Bo`larkansan yoshlikda nodon, Kibri baland, g`ururi osmon. Izimizdan yig`ladingiz qon, Biz kuydirib ketgan yigitlar.
Sovg`angizni otvorgandig-a, Xatingizni yirtvorgandig-a, Pisand qilmay ketvorgandig-a, Biz kuydirib ketgan yigitlar.
Tanlab - tanlab uchrab toziga, Chidayapmiz firoq noziga. Arz qilamiz qaysi qoziga, Biz kuydirib ketgan yigitlar.
Onangizey patirlar yopib, Uyimizni kidirib topib, Xar uch kunda kelardi chopib, Biz kuydirib ketgan yigitlar.
Oldingizdan o`tamiz kesib, Ko`ylagimiz yamog`in tusib, Jilmayamiz tursak xam o`ksib, Biz kuydirib ketgan yigitlar.
Yoningizda bizdan go`zal yor, Yashayapsiz to`kis, baxtiyor, Maqtangudek bizda nima bor ? Biz kuydirib ketgan yigitlar.
Noshud erning qo`lida xormiz, Suyanchig`ga, mexriga zormiz, O`lmadig-a xaliyam bormiz, Biz kuydirib ketgan yigitlar.
Elkamizda ro`zg`or xaltasi, Egnimizda xitoy lattasi, Uvol buldik gapning kaltasi, Biz kuydirib ketgan yigitlar.
Turmush og`ir, asablar tarang, Eplay olmay boshimiz garang, Kim edigu, kim bo`ldik, qarang, Biz kuydirib ketgan yigitlar.
Kucha - kuyda ko`rarsiz balki, Xayron bulib o`tarsiz balki. "O`la!" deya kularsiz balki, Biz kuydirib ketgan yigitlar.
Xijolatdan yuramiz cho`kib, "Attang" deya ko`z yoshlar to`kib, Yashayapmiz taqdirni so`kib, Biz kuydirib ketgan yigitlar.
Tupurib qalbingiz qo`riga, O`zimizni oldik to`riga, Tegmadigam sizdan zo`riga Biz kuydirib ketgan yigitlar.
Marxabolar duoda doim: Zulm ko`rmang endi iloyim, Beraversin omad Xudoyim, Biz kuydirib ketgan yigitlar.
Marxabo Karimova
|