"Davr"
guruhi qisqa fursat ichida ko`pchilik qo`shiq shinavandalarining
e'tirborini o`ziga qarata oldi. Ularning "Izlayman" qo`shig`i va unga
ishlangan klip muvaffaqiyatli chiqdi. Natijada bu klip MTVAda yilning
eng yaxshi klipi deb tan olindi. Har to`kisda 1 ayb deganlaridek
"Izlayman"ni ham maza qilib eshitayotgan 1 paytda bu taronaning
original varianti chiqib qoldi! Shabnami Surayyo ijro etgan qo`shiq
1pasda o`zbekchaga aylanib qolibdi! Shabanamning qo`shig`ini eshitgan
odamlar boshida unchalik e'tibor berishmagan ekan. Biz bu bilan
Shabnamning ijrosi "Davr"dan past darajada demoqchi emasmiz. Aslo.
Shunchaki bizda hamma ham tojik tilini bilavermaydi. Shuning uchun
unchalik katta e'tibor qaratilmadi. Ammo "Izlayman" chiqqach ko`pchilik
Shabnami Surayyoning qo`shig`ini qidirib qoldi.
"Izlayman"
qo`shig`ini ilk bor eshitganimda miyamga kuylash uslubida "Zero"ga
taqlid qilibdi degan fikr keldi. Bu gap 1 hamkasbimiz tomonidan ham
aytildi. Ammo Shabanamining qo`shig`ini eshitsangiz hamma narsa 1ga-1
olinganligini sezasiz. Kuylash uslubi ham. Aytmoqchimanki, "Davr"
guruhi bundan keyingi qo`shiqlarining ijrosida "Zero" guruhining ijro
uslubini takrorlamaydi. Qo`shiqni qaysi chet el xonandasidan o`g`irlasa
o`shaning uslubida kuylaydi! Guruhga omad yor bo`lsin! Yangi bo`lsa
bo`ldi, o`g`irlanganmi, o`zi yozganmi [buning ehtimollik nazariyasi 1oz
pastroq!] farqi yo`q, qo`shiq chiqaraversin!