Yarim yil avval Britni eng janjalkash yulduz sifatida tanilgan edi. Ko'pchilik uning san'atdan sharmandali xolatda chiqib ketishini taxmin qilgan edi. Biroq endi u o'zgardi: qo'shiqchining ijodi yana o'z cho'qqisiga ko'tarildi. Bundan tashqari u ona rolini xam qoyilmaqom tarzda bajaryapti. Ayni paytda qo'shiqchi ''3'' kompazitsiyasiga klip ishlash bilan band. Bu qo'shiq allaqachon xit darajasiga ko'tarildi va ''BILLBOARD HOT 100'' reytingini birinchi o'rinini egalladi. Britaniya axolisi Spirsni onalik jixatlarini xam yuqori baxolamoqda. Ular orasida GOLLIVUDNING eng yaxshi onasini aniqlash borasida so'rov o'tkazildi. Spirs eng ko'p ovoz (74%) yig'ishga musharraf bo'ldi. Eslatib o'tamiz qo'shiqchining yangi ''The singles collection'' xit qo'shiqlar to'plami kelgusi oyda sotuvga chiqariladi.