Assalomu alaykum aziz saytdoshlar biz hammamiz boy bo’lishni ko’p ko’p pul topishni hohlaymiz. Hayotda qiynalmasdan yashashni hohlaymiz. Kun bo’yi ishda yuramiz oylamizga Ota-onalarimizga etibor bermaymiz maqsad pul topish va yaxshi yashash bo’lib qo’lgan lekin hayotda puldan ustun narsalar ham bor mehir oqibat. Hamma narsani ozi yaxshi bo’lganidek dunyo matosini ham pulni ham ozi shirin lekin hozir juda ko’pchiligimiz ishga pul topishga shhunchalik berilib ketganmiz oilamizga Ota-onamizga etibor qilgani vaqtimiz yo’q doim ish ko’p deymiz shu topgan pullarimizni mol dunyomizni qayoqqa olib ketolamiz bir kun albatta bu dunyodan ketamiz topgan pullarimizni olib ketolamizmi?
Bir boy inson bor ekan molu davlati o’ziga yetarli lekin o’g’li ishga pul topish maqsadida ertalab chiqib ketib uyga kech qaytarkan deyarli oila azolarini ko’rmas ekan Otasi har kuni oldimda biroz o’tir desa ish ko’p deb chiqib ketar ekan. Oradan kunlar o’tib qarib qolganda o’g’lini oldiga chaqirib vasiyat qilibdi men o’lganimdan keyib bir ayog’imga paypog’imni kiydirib ko’mgin keyin bir joyni aytib shu yerga hat yozib qo’yganman meni ko’mganingdan keyin o’qigin deb vasiyat qilibdi. Kunlarni birida otasi dunyodan ko’z yumubdi o’g’li domlaga otam bir paypoqni kiydirib ko’mishimni vasiyat qilgandi desa domla unamabdi pul beraman debdi to’q qilibdi domla umanamabdi janoza o’qimayman debdi ilojsiz farzan otasini vasiyatini bajarolmabdi. Otasini paypoqsiz ko’mib uyga kelib aytgan joyidan hattni olib o’qibdi hat quydagicha edi.
O’glim men ham yoshligimda senga o’xshab ota onamni oldida bir lahza ham o’tirmagandim molu dunyo yeg’ish bilan ovora bo’ldim kechayu kunduz ishda bo’lardim lekin shuncha topgan davlatim bo’lib turib bitta PAYPOQ ni ham olib ketolmadim degan ekan.
Azizlar u dunyoga kafandan boshqa hech narsa olib ketolmaymiz o’zimizga kerakli davlat topaylik chegarada qancha yukimiz ko’p bo’lsa shuncha ko’p javob bergandak u dunyoda ham javob beradigan narsamiz ko’p bo’lsa ko’p kam bo’lsa kam javob beramiz Alloh hammamizni yaxshi amal qiluvchilardan qilsin