Ular doimo to’rt beshlar orasida paydo bo’lar va eng qizigi ular qanday qilib qaerga g’oyib bo’lib qolganlarini xech ham sezmay qolar edim.
Bir kun odatdagidek ishdan qaytayotib ko’zim ularnning birini og’ir yuk ko’tarib ketayotganini ko’rdim-u vaziyatdan foydalalanib o’z rejalarimni amalga oshirish va vaqtdan to’g’ri foydalanish uchun unga o’z yordamimni tezda taklif qildim. U menga shunchalik hayrat bilan qaradi-ki uning qarashidan dunyoda shunaqa takliflar ham bormi? degan cavolni anglab olish qiyin emas edi..
1989 yil noyabr oyida Qashkadaryo viloyatida tavallud topgan bu qizni suhbatimizdan keyin umuman uchratmadim.
- Qaerda turasiz?
- Shu yaqin orada.
-Kim bilan?
-O’rtoqlarim bilan
-O’rtoqlaringiz nima ish qiladi?
-Yukimni ber ishing bo’lmasin.
-Endi san qoluvding oshimizga pashsha bo’lmagan.
- Aytgancha sizni doimo bir yigit so’rab qo’ymaydi. Xatto mendan sizni yaxshilab surishtirib berishimni so’radi.Siz unga yoqib qolgan emishsiz.
Bu gapni eshitib shunchalik sovuq irjaydi-ki, o’zimni yolg’onimdan o’zim uyalib ketdim.
Sungra nima buo’lsa bo’lar deb, aynan ular shaxsiyati bilan qiziqayotganimni, rostdan ham u bilan chin dildan suhbatlashish istagida ekanligimni aytdim.
Ammo bu fikrim umuman xom ekanligini o’z shaxsiyatini yo’qotgan va u haqida o’zi ham umuman tasavvurga ega bo’lmagan inson bilan dardlashib bo’lmasligini o’ylamagan ekanman.
Xullas shunga o’xshash uch-to’rtta uchrashuvlardan keyin u bilan chin dildan suhbatlashish baxtiga muyassar bo’ldim.
- Necha yoshsan
- 16 yosh?
- Maktabda nechanchi sinfgacha ukigansan?
- 7-sinfgacha
- Ota-onang bormi?
-Bor, ammo ular bilan yashamayman, uydan kochib ketganman.
- Nima uchun?
- Beshta kizdan keyin ota-onam meni ugil bulishimni juda ham xohlaganlar.
Dadam oyimga doimo qiz bo’lsa qizing bilan onangnikiga to’g’ri yo’lga otlan, uyga kelishni hayolingga ham keltirma deya har safar ta’kidlaganlar.
- Onam meni tugayotgan paytlarida yoshlari birmuncha o’tib qolganlarining hisobiga qiynalganlar.
So’ngra yana qiz bo’lganini eshitib, yuragi bardosh bera olmagan..
Shu-shu meni na padarim na qarindoshlarim baxtsizlik olib kelgan qiz deya yoqtirishadi.
- YOshligimda bu narsalarni hammasini mohiyatiga tushunmaganim uchunmi, dadamni o’rib so’kishlariga, atrofimdagilarning ortiqchasan degan haqoratlariga chidar edim.
Ammo, keyinchalik 13-14 yoshlarda bu narsalarni mohiyatini sekin-asta tushuna boshladim. Va tushungan sari boshim oqqan joyga qochib ketgim kelar edi.
Shunday kilib kunlardan biri amakimnikiga borib kelishni bahona qilib, to’g’ri vokzalga bordim.
YOnimda na pul, na dokumentlar bor edi.
Shu asnoda vokzalda uch kun daydidim va u yerda bir ayol bilan tanishdim. 35-40 yoshlardagi bu ayol yana uch kundan keyin shu vokzaldan Toshkentga jo’nab ketishini va meni ham birga o’zi bilan olib ketishini aytib telofonini bergancha jo’nab ketdi.
Menga qanchalar qiyin bo’lmasin yana uyga kirib bordim. Ahvolim bir ahvolda uch kunda shunchalik ozib ketgan edimki, buni ko’rgan opalarim yig’lab yubordi.
Opalarimga ham oson emasligigini bilar edim. Ular ham o’z uylarida shunchalik kimtanib yashar edilarki, birov «Xey yurlaring sizlarni olib ketaman»,- desa qaerga demasdan ergashib ketadigan xolatda edilar. Ularga ham juda qiyin edi… Ammo menga…
Dadam oyim olamdan o’tganlaridan keyin uylangan va ikkinchi xotinidan bir o’g’li bor edi.
Uydan chidolmay chiqib ketganimni sababining asosi ham shu edi.Atigi ikki yosh kichik bo’lgan ukam uyda o’zini shohdek tutar men esa o’zimni ortiqcha sezar edim. O’gay onam va dadamning butun e’tibori faqatgina shu o’g’lida edi.
Undan xech ham kam joyim yo’q edi.
Undan ko’prok mehnat qilar edim, Undan yaxshiroq o’qir edim.
Undan og’irroq yuklarni ko’tarishga qodir edim.
Ammo birgina aybim ayol jinsida ekanligim edi…
Dadam ahvolimni ko’rib, nega unday qildingiz qizim meni el-yurt oldida sharmanda qilmoqchi bo’ldingizmi?-dedi. Ammo bu gapni shunchalik jaxl va nafrat bilan aytdiki, butun tanam buzrukvorimning bunday mehrsizligidan muzlab ketdi. Va usha daqiqadanoq, o’zimga-o’zim yana uch kundan keyin albatta qochib ketaman deya va’da berdim.
Kunduzi ko’chaga chiqishimga ruxsat bermaganlari uchun ikki kun o’tib, uchinchi kechasiga o’tar kechasi butun o’zimga tegishli bo’lgan narsalarni yig’ishtirib, soat 3-4 lar orasi yo’lga otlandim.
Tun qorong’usida vokzal tomon borar ekanman yo’lda tinimsiz ravishda, men ayol jinsidanman ammo men kuchliman erkaklardek, qo’rqmasman erkaklardek, ulardan nimam kam? O’z kuchim bilan ulardan ham yaxshiroq yashay olaman. Hayotimni dadamning o’sha arzanda o’g’lidan ko’ra yaxshiroq ko’ra olaman. Mana ko’radi hali dadam, qiz qadrini. Ana shu uy xayollarda vokzalga qanday yetib borganimni bilmayman. Va nihoyat soat 9-00 da va’da qilgan soatida bundan uch kun avval tanishgan ayol yetib keldi. Birinchi meni eslay olmadi. So’ngra o’zining gaplarimni takrorlaganimdan so’ngina esladi. Va butun harajatlarimni ko’tarib meni Toshkentga olib keldi. Shu tariqa mana shu iflos hayotim boshlandi. Men xoloskorim deb uylagan ayol meni hayotimni barbod qilgan xaqiqiy dushmanga aylandi.
Ammo men imkon topdim deguncha bu yo’ldan ketaman. Va o’sha azaliy orzuimni ayol jinsidan bo’lsamda, erkak jinsidan kam emasligimni isbotlayman. Dadamga o’g’il ham qiz ham birdek farzand ekanligini, ularning har ikkalasining ham hayotda, jamiyatda o’rni birdek ekanligini isbotlayman. Bu mening oldimga qo’ygan birinchi maqsadim.
Suhbatdoshimni orzularini tinglar ekanman, hayolimda nogohon jamiyatimizda uning orzulariga monand chora-tadbirlar bekorga emas ekan degan fikr o’tdi.