YAKSHANBA, 2024.12.29, 10:45
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
ENG ZOR KIM?
XAMMA JAVOBLAR: 1098

Статистика

XOZIR SAYTDA 2
MEXMON 2
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Октябрь » 4 » BOLALAR OYOQ KIYIMI: QANDAY BO‘LISHSI KERAK?
14:29
BOLALAR OYOQ KIYIMI: QANDAY BO‘LISHSI KERAK?

Bolaning oyoq kiyimi uning fiziologik rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tezkor o‘sish davri hisoblangan 5-6 yoshdayoq ayrim bolalarda ortopedik nuqsonlar paydo bo‘lmoqda.

Masalan, noto‘g‘ri oyoq kiyim tanlanishi tufayli 7 yoshdagi bolalar orasida birinchi va ikkinchi darajali yassioyoqlik tez-tez kuzatilmoqda.

 Garchi oyoq kiyimi masalasi bugun ko‘pchilik ota-onalarni tashvishlantirmayotgan bo‘lsa-da, bu muammo mutaxassislarni jiddiy xavotirga solyapti. To‘g‘ri, hozirda  bozor peshtaxtalari va do‘konlardan istalgan turdagi zamonaviy bolalar poyabzalini topish mumkin. Ammo ularning aksariyati xorijiy firmalarda sun’iy charm yoki boshqa mahsulotlardan tayyorlangan.

Bunday poyabzallarda havo almashmagani bois, oyoqning rivojlanishiga salbiy ta’sir etib, aksariyat hollarda bolani turli xastaliklarga duchor qilishi mumkin. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyasi institutining ilmiy tadqiqot bo‘limi boshlig‘i Umida Maqsudova buni shunday izohlaydi:

— Dunyo bo‘yicha bolalarning oyog‘i to‘g‘ri o‘sishi uchun ko‘pgina profilaktika ishlari olib boriladi. Yassioyoqlikni yo‘qotish maqsadida bolalar oyoq kiyimlariga maxsus tagliklar qo‘yilib ishlab chiqarilmoqda. Mamlakatimiz ham bu sohaga muntazam e’tiborda bo‘lishiga qaramasdan, 13-14 yoshli bolalar oyoq
kiyimiga yetarlicha ahamiyat berilmayapti. Shahar va qishloq bolalarining hayot tarzlarini o‘rganganimizda, o‘ziga xos tafovutlarga duch keldik. Masalan, shaharda ko‘proq yopiq poyabzal kiyilganligi bois, bolalar oyoqlari tik va uzun. Qishloqlarda esa  aksincha yassioyoqlik ko‘proq kuzatilmoqda. Muntazam yopiq poyabzal kiyish ham  oyoqlarni toliqtiradi.

Bezakli, yurganda chiroqlari yonuvchi bolalar poyabzallari atrof olam haqida kichkintoy tasavvurlarini rivojlantirishga, fikrlash jarayonini tezlashtirishga yordam beradi. Ammo yuqorida ta’kidlaganimizdek, bolalar oyoq kiyimi charmdan, yopiq poyabzallarning oldi va orqa
qismlari ham charm va tagi qattiq materiallardan bo‘lishi kerak. Oyoq kiyim qismasligi, vazni yengil bo‘lishi lozim. Bir safar poytaxtimizning Yakkasaroy va Sobir Rahimov tumanlaridagi MTMlarida tarbiyalanayotgan 1 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 600 nafar bolaning oyoqlari harakatlanishini kuzatdik. Kichkintoylarning 128 nafarida birinchi darajali, 129 nafarida ikkinchi darajali va 106 nafarida uchinchi darajali yassioyoqlik aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, ularning aksariyati rezina va charmdan bo‘lmagan  mahsulotlardan tayyorlangan poyabzallar kiyishar, ota-onalari ham oyoqlarining to‘g‘ri rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar haqida yetarlicha ma’lumotga ega emas ekan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, birgina oyoq kiyimi ishlab chiqarilgunicha qirqqa yaqin korxona mahsulotlaridan foydalanishga zarurat tug‘iladi. Bu mazkur sohani rivojlantirish sizu biz o‘ylaganimizdan-da murakkabroq ekanini ko‘rsatib beruvchi kichik bir misol. Shunga qaramay, mamlakatimizda poyabzal ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirishga muntazam e’tibor berib kelinmoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan ko‘n-charm xomashyosini qayta ishlash, tarmoq korxonalarida zamonaviy texnologiya va asbob-uskunalarni joriy etish, shu asosda raqobatbardosh poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida qator qarorlar qabul qilingan. Mazkur qarorlarda tegishli tashkilotlar oldiga aniq maqsad va vazifalar qo‘yilgan. Masalan, 2009 yilning 17 iyunida e’lon qilingan 169-sonli “2009-2012 yillarda charm-poyabzal sanoati korxonalarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilish hamda tayyor charm tovarlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda ham poyabzal korxonalarining ishlab chiqarishni rivojlantirish ko‘rsatkichlari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha poyabzal korxonalarida yildan-yilga mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘sib boradi. Ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan xorijiy mahsulotlar davlat bojlaridan ozod qilinishi ham qarorda qayd etilgan. Shu o‘rinda soha rivoji bilan bog‘liq quyidagi ma’lumotlardan ham xabardor bo‘lishimiz foydadan xoli emas.

Sharifjon Sheraliev, «O‘zbekcharmpoyabzali» uyushmasi direktor o‘rinbosari:

— Bugungi kunda uyushmaga qarashli 16ta korxona mahalliy poyabzal ishlab chiqarmoqda. Ular orasida Farg‘ona viloyatidagi «O‘zsalaman» fabrikasi Germaniya bilan, «Kofra» korxonasi Frantsiya bilan, «Imano Grupp» fabrikasi esa Xitoy bilan hamkorlikda faoliyat olib boryapti. Faoliyatini to‘xtatgan «Kibo» korxonasi mahalliy tadbirkorlar tomonidan sotib olinib, endilikda ular ham qaytadan ish boshlash harakatida. Barcha korxonalarimizda poyabzal mahsulotlari charmdan tayyorlanadi, ular bolalar salomatligi va rivojlanishi uchun nihoyatda xavfsizdir.

 «O‘zbekcharmpoyabzali»ga qarashli korxonalarda ishlab chiqarilayotgan oyoq kiyimlarini joylarda xizmat ko‘rsatayotgan do‘konlardangina xarid qilish mumkin ekan. Masalan, Mustaqillik bayrami arafasida Chorsu maydonida uyushmaga qarashli korxonalarning 4ta yangi do‘koni ishga tushdi. Shuningdek, poytaxtimizning Oloy bozori, Xadra maydoni, metroning Sobir Rahimov va Buyuk ipak yo‘li bekatlarida ham bunday do‘konlar faoliyat ko‘rsatyapti. Andijon viloyatida 17ta, Farg‘ona viloyatida 2ta shunday do‘kon ishlamoqda.

Sh.Sheralievning aytishicha, uyushma tarkibidagi korxonalar 2007 yilda 350 xil, 2008 yilda 500dan oshiq turdagi oyoq kiyimi ishlab chiqargan bo‘lsa, 2009 yilga kelib, 1000 xilga yaqin kattalar va bolalar poyabzalini iste’molchilarga tortiq etmoqda. Bu ko‘rsatkich zamonaviy dizayn borasida soha mutaxassislari ozmi-ko‘pmi izlanish olib borayotganidan dalolat bersa-da, aholi o‘rtasida Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlardan keltirilayotgan bolalar oyoq kiyimlariga bo‘lgan ehtiyoj aslo kamaygani yo‘q. Bunga Toshkent shahridagi bozorlardan birida bo‘lganimizda, yana bir bor ishonch hosil qildik.

O‘zini Po‘lat Mamasoliev deb tanishtirgan tadbirkor olti yildan buyon bolalar oyoq kiyimlarini sotish bilan shug‘ullanar ekan. Rastasida bir yoshdan o‘smir yoshigacha bo‘lgan bolalar oyoq kiyimlari taxlangan. Mahsulotlarning barchasi xorijniki.

— Olti yildan buyon O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan bolalar poyabzalini sotganim yo‘q. Xorij mahsulotlari ulgurji savdo bazalarida serob. Ularning bozori ham chaqqon, — deydi sotuvchi.

Darhaqiqat, Po‘lat aka haq gapni aytdi. Ko‘pchiligimiz bejirimgina qilib ishlangan oyoq kiyimlarni ikkilanmay xarid qilamiz. Ba’zilari kattalar poyabzallari bilan teng narxda sotilsa-da, ota-onalar og‘rinmay xarid qilishmoqda. Sifatiga kelganda esa...

Sotuvchi fikrlarini yashirib o‘tirmadi.

— Bilasizmi, Rossiyaning «Kapitoshka», «Sovyonok», «Gnomik» firmalari mahsulotlari charmdan; qo‘lga olganingizda ham bu seziladi. Narxlari ham shunga yarasha. Xitoyning «Kadedog», «Haluomao», «Jindali» firmalari mahsulotlari esa charm bo‘lmagan sun’iy materiallardan tayyorlangan. Biroq 10 mingdan 16-17 ming so‘mgacha, ya’ni nisbatan arzon sotiladigan bu poyabzallar nisbatan xaridorgir. E’tiborlisi, xorijdan keltirilib, sotilayotgan bolalar poyabzalining 85 foizi sun’iy charm, rezina kabi salomatlikka zararli xomashyolardan tayyorlangan. Vaziyat shunday ekan, bolajonlarimizga qanday oyoq kiyimlarini olib berishimiz kerak? Savolimizga Cog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli travmatologiya va ortopediya ilmiy-tekshirish instituti shifokori, tibbiyot fanlari doktori, professor Iskandar Xo‘janovdan javob olamiz.

— Ilgari poyabzallar oyoqning kaftiga mo‘ljallangan maxsus tagliklar bilan ishlab chiqarilar edi. Hozirda ham bunday poyabzallarni topish mumkin. Ammo orada bir muddat taglikli oyoq
kiyimlar chiqarilmay qolgan edi. Bozorlarimizda sotilayotgan, xorijdan keltirilgan, xususan, Xitoy poyabzallarida yassioyoqlikka qarshi tagliklar yo‘q. Vaholanki, ana shunday tagliksiz oyoq kiyimni uzoq vaqt kiyib yurganda, bola oyog‘ining kaft qismi tekislashib, yassioyoqlik yuzaga keladi. Odatda 2- va 3-darajali yassioyoqlikka uchragan yigitlar harbiy xizmatga ham qabul qilinmaydi. Chunki ular ko‘p yurganda tez charchab qoladi, uzoqqa yaxshi sakray olmaydi. Yassioyoqlikning oqibatlari yoshlikda uncha bilinmasligi mumkin, keksayganda tez charchab qolish va oyoq og‘riqlari bilan bezovta qiladi. Sport poyabzallarining hammasida ham bunday tagliklar mavjud emas. Biroq sport  bilan shug‘ullanganda, albatta, taglikli poyabzal kiyish kerak. Yassioyoqlikka uchragan sportchi ham yaxshi natijaga erisha olmaydi.

Yassioyoqlikning birinchi darajasiga uchragan maktabgacha yoshdagi bolalarga muntazam taglikli poyabzallar kiydirib borilsa, 13-14 yoshgacha ular bu darddan forig‘ bo‘lishadi. Ikkinchi yoki uchinchi darajali yassioyoqlikda esa alohida davolanish zarur. Ammo   eng yaxshisi, bolani vaqtida, ya’ni chaqaloqlikning birinchi haftasida, uch oylikda, bola oyoqqa turish davri — 9 oylik va bir yoshida, keyinchalik  ortoped ko‘rigiga olib borish joiz.

Charm bo‘lmagan materiallardan tayyorlangan oyoq
kiyimlar salomatlik uchun zararlidir. Bunday poyabzallar oyoqning terlab, hidlanishiga, zamburug‘li kasalliklar va pufakchali shishlarga olib keladi. Oqibatda, oyoqdagi zararli bakteriyalar qon orqali inson tanasining qolgan a’zolariga ham tarqalib,
boshqa kasalliklarga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bois bolalarga charmdan tikilgan, salomatlik uchun zararsiz poyabzallarni kiydirgan ma’qul. Hech bo‘lmasa, oyoq kiyimining uch va tovon qismi charmdan bo‘lishi zarur.

Darhaqiqat, yuqorida ta’kidlanganidek, kiyayotgan oyoq kiyimlari farzandlarimizning to‘g‘ri rivojlanishi va salomatligiga jiddiy ta’sir etadi. Bir jihatdan, farzandiga qanday poyabzal olib berish iqtisodiy omilga ham bog‘liq. Shunday bo‘lsa-da, ota-onalar mutaxassislarning maslahatlarini unutmagan holda, o‘zlari va farzandlari uchun eng qulay hamda foydali yo‘lni tanlaydi, degan umiddamiz. 

Zebo NAMOZOVA,
“Ma’rifat” muxbiri


Категория: FOYDALI MASLAHATLAR | Просмотров: 2599 | Добавил: JAVOXIR | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz