Inson hayotida vitaminlar organizm uchun muhim rol o‘ynaydi.
Qaysidir vitaminlarni yetishmasligi oqibatida organizmda kasallikka
moyillik uyg‘onadi. Ayollar uchun esa qaysi vitamin nima uchun
kerakligini bilish nihoyatda zarur. Vitaminlar va kosmetologiya o‘zaro
uzviy bog‘liq. Organizmingizdagi o‘zgarishlarga qarab qanday vitaminlar
yetishmayotganligini bilib olasiz. Shunga qarab o‘z taomnomangizni
tuzishingiz mumkin. Vitamin A: Bu vitamin teri, sochlar
va tirnoqlar uchun juda kerakli. A vitamini yetishmasa teringiz
dag‘allashadi, teri tez quruqshab, ko‘chadi. Sochlaringiz quruqshab,
tez sinadigan bo‘lib qoladi. Bu vitamin baliq yog‘i, buyrak, jigar,
sabzi, o‘rik va qarolida ko‘p bo‘ladi.
Vitamin B1: Bu vitamin uglevodlar almashinuvini mo‘’tadillashtiradi,
asab tizimi, hujayralar va oshqozon-ichak trakti faoliyati uchun zarur.
Aqliy va jismoniy faoliyat bilan ko‘p shug‘ullanuvchilar bu vitaminni
ko‘proq iste’mol qilishi kerak. Soch ko‘p to‘kilishi va oqarishi shu
vitamin yetishmasligidan dalolat beradi. Bu vitamin sut, mol go‘shti,
cho‘chqa go‘shti, no‘xat, kartoshka, yurak, jigar va buyrakda ko‘p
bo‘ladi. Å:
Vitamin B2: Bu vitamin yetishmasa, yuzingizda husnbuzar paydo bo‘ladi.
Lab va og‘iz atrofi tez-tez yoriladigan bo‘lib qoladi. Bu vitamin
xamirturush, tuxum sarig‘i, sut, jigar, buyrak, baliq, go‘sht va tovuq
go‘shtida ko‘p bo‘ladi. Vitamin B3: Pigmentatsiya uchun javobgar. U yetishmasa soch oqaradi. U barcha turdagi o‘simlik va go‘shtlarda bo‘ladi.
Vitamin B6: Asab tizimi va oqsillar almashinuvi uchun zarur. Bu vitamin
jigar, sut, kartoshka, sabzi, tuxum, sariyog‘, guruch, bug‘doy va
karamda ko‘p bo‘ladi. Å:
Vitamin B9: Hamma ichki organlar, teri va soch to‘kilmasligi uchun
zarur. Bu vitamin lavlagi, tarvuz, qovun, tvorog, olma, sabzi, karam,
tuxum va piyozda ko‘p bo‘ladi. Vitamin E: Teri kasalliklari kelib chiqmasligi uchun zurur. Bu vitamin sut , tuxum sarig‘i va sabzavotlarda ko‘p bo‘ladi.
Vitamin C: Organizmni kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini
ko‘taradi. Qon tomiri tizimi va terida dog‘ paydo bo‘lmasligi uchun
zarur. Bu vitamin barcha tsitrus mevalarda, qulupnoy, malina, karam,
petrushka, ukrop, qizil qalampir va baqlajonda ko‘p bo‘ladi.
Yuqorida berilganlarga qarab o‘z organizmingizda qanday vitamin
yetishmayotganligini bilishingiz mumkin. Yuqoridagilarga qarab kerakli
mahsulotlardan foydalanishingiz mumkin. Umid qilamizki, bu ma’lumotlar
sizga o‘z jozibadorligingizni saqlab qolish uchun yordam beradi. ß: Парранда гўштида А витамини, В1 витамини мавжуд. Мол жигарида ҳам айнан мана шу витаминлар кўп миқдорни ташкил этади. Оддий товуқ тухуми А, В1 ҳамда С витаминларига бой ҳисобланади. Сигир сути, қаймоқ, сметана, ёғли пишлоқлар таркибида эса А ва В1 витамини бор. Сабзавотлардан бақлажон, кўк нўхат, карам, кўк пиёз, сариқ сабзиларда С витамини бор. Қизил сабзида эса каротин, В1, В2, РР ҳамда С витаминлари мавжуд. Ҳар куни истеъмол қиладиган сабзавотимиз картошка эса В1, В2, РР ва С витаминларига бойдир. ß:
Бодринг, редиска, турп, шолғом, қизил лавлаги, помидор, қовоқ, исмалоқ таркибида оз миқдорда каротин ҳамда С витаминлари бор.
Айнан шу моддалар яна ўрик, туршак, тарвуз, апельсин, узум, олча, нок,
қовун, лимон, малина, мандарин, шафтоли, олхўри, қора смородина, олма
каби мевалар таркибида ҳам учрайди. Болалар севиб тановул қиладиган сариёғ маҳсулоти таркибида А витамини мавжуддир.
Қандли қуюлтирилган сут таркибида эса деярли барча витаминлар, яъни А, В1, В3, РР ва С витаминлари бор. Олий навли буғдой уни таркибида кўп миқдорда РР витамини бўлади. Жавдар унида эса В1, В2 ҳамда РР витаминлари мавжуд.
|