Biz doim bo'lmasa ham, xafta davomida sharbatlar ichib turamiz. Biz
ichayotgan sharbatlarning foydali taraflarini bilamizmi? Mevali
sharbatlarni bozor yoki do'konlardan olayotganimizda, qaysi sharbat
organizmning qaysi soxasiga foydali ekanini bilamizmi? Quydagi
maqoladan sharbatlarning qaysi turlari bizga qanday foydali ekanini
bilib olasiz...
O'rik sharbati-qon
hosil bo'lishda faol ishtrok etadi, o't haydovchi, issiqni tushiruvchi,
ichni yumshatuvchi xususiyatga ega. Ko'rish qobiliyati, yurak-qon tomir
tizimi va me'da-ichak yo'li ishini yaxshilaydi
Apelsin sharbati-qon
tomirlarini mustahkamlaydi, jigar kasalliklari, avitaminozlarda,
shamollash kasalliklarida juda foydali. Charchoqni ketkazadi tonusni
oshiradi.
Olcha(gilos) sharbati-kamqonlik,
o'pka, jigar kasalliklarida, shuningdek ateroskleroz, ich qotishda
shifobaxsh ta'sirga ega bo'lib, dizenteriya va yiringli infeksiya
qo'zg'atuvchilar bo'lgan stafilokokklar va streptokokklarni yo'q qilish
xususiyatiga ega.
Sabzi sharbati-ishtahani
ochadi, hazim qilish ishini, ko'rish qobiliyatini yaxshilaydi,
tishlarni, asab tizimini mustahkam qiladi, qabziyatga yaxshi foyda
qiladi, immunitetni oshiradi, infeksiyaga qarshi antioksidant
hisoblanadi.
Malina sharbati-virusga
qarshi vosita bo'lib, tarkibida ko'p miqdorda tabiiy aspirin bor.
Bundan tashqari, yengil surgi vosita sifatida ham qo'llaniladi.
Bodring sharbati-milklar
va tish kasalliklari, ko'pgina teri kasalliklarida ishlatiladi va
peshob haydovchi yaxshi vosita sanaladi. Bundan tashqari, sochlar
o'sishini yaxshilaydi, yurak va tomirlarni baquvvat qiladi.
Shaftoli sharbati-yurak
ritmi buzilganda, kamqonlikda, kislota darajasi pasaygan me'da
kasalligida, ich qotishlarda foydali. Shaftoli sharbatini allergik
holatlarda, qandli diabet, shuningdek semizlikka moil kishilar iste'mol
qilmaganlari ma'qul.
Lavlagi sharbati-qon hosil bo'lishida faol ishtrok etadi, immunitetni oshiradi, organizmni tozalaydi.
Olma sharbati-organizmni shlaklar, buyrak toshlaridan tozalaydi, nafas a'zolari ishini yaxshilaydi, yurak qon tomiri tizimini yaxshilaydi.