Choy ichishni bilasizmi? Biz, o‘zbeklar choy ichishda
inglizlardan qolishmaymiz. Ertalab ham choy, kechqurun ham choy.
Qishning sovug‘iyu, yozning jaziramasida eng ko‘p ichiladigan ichimlik
baribar choy hisoblanadi. Ha, choy bizga har doim kerak ekan. Lekin
unutmang, choy — shifobaxsh ichimlik, u suv emas. Har zamonda
qaynatib ichiladigan bargli shifobaxsh ichimliklarni bilamiz. Endi
o‘ylab ko‘ring, o‘sha ichimlikni chanqaganimizda ham, ovqat mahalida
ham, yotishdan oldin ham ichaversak zarar qiladimi? Nega unda
shifobaxsh ichimliklardan biri bo‘lgan choyni bot-bot ichaveramiz?
Bu savol hammaga erish tuyulsa kerak. Axir choy hech kim uchun yangi
bo‘lmagan ichimlik-ku. Milliy taomimiz, libosimiz va boshqa
milliyligimizni bildiruvchi ehtiyojdagi narsalar qatoridan choy ham
milliy ichimlik sifatida o‘rin olishga ulgurgan. Shuning uchun ham
so‘zlashuvimizda ichimlik yoki boshqa ma’nolarni anglatadigan "choy”
so‘zini ko‘p ishlatamiz. Masalan, "bir piyola choy ustida
suhbat”,"choyga marhamat”, "kelinning qo‘lidan choy”... deb umumiy
ovqatlanishni nazarda tutishimiz mumkin. Chindan-da, choysiz kunimizni
tasavvur qilolmaymiz. Shu ichimlik bilan bog‘liq tarixiy voqea —"Boston
choyxo‘rligi” ham ko‘pchilikka ma’lum. "Mashhur” ichimlikning foydali
xususiyatlari haqida ko‘p gapirilgan va ancha-muncha xabardormiz. Ammo
choy to‘g‘ri ichilgandagina foydali bo‘lishini ham unutmasligimiz
lozim. Biz, o‘zbeklar choy ichishda inglizlardan qolishmaymiz.
Ertalab ham choy, kechqurun ham choy. Qishning sovug‘iyu, yozning
jaziramasida eng ko‘p ichiladigan ichimlik baribar choy hisoblanadi.
Ha, choy bizga har doim kerak ekan. Lekin unutmang, choy — shifobaxsh
ichimlik, u suv emas. Har zamonda qaynatib ichiladigan bargli
shifobaxsh ichimliklarni bilamiz. Endi o‘ylab ko‘ring, o‘sha ichimlikni
chanqaganimizda ham, ovqat mahalida ham, yotishdan oldin ham ichaversak
zarar qiladimi? Nega unda shifobaxsh ichimliklardan biri bo‘lgan choyni
bot-bot ichaveramiz? Ovqatga qo‘shib deyarli hamma choy
ichadi. Choyning tarkibidagi tanin moddasi esa oziq mahsulotlarda
mavjud bo‘lgan foydali moddalarni parchalab yuboradi, natijada
organizmda vitaminlarning yetishmasligi yuzaga keladi. Choy bilan birga
iste’mol qilinganda go‘sht 40 foizdan 100 foizgacha qonga so‘rilmasligi
mumkin. Mevalarning esa 5 foizdan ko‘pi so‘rilmaydi. Umumiy ovqatlardan
ko‘radigan bo‘lsak, choy bilan iste’mol qilingan mahsulot tarkibidagi
vitamin va temir moddasining kamida 70 foizi so‘rilmay qoladi. Bu esa
inson salomatligi uchun salbiy ta’sirdir. Hozir dunyoda ko‘pchilik
insonlar kamqonlik bilan kasallangan. Bu kasallik asosan temir
moddasining yetishmasligi oqibatida yuzaga keladi. Temirga boy
mahsulotlar bo‘lmish meva-sabzavot, ko‘kat, dukkaklilarni iste’mol
qilish bizni anemiyadan saqlab qolishi mumkin. Ammo bularni choy bilan
iste’mol qilish vitamin va temirning organlarimizga to‘liq yetib
borishiga to‘sqinlik qiladi. Yurtimizda ko‘p sonli aholi,
ayniqsa, ayollar va bolalar temir tanqisligidan kelib chiqadigan
kasalliklarga chalinayotgani tufayli kundalik iste’mol qiladigan
nonimizga temir moddasini qo‘shish, ya’ni unni boyitish yo‘lga
qo‘yilgan. Bu kamqonlikka qarshi kurashlardan biridir. Siz nonni nima
bilan yeysiz? Albatta choy bilan. Bu esa yuqorida ta’kidlaganimizdek,
temir moddasi mavjud bo‘lmagan nonni yeyish bilan barobar.
Yana ko‘pchilik yosh bolaga choy berib xatolikka yo‘l qo‘yadi. Uch
yoshgacha bolalarga choy ichirish tibbiyot nuqtai nazaridan man
etilgan. Bolakayning choyiga yoki sutiga shakar qo‘shib berish ham
noto‘g‘ridir. Bolalarni yoshligidan ovqatlanish tartibiga e’tibor
berish lozim. Agar uning organizmida temir yetishmovchiligi yuz bersa,
bu keyinchalik aqliy rivojlanishdan orqada qolish xavfini ham
tug‘diradi. Salomatlik uchun kurashish yo‘lida ovqatlanish
tartibimiz, ayniqsa choy ichish an’nalarini o‘zgartirishimizga to‘g‘ri
keladi. Ovqat mahali yoki ovqatdan so‘ng choy ichmang. Choy o‘rnida
boshqa ichimliklar, masalan, qaynagan yoki ma’danli suv va sharbatlar
ichishingiz mumkin. Bu maslahatlardan so‘ng, choy sog‘ligimiz
kushandasi ekan, degan fikr tug‘ilmasin. Choyning organizmdagi
ahamiyati katta. U ko‘plab kasalliklar uchun da’vo bo‘la oladi. Ammo
asalning ham ozi shirin. Choyga shifobaxsh ichimlik sifatida qarab,
me’yorga va vaqtiga ko‘ra ichsak, salomatligimiz uchun foydali.
Ovqatlangandan 30 daqiqa keyingina ichilgan choy yoki qahva bezarardir.
Salomatlik hamma uchun kerak va uni asrab qolish o‘z
qo‘limizda. Bu unchalik qiyin ham emas. Oddiy ko‘ringan narsalarga
chuqurroq nazar tashlasangiz, barchasiga erishasiz. Keling, hozirgi
daqiqadan e’tiboran har kungi choyimizga nisbatan yangicha munosabatni
shakllantiraylik. Qancha vaqt uxlash kerak? Bu savolga
aniq javobni fan haligacha aniqlay olgan emas. Barcha uchun birdek
qo‘llash mumkin bo‘lgan qoidaning o‘zi yo‘qqa o‘xshaydi. Ammo ana shu
mavzudagi tadqiqotlar olimlar uchun ham, boshqalar uchun ham qiziqarli
bo‘lib tuyulishi, tabiiy. Yaponiyadagi Nagoi universiteti olimlarining
fikricha, uyqu inson salomatligi va umriboqiyligini ta’minlashda juda
katta ahamiyatga egadir. Tadqiqotchilar Yaponiyaning 45 ta
tumanidan 110 ming kishini jalb qilgan holda ish olib borishdi. Ular
olingan natijalarni qaytadan sinchkovlik bilan o‘rganishga kirishdilar:
uyquning kasalliklar yoxud o‘lim bilan bog‘liqlik jihatlari nimada? Shu
narsa ma’lum bo‘ldiki, sutka mobaynida olti soatdan yetti yarim
soatgacha uxlaydiganlar eng sog‘lom kishilar ekan. O‘lim hodisasi
bunday kishilarda juda kam uchraydi. Surunkali ravishda uyqusizlik
dardiga yo‘liqqanlar jiddiy xavf-xatarga uchrashlari aniq. Kimki 4—5
soatdan kam uxlasa, o‘z umrining 1,6 marta qisqarishiga sababchi
bo‘lishi mumkin. Bu ma’lumotlar zamirida azaliy qonuniyat borligini
inkor eta olmaymiz: to‘laqonli dam ololmagan kishining tanasi
darmonsizlanishi tabiiy. Tadqiqotning yana bir jihati hayratomuz. Bu
ko‘pchilikning to‘yib-to‘yib va ko‘proq uxlash kerak, degan fikriga
tamoman ziddir. Muttasil ravishda sutkasiga 9—10 soatlab uxlash, bu
umrni 1,7—1,9 barobar kamaytirishga olib keladi. Uyquni yaxshi
ko‘ruvchilar o‘rtasidagi o‘limning yuqoriligi sabablarini tushuntirish
oson. Shuni nazardan qochirmaslik kerakki, uzoq uxlovchilarning
aksariyati sog‘ligida jiddiy muammosi bo‘lgan kishilardir.
Ko‘pchilik olimlarning taxminiga qaraganda, uyquning davomiyligi
unchalik muhim emas. Uyquning qayerda, qanday holatda, demak, sifati
sog‘likka, jumladan, kishining «ichki biologik soati»ga ta’sir
ko‘rsatishi mumkin. Har bir kishi o‘zining nasliy jihatdan shakllangan
uyqusi va tetiklik ritmiga ham ega. (Bu hammaga tanish bo‘lgan holat —
«so‘fito‘rg‘ay (tongda uyg‘onuvchi) va «boyo‘g‘li» (kech turuvchi)ning
uyqusini eslatadi). Ana shu ritmning buzilishi oqibatida tez-tez
yurak-qon tomirlari, asab, endokrin, umumiy ma’noda desinxronoz deb
aytish mumkin bo‘lgan kasalliklar kelib chiqadi. Bu kasalliklarning eng
murakkab holatlarida maxsus xronbiologiya fani shug‘ullanadi. Shuni
bilish muhimki, desinxronoz sog‘lik uchun xavfli bo‘lib, u organizmning
quvvatini keskin tushirib yuboradi, surunkali kasalliklarga duchor
etadi. Xulosa aniq bo‘ldi: siz uchun odat tusiga kirgan
sog‘lom turmush tarzidan hech qachon chekinmang, uyqudagi joyingiz
o‘zgarmagani ma’qul, shunda siz xotirjamgina charchog‘ingizni
chiqarasiz. Sizning qancha vaqt uxlashingizni esa organizmingizdagi
ehtiyoj hal qiladi. Tanangizdagi «men» sizga hamisha uyqu bobida ham
signal berib turadi. Har qalay me’yorida uxlagan yaxshi.
|