Bir kam dunyo
Bugun - ulug` kun,xamma xursand,xamma shod. Yuz minglab insonlar Xaj amallarini bajarmoqdalar, Alloh o`z dargohida qabul aylasin. Lekin bir keksa ayol yuzida xursandchilik aks etgan bo`lsada, qalbida tobora armonga aylanayotgan orzusi so`nggi uchqunlarini namoyish etib qalbini tilkalaydi " Unga ham Ka`bani tavof qilish nasib etarmikin?" So`zlarimdan bu ayolni hech kimi yo`qmi dersiz, adashasiz, uning 5 o`g`il va 5 qiz farzandi, qo`l bilan sanab tugata olmaydigan nevara,evara, hattoki chevaralari bor.... Keling xikoyamni boshidan aytay. Bu ayolni yoshligidan "suyagi mehnatda qotgan" Ota-onasi Toshkentni ko`zga ko`ringan boylaridan bo`lgan. Sovet xukumati davrida " boyquloq" qilinganlar qatorida uning ota-onasi ham bor edi. Voqealar silsilasida shaxardan ketib viloyatlarning birida voyaga yetgan, 18 yoshida turmushga uzatilgan bu qiz o`rnak bo`larli darajada kelinlik vazifasini bajardi. Eri bilan baravar mehnat qildi,dalada ishladi, oilasida qaynona-qaynota, qaynona buvi, 4 ta qaynsingil bilan biron marta san-manga bormay hayot kechirdi. Yillar davomida halol topilgan pullar evaziga 10 ta farzandi, yana buni ustiga urushni kasridan yetim qolgan 12 ta asrab olingan farzandlarini uyli-joyli qildi,turmushga uzatdi,uylantirdi. Qizlarini odamlarning gap-so`zlariga qaramay shaxarga o`qishga yubordi. Ularning beshovi ham ota-onasini ishonchini oqlab, yorug` yuz ila o`qishni tugatib turmushga chiqdilar. Ayol esa mehnatda davom etardi. 70 yoshida ham tandirda nonlarni yopib charchoq nimaligini bilmagan bu ayol birinchi zarbani turmush o`rtog`i vafot etganda his etdi.Yildan yilga keksayib borgan ayolning hayolini "Xajga borish" orzusi chulg`ab oldi.Farzandlari ham bundan xabardor,lekin hech kim o`zidan ortmaydi. Shunday deyman-u, ammo o`ylab ko`ringchi, 2-3 oyda ozginadan yig`ib o`rtaga tashlansa 10 ta farzanddan nahotki yetarli mablag` chiqmasa? Albatta chiqadi,biroq.... Hech birimiz mukammal emasmiz. Bu ayolni ham o`ziga yarasha kamchiliklari bor. Biroz mag`rur, qattiqqo`l va talabchan. Yumshoq fe`l-atvoriga shuncha ishlarni amalga oshirgan bo`larmidi? Hullas, kunlarning birida chet elda ishlaydigan nevaralaridan biri qo`ng`iroq qilib " Oyi (buvisini u shunday atardi), orzuingizni amalga oshirish uchun yetarli mablag` yuboraman" Ayolning ko`zlarida yosh qalqidi. Barchasi orzusidek kechayotgan bir paytda mag`rurligi ustun keldi-yu, nevarasinig onasiga " Qizing yuborayotganini hech kim bilmasin, o`zlari pul topdilar,deb aytgin" ,dedi. Birovga ovoza qilishni hayoliga keltirmagan farzandi bilan ayol o`rtasidagi munosabatga darz ketdi. Shunda ham nevarasi fikridan qaytmadi va pul yubordi. Xajga boruvchilar ro`yhatiga ismi kiritilgan ayol o`zida yo`q xursand edi. Alloh xohlamasa hech narsa amalga oshmasligiga yana bir bor isbot sifatida o`sha yili qori o`zgarib, ro`yxatni tuzishda tenglik yo`q, ya`ni tanish-bilishchilik aralashgan deb qaytadan tuzishga qaror qilindi. Allohning irodasini ko`ringki, hech qanday tanishsiz avvalgi ro`yhatga kiritilgan bizning qahramon yangi ro`yhatdan o`rin olmadi. Nevarasinig ham boshiga tashvish tushib pulga muntoj bo`lib qoldi va yuborgan pulini onasi qaytarib farzandiga yubordi... Nega bunday bo`ldi, nega hayotida shuncha qiyinchiliklarni boshidan kechirgan ayolni birgina orzusi armonga aylanmoqda deb so`ragim keladi.Barcha voqealarni sodir[color=blue] bo`lish,bo`lmasligi Allohning irodasiga bog`liq, har bir ishda Allohning hikmati bor. Nima dedingiz do`stim?
|