Marhum pop qiroli Maykl Jekson haqida “This Is It” nomli film suratga olinganligi haqida xabar bergan edik. Birgina Shimoliy Amerikaning o`zida film ijarasidan bir kunda 2.2 millor dollar mablag` yig`ildi. Film namoyishi huquqi Sony kompaniyasiga tegishli bo`lib, uning premyerasi shu haftaning seshanba kunida Los-Anjelosdagi Nokia zalida bo`lib o`tgan edi. Film Sonyga 60 million dollarga tushgan. “This Is It” hujjatli film bo`lib, pop qirolining hayoti, uning yaqinlarini u haqdagi esdaliklari, u bilan bo`lgan suhbatlardan parchalar keltirilgan. Film namoyishi jahonning 99 mamlakatida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan.