Ko'zlarimni yoshga to'ldirgan go'zal Sevgi nimaligin bildirgan go'zal G'amgin paytimda ham kuldirgan go'zal Bugun nimagadir sizni sog'indim
Qalbimni og'ritib qayga ketdingiz Ko'zimni yosh qilib xayr dedingiz Xecham kutmagandim mendan kechdingiz Yana nimagadir sizni sog'indim
Balki baxtlidirsiz uzoqlarda yor Qalbim o'rtanadi kelganda bahor Menga umid bergan bervafo dildor Bugun nimagadir sizni sog'indim
Siz tomon talpinib bora olmasdan Unutay desamda unutolmasamdan Bu og'riqqa chiday olmasdan Yana nimagadir sizni sog'indim
Do'stdan dushmandan yiroqda yurib Uzoq-uzoqlardan sizni qidirib Dardimni faqat shu qog'ozga bitib Bugun nimagadir sizni sog'indim
Yana sog'inaman xoxlamasam ham Sizga talpinaman borolmasam ham Endi sizga yor begona bo'lsam ham Bugun nimagadir sizni sog'indim
Qalbim to'yib ketdi bu azoblardan She'r yozmay qo'ygandim to'yib hayotdan Qo'lga qalam oldim yana alamdan Sababi men yana sizni sog'indim "Voy_Dod_Admin"
|