Shou-biznes ham bir qiziq jarayon kimdir nimadir qilyapti desa, hamma san’atkor o’ylamay netmay shunining ortidan yuguradi. Masalan bunaqa holatlar ko’proq falonchi zo’r libos tikyapti, desa ayolu erkak san’atkorlar o’shaning eshigi ortida turnaqator bo’lib navbat poylashadi, falon joyda arzonroq ovoz yozishyapti ekan deyishsa, ham shu holat yuzaga keladi. Suratga tushishlarni-ku aytmay qo’yavering. Shou-biznesda chiroyli suratlar muhim degan qoidaga suyangan san’atkorlar tinimsiz ravishda turli xil suratlarga tushishdan bo’shashmaydi. Eng qizig’i, ayollar bu borada barcha narsani unutishadi. Munday tushing desa ham tushaveradi, undan tushing desa ham.
Yaqinda Zulayho Boyxonovaning rasmiy saytiga kirib "fotojamlanma” degan joyda ushbu suratga ko’zimiz tushdi. Qiziq, O’zbekiston xalq artisti nima demoqchi? Xulosa o’zingizdan!