Aybim nima sevganimmi,Yoki vafo qilganimmi. Faqatgina sen deb yashab,Aytganingga ko'nganimmi. Jonim deya ardoqlarding,sevaman deb jar solarding. Bir kungina ko'rmay qolsang,Sog'indim deb oh urarding. Ishqim chin deb ishontirding,Tanhosan deb quvontirding. Qo'llarimga gullar tutib,Qiynama deb zor bo'larding. Qizg'onarding hatto guldan,Ko'z uzmasding ko'zlarimdan. Orzularga yetaklarding,Laylimsan deb ko'p aytarding. Men ham senga ishongandim,Shahzodam deb o'ylagandim. Faqat seni sevib dildan,Senga vafo aylagandim. O'ylar edim tunu kunda,Sening aytgan so'zlaringni. Yuragimni ho'p yondirgan,Tun misoli ko'zlaringni. Murg'akkina sodda ko'nglim,Faqat senga talpinardi. Ayta olmay dil izhorin,Qalbimda olov yonardi. Senga bo'lgan muhabbatim,Osmon kabi musaffodur. Sensiz o'tgan bir kunim ham,Asrlarga barobardur. Men tentak qiz o'ylagandim,Ishqing seni umrbod deb. Senga yolg'iz ishongandim,Suyukli yor bo'lasan deb. Bilmam nechun ey bemehr,Men soddani zor aylading. Tez unutib bergan so'zing,O'zga qizni yor aylading. Meni armonlarga ko'mib,Hijron bilan tashlab ketding. Marjon marjon yoshim to'kib,Tun qasriga boylab ketding. Yoki ishqing muhabbating,Gullar kabi tez so'ldimi? Go'zal nozik kapalakdek,Bir kun yashab so'ng o'ldimi? Ey bevafo suyukligim,Mayli mensiz bahtli bo'lgin. O'zing suygan yoring bilan,Go'zal,g'amsiz umr ko'rgin. Lekin bilgin shuni doim,Men yashayman ishqing bilan. Seni bergan azobinga,javob aylay mehrim bilan. Senga bo'lgan sof sevgimni,Dil tubiga yashiraman. O'zim uchun sog'inchingni,hijronni hamroh etaman. Bu dunyoda mening bahtim,Yagonam bo'lib qolasan. Ishqimning yolg'iz sohibi,Armonim bo'lib o'tasan. Senga aytar so'ngi so'zim,Sevgi seni tark etmasin. Men uchrtagan yolg'on sevgi,Senga aslo duch kelmasin. Tilamayman senga armon,qarg'amayman menga ishon. Faqat seni ishqing bilan,Yashamoqqa bergin imkon. Mayli meni eslamagin,Ostonamdan hatlamagin. Yolg'iz seni sevishimn,Umr bo'yi unitmagin!!!
|