YAKSHANBA, 2024.12.29, 10:28
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 1
MEXMON 1
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2011 » Январь » 16 » Chap Yonini Unutganlarga...
11:34
Chap Yonini Unutganlarga...

Chap Yonim Og'riydi, Onajon...
 
Salom oyijon yana men keldim...
Xavotirlanmang, darsdan chiqib keldim. Onalar ham dadalardek havotir olishadimi bilmayman lekin, Ali "Maktabga bormasam oyimlar xavotir oladilar" degandida, o'shanga aytgandim...
O'tgan haftada o'qituvchimiz o'ng qo'limda sarimsoq, chapida piyoz deb ayttiraverib o'rgatdilar o'ngimni, chapimni.
Bilib oldim oyijon o'ngim qaysi, chapim qaysiligini...
Og'rigan yonimning qaysisi ekanini endi yaxshi bilaman, oyijon...
Esingizdami, avval kelganimda manavi joyim og'riydi, mana-mana degandimku, lekin baribir aytolmagandim og'rigan tomonimni...Mana qarang endi ayta olaman. Mana shu yerim, chap tomonim yomon og'riydi, Oyijon...
Kecha ertalab Gulini oyisi sochlarini o'rib beribdi, qo'lidan ushlab maktabga olib keldilar. Qo'ng'iroq chalinganida peshonasidan o'pib, qani qizalog'im sinfga dedilar...
Men bo'lsam yig'ladim, hecham uyalmadim...
O'qituvchi opa nima bo'ldi dedilar, "qulab tushdim tizzam achishyapti" dedim.
Yolg'on gapirdim oyijon, tizzam og'rimagandi lekin...Chap yonim qattiq achishib ketdi, oyijon...
Bugun men ham sochimni o'rib qo'yishlarini so'radim. Dadam o'rdilar lekin Gulinikidaqa bo'lmadi. Maktabga oboring dedim. "Qizim ishim bor" dedilar. Men bo'lsam, menga nima, ish bo'lsa...deb yana yig'ladim. "Qizim tirikchilik" dedilar. Hech nima deyolmadim, lekin maktabga borayotib yana yig'ladim, Oyijon...
Aytganday chap tomonim yana achishib og'riydi, oyijon...
Hamma qizlarni paypoqlari oppoq, meniki esa kulrang bo'p ketgan. Zaynab "Oyimlar oq va rangli kiyimlarni bo'lib yuvadilar" degandi. Dadam bo'lsa hammasini birga yuvadilar. Dadam kir yuvishni bilmasmidi, Oyijon...
Uff, dadamlar har kuni sumkamga turshak bilan non soladilar. Xafa bo'lmasin deb indamayman. Sinfdoshlarim esa har kuni somsa, qandolat, bo'g'irsoq obkelishadi...
Bilaman dadam qandolat tayyorlay olmaydilar, Oyijon...
Kech bo'p ketdi, borishim kerak. Dadam bilmaydilar qochib-qochib bu yerga kelganimni. Bilsalar urishmaydilaru lekin hafa bo'ladilar....
Oyijon kim sochib tashladi tuprog'ingizni, gullaringizni kim uzadi. Urishib bering ularni, tegmasin gullaringizga. Uyga borgach esimga tushib ketsa, bungayam yig'lab olaman, Oyijon...
Qarang manabu idishni, tuprong'ingizdan yana bir qism olaman. Bilasizmi oyijon, har kelganda olgan tuproqlarni shu idishga solib qo'yaman. Ustiga esa rasmingizni yopishtirib, yostig'im yoniga qo'yib qo'yaman. Har tong uni o'pib hidlayman.
Hech kimga aytmang, oyijon bazan gaplashib ham qo'yaman u bilan... Nima qilay, sizni juda-juda sog'indim, Oyijon...
Ha esimdan chiqay debdi, o'qituvchimiz ertaga "Ona" haqida bir matn yozib kelinglar degandi. Men dadamga yozdiraman. O'qituvchimiz bilib qolsalar urishadilar. Menga nima, urishsa-urishaversin....
Men sizni hecham ko'rmaganmanku, nima deb yozaman ahir, Oyijon?....
Sizning ismingizni eshitsam chap tomonim shunday jizzilaydiki...hech narsa yutolmay qolaman. Bazan o'zimni ushlab turolmay, yig'lab yuboraman.
Daftarimga ham mana shunaqa deb yozolmayman-ku to'g'rimi...
Mayli men boray oyijon, tuprog'ingizni o'payin. Siz ham tushimda kelib meni o'ping, maylimi oyijon....
Albatta keling, siz tushimda kelmasangiz chap yonimning og'rig'idan uyg'onib ketaman, Oyijon....
Chap yonim achishyapti oyijon. Mana bu joyimmm, chap yonim og'riyapti oyijon...Yomon og'riyapti...
Sizni qattiq sog'indim OYIJON, qattiq...
Chap yonini unutganlarga......
 
Sizlarga maslahatim esa....Ota onez hayotligida iltimos ularni qadriga yeting, bo'lmasa o'zingiz ham bilmay qolasiz ularni qanday yo'qotib qo'yganingizni...Ularni qidirib, duolarin olib, peshonalaridan o'payin degan kezingizda esa....afsuski kech bo'lib ulgurgan bo'ladi...Shunday kezda afsus toshiga boshingizni urib qolmang...Hozir yoshlik qilib o'z sevgizni, mansabizni, balkim boshqa bir narsani ulardan ustun ko'rarsiz, hatto ularga bir shirin so'z aytish tugul, bir dasturhon atrofida ular bilan birga kechki ovqat qilishga vaqtizni qizg'onarsiz, lekin shunday payti keladiki....siz ustun qo'ygan narsalar sizdan yuz o'g'irganda faqatgina ular yonizda turadi...Hech bo'lmasa kunda ulardan bir shirin so'zingizni ayamang....Allohim shundayin ota-ona ato etganidan ularga shukrona ayting....

Категория: SHERIYAT | Просмотров: 1831 | Добавил: Soliha_Muhammad_Ummati | Рейтинг: 5.0/3
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    «  Январь 2011  »
    ПнВтСрЧтПтСбВс
         12
    3456789
    10111213141516
    17181920212223
    24252627282930
    31
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz