Dj Rustambek nafaqat radioboshlovchi balki «Kvartet» guruhida ham ijodini gullatib keyin Dj «Anonim» taxallusi bilan o'z qo'shiqlarni yaratgan. Muxlislar uni sog'inishgan. Ushbu ijodkor bilan suxbatimizni sizlarga xavola etamiz.
- Bilishimizcha radio dunyosida ko'p bora sayoxat qilgansiz. Shu haqida aytib bersangiz. Qaysi yillarda qaysi radioda qancha vaqt ishlagansiz?
2001-2002 "Xamrox" 2002-2003 "Oriyat-Dono" 2003-2005 "Sezam" 2005 "O'zbegim Taronasi" 2006-2008 "Vodiy sadosi" - Qanday ishni boshlamoqchi edingizku lekin vaqt tig'izlik qilmoqda? - Uylanish J - Agar xozir sizga tanla qaysi boshlovchi bilan efir olib borasan deyishsa kimni tanlar edingiz Leyla yoki Sabina? - Juda ham qiyin tanlov. Chunki ularning ikkisi bilan qachonlardir birgalikda olib borgan duet efirlarimizni xaligacha sog'inib eslayman…. - Radioga qachonlardir qaytasizmi yoki? - Albatta qaytish niyatim bor. Xozirgi kunda bir yangi dastur ustida ishlamoqdaman. Mana shu loyihani mukkamal darachaga keltirib uni fm dagi biror radioga taqdim etaman Xudo xoxlasa, ishonamanki bu fm olamidagi xaqiqiy yangilik bo'ladi. - Bilishimizcha Kvartet guruhi yana ijodga qaytar emish? - Deyarli shunday. Aniqrogi uning 50% i. Xozirgi kunda «Kvartet» guruhning ikki nafar ishtirokchisi M.C Shod va Mr. Joker «Marka» nomli gurux tuzishgan va ijodni davom ettirmoqdalar. Ularga omad tilayman. - Xozirda qimmatli vaqtingizni nimalarga sarf qilayapsiz? - Ilm olishga, estradamizning bir qator ijodkorlariga yangi qo'shiqlar yozishga va oilamga. - Sizningcha eng zo'r radio boshlovchi kim? - Aniq bir insonni aytish qiyin. Chunki so'nggi yillarda negadur radio boshlovchilar bir joyda turgandek go'yo. O'sish yo'qdek. Albatta bu mening shaxsiy fikrim. Balki bu vaqtinchalik ijodiy krizisdir. Bu krizisdan chiqish uchun radiolar tez-tez kasting tashkil qilib yangi iste'dodlarni kashf qilmog'i kerak.
|