Bir shaharda yashaydigan o‘ziga to‘q bir oila boshlig‘i o‘g‘liga kambag‘allik bilan zo‘rg‘a kun o‘tkazadigan odamlar ham borligini ko‘rsatish maqsadida uni bir bechorahol kishinikiga tunashga olib boribdi.
U yerda bir kechani o‘tkazib qaytgandan so‘ng padari buz-rukvori o‘g‘lidan taassurotlarini so‘rabdi.
"Ota, men juda ko‘p narsani ko‘rdim. Bizning birgina itimiz bor, ularda esa to‘rtta ekan. Hovlimizda cho‘milish uchun hovuz bor, ularda esa keng daryo. Bizning chiroyli yaltiroq tomimiz bor, ularda esa oy va yulduzga to‘la osmon. Bizning katta hovlimiz va bu yerda bog‘imiz bor, ularda esa butun boshli o‘rmon.”
Farzandi hayajon bilan o‘z fikrlarini ifodalar ekan, otasi aql-hushini butunlay yo‘qotib qo‘ygan edi.
"Bizning qanchalik kambag‘al ekanligimizni ko‘rsatib berganingiz uchun sizga katta rahmat”, - debdi o‘g‘li
Hayotda nimalarimiz bor ekanligining o‘lchovi dunyoqarashimizdan kelib chiqadi.
Agar bizda muhabbat, do‘stlik, sog‘liq, tabassumga moyillik va ijobiy fikrlash mavjud bo‘lsa, hamma narsaga egamiz.
Aksiga, dunyoqarashimiz juda ham tor bo‘lsa, unda bizga dunyo zulmat.
Mahmudjon YUSUFJANOV