Kaftingizni o’tdingiz chayqab, Ko’zlarimning oq-qorasida Mehr rangin oldingiz payqab. Tomchilarning harir sepiga Kipriklarim dor tortdilar, dor. Kulgichimning siniq labida Labingizning shifolari bor. Termulaman, nigohlarim ho’l, Nahot… birga bo’lolmaymiz biz. Chiroy darddan ochar bo’lsa gul, Men dunyoda eng chiroyli qiz.! Har tun osmon xonaxohida Yulduzchalar tushadi sadr. Siz-ko’nglimning shundoq ustidan Uchib o’tgan laylaturqadr, So’nggi tomchi vaslingiz bo’lsin, To’lar ekan umrimning jomi, Sevgingiz bu- surai "Yosin” Sevgingiz bu- Haqning san’ati. Bu qutlug’ ishq qolmagay yerda, Arsh mulkida topishamiz biz. Chiroy baxtdan bo’lsa agarda, Men dunyoda eng chiroyli qiz!..