"Romeo va Julyetta" tragediyasidan
Romeo: Shu gunohkor qo'lim bilan tegdim qo'lingga, Gunohimdan tavba uchun menga haq bergin, Shu lablarim ziyoratchi, o'z gunohini yuvmoq uchun biron nozik bo'sa kifoya. Julyetta: Ziyoratgoh bo'lsa lablar, demak siz unga xoja Lekin nega qo'lingizga shuncha beshafqat, Axir, fikrimizcha qilgan ishi gunoh emasdir, Qo'llarning shu tegishi bizcha tabarruk, Bu xojaning ko'p ixlosmand o'pishiday sof. Romeo: Xojalarning, ezgularning lablari yo'qmi? Julyetta: Bor,afandim, lekin duo zikr etmoq uchun. Romeo: Ezgu xonim, qo'llarimga berilgan baxtni, lablarimga ham ochsangiz, Yo'qsa shakkokman. Julyetta: Rozilikni bildirmoqqa qimirlash shartmi? Romeo: Qimirlamay turmoq ma'qul, men baxtni topdim...
|