!!
|
Категория: SHERIYAT |
Просмотров: 1950 |
Добавил: Ranoshk@
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|