-
Bilishimizcha rasm chizib turar ekansiz?
- Rassomlardek chizmasamda biror bir
rasmga qarab chizishim mumkin.
- Dilshodbek kichkina tabib
kartinasidan keyin tabiblik qilar ekanmi?
- O', tabiblikmi? To'g'risi tabiblik
qo'limdan kelmaydi. Endi to'g'ri o'sha paytda kichkina tabib fil'mini
sura'tga olinayotganda rejissyorimiz etgandilar tabibga boring ularni
yo'l-yo'riqlarini o'rganing deb. Lekin men bormaganman. Endi ba'zilar
shunaqa deb o'ylashsa kerak. Ko'cha- ko'yda yurib qolsam onaxonlarimiz,
aka- ukalarimiz kichkina tabibsizku qarang qo'limizni ko'rib qo'ying deb
xazil xuzul ustida kayfiyatimni ko'tarib qo'yishadi. Lekin tabiblikdan
xabarim yo'q.
- Qah-qaha guruhiga taklif
qilinibsizmi?
- Bu guruh bilan ishlab ko'rmaganman. Onda
sonda bayram dasturlarida shou - konsertlarda ko'rishib turamiz. Taklif
tushsa albatta rozi bo'lardim.
- Dilshod Kattabekov uylanvotdimi?
- Xozircha uylanish niyatim yo'q. Xali ijod
qilish kerak, ikkinchi akamni uylantirganimizdan keyin o'ylab ko'raman.
Ko'chalarda ham so'rab qolishadi uylandizmi? uylansangiz to'yizga taklif
qiling deyishadi. Xo'p - xo'p deb qo'yaman.