YAKSHANBA, 2024.12.29, 12:07
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 6
MEXMON 6
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2011 » Март » 12 » “Chorsu savdo markazi” (“Turkuaz”) nega yopildi
10:36
“Chorsu savdo markazi” (“Turkuaz”) nega yopildi

Kontrabandaga qarshi kurash hamisha muhim va shu bilan birga mashaqqatli hisoblanadi. Kontrabandaning davlat byudjetiga yetkazadigan zarari ko’lami shu qadar katta-ki, shu boisdan dunyo davlatlarining deyarli barchasi unga qarshi keskin choralar joriy qilishgan. Milliy qonunchiligimizda ham kontrabandaga, shuningdek ushbu jinoyatni sodir etishda kuo’maklashish yoki uning izini yashirish va sir tutishga nisbatan jiddiy choralar qabul qilingan. 
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari tomonidan bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari va sifat sertifikati bo’lmagan tovarlarni yurtimizga noqonuniy ravishda olib kirish va realizatsiya qilishga qarshi qaratilgan faol chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tovarlarni kontrabanda yo’li bilan noqonuniy ravishda olib kirishni oldini olish bo’yicha keng miqyosdagi profilaktika choralari ko’rilmoqda.
Respublika Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2011 yil 2 martdagi qaroriga asosan Davlat bojxona qo’mitasi hamda Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi, Monopoliyaga qarshi kurashish va raqobatni rivojlantirish qo’mitasi, Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, "O’zstandart” agentligi bilan hamkorlikda xukumatimizning tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida poytaxtimizning Shayhontohur tumanida joylashgan "Chorsu Savdo Markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatida qisqa muddatli tekshiruvlar o’tkazildi.
Natijada, yurtdoshlarimizga "Turkuaz” nomi bilan tanish mazkur savdo muassasasida horijda ishlab chiqarilgan turli xalq iste’mol tovarlarini noqonuniy olib kirish va realizatsiya qilish, shuningdek kontrafakt mahsulotlar tayyorlash bilan bog’liq bir qator bojxona va soliqqa oid qonunbuzilishlari fosh etildi hamda ularning oldi olindi.
Jumladan, 2011 yil 2 mart kuni 13 sonli do’konda o’tkazilgan tekshiruv natijasida, O’zbekiston Respublikasi fuqarosi G. Kim xorijda ishlab chiqarilgan ayollar poyafzallari va sumkalarini, poyafzal tozalash vositalarini respublika hududiga olib kirish jarayonida bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlarsiz noqonuniy ravishda saqlaganligi va savdoga chiqarganligi aniqlandi. O’rnatilgan tartibda musodara qilingan mazkur tovarlarning umumiy qiymati mutaxassislar tomonidan salkam 150 mln. so’m deb hisoblanmoqda. Ayni paytda mazkur qonunbuzarlik holati yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
2011 yil 3 mart kuni XT "Patima-Biznes” faoliyat yuritayotgan 8 sonli do’konda o’tkazilgan tekshiruv natijasida fuqaro M.Umaxonov tomonidan Turkiya, Italiya va Ukrainada ishlab chiqarilgan umumiy qiymati salkam 297 mln. so’mlik ko’p miqdordagi zargarlik buyumlari qonunga xilof ravishda saqlanayotganligi aniqlandi. Tekshiruv davomida fuqaro Umaxonov mazkur tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi bironta ham hujjatni bojxonachilarga taqdim qila olmadi. Mazkur qonunbuzarlik holati yuzasidan jinoiy ish qo’zg’atildi.
Bundan tashqari, tekshiruvlar davomida bu yerda kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarayotgan noqonuniy sexlar faoliyati ham fosh etildi.
Jumladan, 2011 yil 6 mart kuni "Turkuaz” savdo kompleksining 5-qavatida joylashgan va Turkiya Respublikasi fuqarosi Emre Kozanogluga tegishli "ShahinTashkent” MChJ tikuv tsexi xolislar ishtirokida ko’zdan kechirilganda, bu yerda bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo’lmagan tikuv-bichuv apparatlari, asbob-uskunalari va ular yordamida Italiya, Germaniya va Turkiyaning taniqli brendlari nomi ostida ishlab chiqarilgan kontrafakt tayyor va yarim tayyor mahsulotlar, yorliqlar, birkalar va furnituralar borligi aniqlandi. Mazkur asbob-uskunalar va tovarlarning umumiy qiymati 80 mln. so’mni tashkil qilar ekan. Ayni paytda mazkur qonunbuzarlik holati yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, "Chorsu savdo markazi” hududida faoliyat yuritayotgan bojxona omborlarida ham o’tkazilgan tekshiruvlardan so’ng bir qator bojxona qonunbuzilishlari aniqlandi.
2011 yil 7 mart kuni "Chorsu savdo markazi” yerto’lasida joylashgan "Mercan Trade” MChJ ombori ko’zdan kechirlganda, MChJ rahbari, turkiyalik Uner Xayretti Xalit o’g’li bu yerda saqlanayotgan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar (oziq-ovqat mahsulotlari, mebel, kiyim-kechaklar va xo’jalik buyumlari) ni O’zbekiston Respublikasiga olib kirish huquqini beruvchi bironta ham hujjatlarni taqdim qila olmadi. Ombordagi tovarlarning umumiy qiymati esa 91 mln. so’mdan ortiq ekan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi ochildi.
Bundan tashqari, mazkur omborda shu yerning o’zida maxsus chop qiluvchi va qadoqlovchi asbob-uskunalar yordamida turli yelimli yorliqlar tayyorlangan va tovarlarga yopishtirilgan. Yorliqlardagi turkcha matnlar o’zbek tiliga milliy qonunchilikning tegishli talablariga va o’rnatilgan standartlarga zid ravishda va hech qanday hujjatlarsiz tarjima qilingan va qadoqlangan. Tekshiruvlar natijasida, markalanmagan holda import qilingan tovarlar ularning ishlab chiqarilgan va yaroqlilik muddati bilan bog’liq noto’g’ri ma’lumotlar asosida qo’lbola tarzda markalangan.
Tekshiruvlar davomida, soliqqa oid qonunbuzilishlari ham fosh etildi. Xususan, savdo markazida faoliyat yuritayotgan «KASSIOPEYa» xususiy korxonasiga qarashli savdo do’konida M.Yuzbasheva savdodan tushgan 36 mln. 422 ming so’m nazorat kassa mashinasi xotirasiga kiritmagan
Xususiy tadbirkor N.Niga qarashli savdo do’konida esa tadbirkor savdodan tushgan 221,7 ming naqd pullarini nazorat kassa mashinasi xotirasiga kiritmagan va 107 mln. so’mdan ortiq mablag’larini bankka topshirmagan.
Yana bir savdo do’konida o’tkazilgan qisqa muddatli tekshirishda do’kon g’aznachisi T.Shumenko savdodan tushgan 500,4 ming so’m naqd pullarini nazorat kassa mashinasi xotirasiga kiritmaganligi va 135 mln. so’mdan ortiq mablag’larini bankka topshirmaganligi ma’lum bo’ldi.
Ushbu savdo markazidagi «IRMA GOLD TRADE» MChJga qarashli 29-sonli savdo do’koni rahbari N.A.Mahmudova va sotuvchi-kassir A.B.Gorelkinalar tomonidan ikkilamchi buxgalteriya daftari yuritilib, jami 36,1 mln. so’m nazorat kassa mashinasi xotirasiga kiritilmaganligi va yakuniy hisobotda kassada 1, 5 mln. so’mdan ortiq kamomad topildi.
Savdo majmuidagi «RATANA PLYUS» MChJga qarashli do’konda sotuvchi G.Fayzieva kunlik savdodan tushgan 777 ming so’mning atigi 69 ming so’mini mashina xotirasiga kiritgani yetmagandek, ularni bankka topshirmagan ham. Bundan tashqari do’konda ikkilamchi buxgalteriya daftari yuritilib, jami 234,5 mln. so’m ortiq mablag’ NKM xotirasiga kiritilmay, savdo tushumlari yashirilgan.
Shu kabi holat «YUZBASHI-GOLD» xususiy korxonasiga qarashli do’konda ham kuzatiladi. Ya’ni, rahbar G. Yuzbasheva tomonidan yakuniy hisobotda 1,6 mln. so’mdan ortiq pul mablag’lari nazorat kassa mashinasi xotirasiga kiritilmagan va bankka topshirilmagan. Shu bilan birga do’konda ikkilamchi buxgalteriya daftari yuritilgan va jami 134,8 mln. so’mdan ortiq pul mablag’lari nazorat kassa mashinasi xotirasiga kiritilmay, savdo tushumi bankka topshirilmagan.
Tekshiruv tadbirlari davomida 40 dan ortiq qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, natijada umumiy qiymati 5 mlrd. so’mdan ortiq turli tovarlar musodara qilingan. "Chorsu savdo markazi” ("Turkuaz”)da o’tkazilgan nazorat tartibidagi tadbirlarida aniqlangan barcha qonunbuzarlik holatlari yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, tergov idoralariga yuborilgan. Hozirda mazkur yo’nalishda tekshiruv va surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

PRESS-UZ.info


Категория: QIZIQARLI | Просмотров: 2418 | Добавил: BEKO | Теги: savdo, Nega, markazi”, “Chorsu, yopildi, (“Turkuaz”) | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz