Kuni kecha 26 noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda uzoq kutilgan "Studio.Uz" mahsuloti hisoblangan "Bu antiqa, antiqa film"ning katta prem'erasi bo'lib o'tdi. Prem'erada taniqli rejissorlar, aktyor, aktrisa, estradamiz xonandalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi...
"Bu antiqa, antiqa film" kartinasi birinchi o'zbek parodiya janrida suratga olingan film hisoblanadi. Film rejissori Oskar Baxteev. Filmning prem'erasini ajoyib so'z ustasi Shukurullo Isroilov olib bordi. Shuningdek, kartina prem'erasida Oydin Yusupova, Zohirshoh Jo'raev, Sardor Rahimxon, Ulug'bek Rahmatullaev, Said Muxtorov va boshqalar ishtirok etdi. Filmda Obid Asomov, Nargis Abdullaeva, Murod Rajabov, Jalol Yusupov, Georgiy Dmitriev, Sayfuddin Meyliev, Dias Rahmatov va boshqalar o'ziga xos obrazlarni talqin qilishgan. "Bu antiqa, antiqa film"ning musiqiy prodyuseri Jakhongir.Uz. Badiiy rahbar Nozim To'laxo'jaev. Film prodyuseri Jamshid Aripov. P.S.: "Bu antiqa, antiqa film" kartinasi 27 noyabrdan e'tiboran Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyi, Kinochilar uyi va "G'uncha" kinoteatrlarida namoyish qilinmoqda.
|