Katta yo’lda NEXIA yuqori tezlikda
harakatlanayotgan edi. Alisher davlat avtomobil nazorati hodimining
yo’l chekasida turib qo’lidagi tayoqchasini ko’targanini kech payqab
qoldi.
Alisher mashinani sekinlatishdan oldin spidometrga qaradi: 50 km/s dan
yuqori tezlik cheklangan hududda 73 km/s tezlikda haydab kelayotgan
ekan. "Ufff…Yanami…” jahli chiqib tormozni bosdi.
Eng yomoni shundaki bu ohirgi 3 oy ichida to’rtinchi marta DAN xodimi
tomonidan to’xtatilishi edi.Odam degani shunchalik ham omadsiz
bo’ladimi?..
Alisher
mashinani yo’l chetiga olarkan, "Qaniydi, hozir yonimizdan bundan ham
yuqori tezlik bilan biror mashina o’tib qolsa edi” deb orzu qildi. DAN
hodimi NEXIAga yaqinlashib "Yo’l harakati hodimi Saidakbarov Olimjon,
hujjatlaringiz” dedi. Iya…Bu masjidda tanishgan birodarim Olimjonku!
Alisher bo’shashib, mashina o’rindig’iga cho’kdi. Bu har qanday jazodan
ham og’irroq edi. Masjidda tanishgan birodari bo’lishiga qaramay bu
yo’l harakati xodimi uni to’xtatgan edi. Buning ustiga yo’l qoidasini
buzgani uchun.
- Assalamu alaykum, Olimjon birodar! Eee bormisiz. Taqdirni qarang, siz
bilan shu yerda ko’rishib qolibmiz-a?!- deb moshinadan tushib keldi
Alisher.
- Va alaykum assalom,- Olimjon jilmayib ham qo’ymadi.
- Birodar…Bola-chaqaning oldiga shoshilyotganimda meni to’xtatib qoldingiz-da?!!
- Ha, shunday,- negadir Olimjonning shashti pastroq edi.
- Keyingi kunlarda uyimga juda kech qaytyapman. Sahar chiqib, tunda
kelaman. Bolalarim meni anchadan beri ko’rishgani yo’q. Bugun qarangki,
ishdan ertaroq bo’shab, uyga ketayotgan edim. Ayolim manti pishirib,
bolalar bilan yemay kutib o’tirishibdi. Shuning uchun shoshilayotgan
edim. Vaziyatimni to’g’ri tushundingiz deb o’ylayman…
- Ha, sizni tushunib turibman, lekin yo’l harakati qoidalarini buzganizga ham ko’z yumolmayman,- deb javob berdi Olimjon.
- Meni to’xtatganizda qancha tezlikda kelayotgan edim?
- Tezligingiz 70 km/soat edi. Bu yo’lda 70 km/soat tezlikda harakatlanish ta'qiqlangan.
- Bir daqiqa sabr qiling, iltimos. Sizni ko’rib, spidometrga qaradim. Atigi 55 km/soat edi tezligim.
- Mashinangizga o’tiring, iltimos,- deb takrorladi Olimjon. Alisherning
hafsalasi pir bo’lib mashinaga o’tirdi, eshikni qars etib yopdi.
Olimjon esa qo’lidagi daftarchaga nimalarnidir yoza boshladi.
"Qiziq, nega Olimjon mening haydovchilik guvohnomamni olib qo’ymadi.
Yoki jazo talonini yozayaptimi?” deb o’yladi Alisher. "Nima bo’lsa
bo’lsin, endi masjidda bu odam bilan yonma-yon o’tirmayman.Yana bu
menga birodarmush-a….E sufee, sandaqa birodarlarga. Ment bari bir
mentda”, dedi ichida Alisher.
Shu payt Olimjon mashina oynasini tiqillatdi. Alisher ensasini qotirib
deraza oynasini tushirdi. Olimjon Alisherga bir parcha qog’oz berib,
nari ketdi.
"Ha, shtrafdan qutulib qoldim shekilli” deb o’zicha sevindi Alisher.
Haqiqatdanam Olimjon Alisherni jazolamagan edi, qog’ozda qandaydir
yozuvlar bor edi xolos.
"Qadrdon
birodarim Alisher! Mening bir qizim bor edi. 6 yoshdaligida tezlikni
oshirgan bir haydovchining aybi bilan avtohalokatga uchrab, hayotdan
ko’z yumdi. Halokat sababchisi bo’lgani uchun u odamni uch oy qamoq
jazosiga mahkum qilishdi. U odam qamoqdan chiqqach, farzandlarini
qaytadan bag’riga bosib, yuz-ko’zlaridan o’pib, to’yib-to’yib hidlash
baxtiga muyassar bo’ldi. Lekin men…
Men esa qizimni yana qaytadan bag’rimga bosishim, yuz-ko’zlaridan
o’pishim uchun jannatga kirishday uzoq muddatni kutishim kerak… Men
ming martalab o’sha odamni kechirishga harakat qildim. Ming martalab
uni kechirishga erishdim deb umid qildim. Balki chindanam uni kechira
olgandirman, ammo qizim hech ham hayolimdan ketmayapti.
Alisher birodar, haqqimga duo qiling va unutmangki mening birgina o'g'lim qoldi…”
Alisher o’n besh daqiqacha o’ziga kelolmay, shu ahvolda qotib turdi.
So’ng fikrini bir joyga to’plab, mashinani sekinlik bilan haydab uyiga
ketdi. Uyiga kira solib farzandlari, ayolini qattiq bag’riga bosdi.
Inson hayoti
nihoyatda qisqa va qimmatlidir. Mashinani ehtiyotkorlik bilan haydang,
boshqalar uchun ham mas’ul ekanligingizni unutmang. Shuni ham yodda
tutingki, mashinalarni istaganingizhca sotib olishingiz mumkin, lekin
inson hayotini hech qachon sotib olib bo’lmaydi!!!
|