Статистика |
XOZIR SAYTDA 8 MEXMON 8 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2010 » Июль » 3 » Bir erkakning ma’shuqasidan ayb topgani
23:01 Bir erkakning ma’shuqasidan ayb topgani |
Bir sheryurak, dushmanlar dodini beradigan er kishi bor edi, bir necha
yil bir ayolga oshiq bo‘lib yurdi. Ul ayolning bir ko‘zida tirnoq
uchiday kichkina oq nuqtasi bor edi. Ayolga ko‘p marta diqqat bilan
qaragan bo‘lsa ham bu oqlikdan erkak bexabar edi. Oshiq boshi ishq
shavqi qiyomida yor ko‘zining aybini ilg‘armidi? Bir vaqt erkakning
ayolga nisbatan ishqi kamaydi, oshiqlik dardiga darmon topilganday,
ayolga bo‘lgan muhabbatida nuqson paydo bo‘ldi. Ayolga boshqacha qo‘z
bilan qaraydigan bo‘ldi shekilli, uning ko‘zidagi oq dog‘ni ilg‘ab
qoldi. U ayolga dedi: - Ko‘zingdagi oq dog‘ qachon paydo bo‘ldi? Ayol dedi: -
Sening muhabbating kamaygan kundan beri shunaqa bo‘ldi. Senda ishqaro
nuqson paydo bo‘lgach, mening ko‘zimda ham shu sabab nuqson paydo
bo‘ldi. Ko‘nglingda vasvasadan ming g‘avg‘o bor. Avval o‘z aybingni
ko‘r, ey ko‘ngil ko‘zi basir odam! Qachongacha boshqalardan ayb
qidirasan, o‘z yoqangni hidlab, o‘z aybingni qidirsang-chi. O’z aybing
o‘zingga ayon bo‘lib, og‘irligini sezsang, boshqalar aybiga parvo
qilmaydigan bo‘lasan.
|
Категория: ISLOM |
Просмотров: 1050 |
Добавил: JAVOXIR
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|