RIAA ovoz yozish assotsiatsiyasi so`nggi o`n yil davomida eng
ko`p oltin va platina diskka ega bo`lgan qo`shiqchilarni e`lon qildi.
Unga ko`ra birinchi o`rinni "yangi pop malikasi” egalladi. Maykl Jeksonning davomchisi sanalgan Beyons 2000-2009-yillar davomida 64 ta oltin va platina diskka ega bo`lgan. Guruhlar
orasida esa 48 ta disk bilan The Eagles yetakchilik qilmoqda. Albomlar
orasida esa birdaniga uchtasi yetakchilik qilyapti: "No Strings
Attached" (2000) 'N Sync, "Up!" (2002) Shanayi Tveyn va
"Speakerboxxx/The Love Below" (2003) Outkast. Ularning barchasi 11
tadan platina disk ega. Qo`shiqlar
bo`yicha esa Flo Ridaning "Low” qo`shig`I 4 ta platinaga, Lil Ueynning
"Lollipop” qo`shig`I 5 ta platina sertifikatiga ega. RIAA
1958-yildan beri ushbu mukofotni berib keladi. Oltin disk sertifikatiga
ega bo`lish uchun albom 500 000, platina disk sertifikatiga ega bo`lish
uchun esa 1 000 000 ta nusxada sotilgan bo`lishi lozim. Bugungi kunga
qadar 1982-yilda chiqqan Maykl Jeksonning "Thriller” albomi yetakchi
bo`lib qolmoqda. Bu albom 29 ta platina disk sertifikatiga ega.
|