Статистика |
XOZIR SAYTDA 6 MEXMON 6 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Август » 8 » Dilozor ....
|
Yomg’irli kunlarning birida bekatda aftobus poylab tursam, yoshi
elliklardan oshib qolgan bir ayol yonimga kelib turdi. Ayol kun sovuq
bo’lishiga qaramay,biz oz yupun kiyinganidan dildirab turardi. Unga
rahmim keldi. - Opaxon qayerga borayapsiz shunday havoda? – dedim.
- Yo’lni ham yaxshi bilmayman. Markaziy kasalxonaga borishim kerak edi, - dedi u. -
Bir oz kutsangiz, yo’nalishdagi taksi keladi, birga ketamiz. Qayerda
tushish kerakligini o’zim ko’rsatib yuboraman, - dedim men. Bir
ozdan so’ng biz kutgan taksining qorasi ko’rindi. Ammo qaerdandur 5-6
yo’lovchi kelib, bizga qo’shildi. Men baribir navbat bizniki degan
hayolda turaverdim. Ammo mashina kelishi bilan ortimizdagilar "hujum”
ga o’tishdi va bizdan oldin mashinaga chiqib olishdi. - Insof qilinglar, navbati bilan-da, - dedim qizishib. – Biz qancha paytdan beri kutib turibmiz-ku! Hech kim gapimga e’tibor qilmadi. - Hech bo’lmasa mana shu onaxonni kasalxonaga tashlab qo’ying, shoshib turibdi, - dedim bus afar haydovchiga yuzlanib. Haydovchi esa bir yo’lovchilarga, bir onaxonga qaradi. Ayolning ahvolini ko’rdi-da: -Ozgina kutsangiz, o’zlari kasalxonaga olib ketishadi, - dedi piching qilib. Biz ikkimiz indamay bekatga qaytdik. Baxtimizga keyingi mashina tezda keldi. Ammo
ko’p yurmay chorahadagi "probka” da turib qoldik. Haydovchi nima
gapligini bilish uchun o’sha tomonga ketdi. Bir payt rangi oqarganicha
qaytib keldi: - Mendan oldingi ketgan taksi "Kamaz” ga urilib ketibdi! Men "yalt” etib ayolga qaradim. U indamay mendan nigohini olib qochdi va nimalardir deb pichirlab qo’ydi. - Ichidagilarga hech narsa qilmabdimi? – dedi kimdur achinib. - Bilmadim, yo’lovchilarni markaziy kasalxonaga olib ketishibdi, - dedi haydovchi.
|
Категория: FIKR-MULOHAZA |
Просмотров: 1240 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|