Asalari 1 kilogramm asal yig‘ish uchun 2 milliondan ortiq gulga qo‘nishi kerak
- So‘nggi 4000 yil ichida birorta ham hayvon xonakilashtirilmadi. - Pingvinlar 1,5 metrga sakray oladi.
- Shimpanzelar o‘zini ko‘zguda taniy oladigan yagona hayvon hisoblanadi.
- Afrikadagi ba’zi qabilalarning tilida "orangutang” so‘zi "junglidan kelgan odam” ma’nosini beradi.
- Odam va fillar — boshi bilan tura oladigan yagona sut emizuvchilardir.
- Timsohlar suv ostiga chuqurroq sho‘ng‘ish uchun og‘ir toshlarni yutib yuboradi.
- Qutb ayiqlari 40 km/soat tezlikda yugura oladi
- Dastlab Avtstraliyaning 50 tsentlik tangasi 2 dollarlik kumushdan quyilgan
- Angliya kutubxonalarida eng ko‘p o‘g‘irlanadigan kitob — "Ginnesning rekordlari kitobi”. Bu dalil rekordlar kitobiga kirgan.
- Monako milliy orkestri bu davlatning armiyasidan kattaroq.
- Saxroi Kabirda bir martagina — 1978 yilning 18 fevralida qor yoqqan
- 1983 yil davomida birorta ham odam tug‘ilmagan davlat — Vatikan
- Nil daryosi ikki marta — IX va XI asrlarda muzlagan.
- Sharqning qadimiy davlatlarida qitiqlash qonun bilan taqiqlab qo‘yilgan
- Las-Vegasning kazinolarida hech qaerga soat qo‘yilmaydi
- Eskimoslar tilida "qor” so‘zini ifodalash uchun 20 dan ortiq so‘z bor
- Italiyada "Barbi” qo‘g‘irchoqlari Kanadadagi tub kanadaliklar sonidan ko‘proq
- Frantsiya qonunlariga ko‘ra, insoniy yuzga ega bo‘lmagan (masalan, o‘zga sayyoralik ko‘rinishida) qo‘g‘irchoqlarni sotish taqiqlanadi
- Kanada so‘nggi 5 yil ichida 4 marta BMT tomonidan yashash uchun eng zo‘r mamlakat deb e’lon qilindi
- Rossiyada aroq XIV asrda paydo bo‘lgan. Dastlab u dori sifatida tomchilab sotilgan.
- Mushukning bosh suyagi faqat tepa va pastga harakatlanadi. Itlarning bosh suyagi esa to‘rt tarafga harakatlana oladi.
|