Saboxat shifoxonada xamshira... Oxirgi paytlar oilasi juda xam qiynalib qolishdi. Axir yolg`iz ona qanday qilib 4 bolani xam yedirib ichirib xam ro`zgor tebratardi. Shuning uchun onasiga yordam bo`lsin deb saboxat kasalxonaga xamshira bo`lib ishga kirdi. Ishning birinchi kunidayoq o`lik bemorni qonga belangan kiyimlarini olishni unga buyurishdi. Saboxat juda xam qo`rqdi. Lekin bemorning narsalarini olayotib uning qo`lidagi yoqut ko`zli kattagin uzukka ko`zi tushdi. Butun badani qaltirab ketdi...axir u bu uzukni qancha orzu qildi. Lekin onasi sharoitni baxona qilib olib bermadi. Mana xozir shunday imkoniyat onasiga maoshimga oldim deydi. Bu bemor esa allaqachon bandalikni bajo keltirgan. U sekin uzukni yechib olmoqchi bo`ldi lekin murdani muzdek qo`llariga qo`li tegib seskanib ketdi. VA nixoyat kuch topib uzukni yechib oldi. Qo`liga taqib ko`rdi va juda quvonib ketdi. Bemorni narsalarini yig`ib uyiga berib yubordi. Oradan 2 kun o`tib bemorni uyidagilar so`rab kelishdi. Saboxatni joni chiqib ketayozdi. Ular ketishgach boshliq saboxatni chaqirtirib undan o`sha kuni uzukni ko`rgan ko`rmaganini so`rashdi qiz ko`rmadim deb javob berdi. Keyin qo`rqa boshladi tushlariga buvisi kirib birovning moli xarom derdi nuqul. Ertasiga boshliq majlis vaqtida yana shu xaqsa so`radi va kim bilmay olgan bo`lsa qaytarsin ertaga marxumning uyidagilar maxkamadan odam olib kelisharkan dedi. Shu kecha Saboxat uxlay olmadi. Tongga yaqin qog`oz qoralab bir nimalar yozdi. Ertalab oq ro`mol o`ragan ayol kasalxonaga o`sha qog`ozni olib bordi. Bosh shifokor qogo`zni ochgan edi ichidan tap etib bir narsa tushdi u bunga etibor xam bermadi va xatni o`idi. Xatta "meni kechirnglar. yoshlik qilibman. birovning moli birovga buyurmasligini bilmabman. bu uzuk juda xam yoqib qolagandi uni nikox to`yimda taqmoqchi edim. Men qilgan xatoni xech biringiz qilmang alvido.! VIjdoni shu qadar kuchlilik qilgan qiz o`z joniga qasd qilgandi.