Qishning sovuq kunlaridan yana biri...Fayzsiz ko'chalar Sarvinozning qalbi kabi huvillab qolgan. U derazadan boqqanicha shirin hotiralarini birma-bir yodga olardi. Birdan uning marjondek ko'zlari namlanib, yuragida og'riq bir ingranish paydo bo'ldi...
Uning Behruz bilan o'tkazgan baxtli onlari kechagidek yodida edi. Sarvinoz birinchi bor Behruzni uchratganida atigi o'n oltida edi. Bir kuni katta tanaffusda dugonalari bilan aylanib yurganida, uning uchun mutlaqo begona bo'lgan bir yigitning unga och qolgan bo'ridek suqlanganicha tikilib turganini sezib qoldi. Sarvinoz uni yahshilab jerkib bermoqchi bo'lib unga bir nazar tashladiyu, nigohini uning oydek chehrasidan uzolmay qoldi. Shu onda uning tili aylanmay, badanini kuchli bir titroq bosdi. Go'yoki osmon qulab yerga tushgandek bo'ldi...Sarvinoz yuragida uyg'ongan bu notanish tuyg'ulardan cho'chib ketdi.
Ular uzoq vaqt bir-birlariga termulib turishdi, so'ngra Sarvinoz o'sha notanish yigitga mayin jilmayib qo'yiyu, ko'zlarini asta-sekin uning nigohidan olib qochdi. Shu tarzda u qanday qilib darslarini o'tkazganini ham bilmaydi. Butun dars davomida uning hayoli o'shal sirli shahzodada bo'ldi. Uning ko'zlarida charaqlab turgan yoqimli nuru, kelishgan qomatini ko'z oldidan ketkiza olmasdi. Dars tugagach u yana o'sha yigitni uchratish maqsadida "Odil" do'koni tomon shoshilayotgan bir paytda, uning ortidan kimdir hushtak chalgandek bo'ldi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, uning ortidan o'sha shahzoda yetib kelardi...Shu onda u ne qilarini bilmay, telbalarcha bir yigit, bir maktab darvozasi tomon boqardi. Yigit Sarvinozning yoniga yetib kelgach esa uning yuragi dukkillab tez ura boshladi, butun vujudi uni Behruz tomon tortsada o'zini bir amallab qo'lga oldi, va iloji boricha o'zidagi hayajonni bildirmaslikka harakat qildi. "Kechirasiz...mana bu qalam sizniki emasmi? Sizning sumkangizdan tushib qolganini payqadim...", Behruz shunday deganicha ko'zlarini charaqlatib Sarvinozga tikilib turardi. Sarvinoz o'z qalamini tanidi va uni asta yigitning qo'lidan oldida, unga minnatdorchilik bildirganday jilmayib qo'ydi. Uning yigitga juda ham gapirgisi kelar, ammo ming urunmasin baribir tili aylanmas edi. Buning uchun Sarvinoz o'zidan juda qattiq ranjidi. Bunday imkoniyatdan foydalanib qololmaganidan og'ir ho'rsinib qo'ydi...Nogahon uning ko'zlaridan yoshlar tomchilay boshladi, yig'isini to'xtatishga qanchalik urunmasin, uning nozik qalbi bunga ojizlik qilardi. Behruz bu holatdan nohotirjam tortdi, lekin sira ham bo'sh kelmadi. Sekingina cho'ntagidan dastro'molini olib, Sarvinozning ma'yus ko'zlarini artib qo'ydi. So'ngra qaddini rostlab, "Nimadir bo'ldimi?", dedi. Sarvinoz shu zaylda o'zini bir nodondek his qildi. O'z qilmishidan uyalgani uchunmi, uning qordek oppoq yuzi qizil tusga kirdi. "Uzr...Hammasi joyida. Bilasizmi, bu qalam man uchun o'z jonimdan ham azizroq. Rahmatli buvim bir kun kelib yozuvchi bo'lsang mana shu qalamda yozasan, deb manga tashlab ketgandila. Agar buni yo'qotganimda bilmadim nima qilardim...Sizga kotta rahmat", yolg'on bilan bo'lsada Sarvinoz o'zini oqlagan bo'ldi. Ular shu tarzda tanishib ham olishdi, va tez-tez uchrashib turadigan bo'lishdi. Ikki yosh borgan sari bir biriga bog'lanib borardi. Shu damlar Sarvinoz o'zini dunyodagi eng baxtli insondek his qilardi.
Afsuski ularning quvonchlari ko'pga cho'zilmadi...Behruz litseyni tamomlagach, uning ota-onasi o'glini Amerika yuniversitetlaridan birida o'qitish niyatida uni jo'natib yuborishlari kerak edi. Ular majnuntol tagida suhbatlashib turishar ekan, Behruz vaziyatni Sarvinozga tushuntirishga urunardi. Bu habarni eshitgach Sarvinozning qaddi majnuntol singari bukilib ho'ngrab-ho'ngrab yig'lab yubordi. U Behruzni yo'qotib qo'yishdan juda-juda qo'rqardi. "Yuniversitetni bitirgach albatta yonizga qaytib kelaman. Biz dunyodagi eng baxtli oilaga aylanamiz. O'zbekistonga kelishim bilanoq sizdan habar olaman...Faqat iltimos mani unutmang. Shuni bilingki, siz man uchun dunyodagi barcha boyliklardan ham afzalroqsiz. Man sizni butun vujudim bilan sevaman. Jonim, man sizsiz hayotimni tasavvur ham qila olmayman. Yig'lamang azizam...Bir kun kelib biz albatta birga bo'lamiz", Behruz shunday deya Sarvinozni mahkam bag'riga bosdi. Shu onda Sarvinoz vaqtning to'xtab qolishini, Behruzning bag'rida abadiy qolishni istardi.
Mana nihoyat Sarvinoz intiqib kutgan onlar, yani Behruzning Toshkentga qaytadigan kuni ham yetib keldi. Uning qalbi Behruzni uchratishga oshiqardi. Sarvinoz shoshilganicha yangi liboslarini kiyib, u yoq, bu yog'ini to'g'irladida, ko'chaga otildi. U o'z "neksiasini" haydab borarkan, uning qalbi to'lqinlanib, hursandligidan bor ovozi bilan qichqirgisi kelardi. U o'ziga tanish bo'lgan mahallaga yaqinlasharkan, moshinasini Behruznlarning uyi tomon haydadi. Ularning uyiga yaqinlashgan sari Sarvinozning yuragida qallaqanday nohushlik paydo bo'ldi...Uning ko'ngli nimadandir g'ash edi. U sekingina moshinadan tushdida, hashamatli uyning darvozasini taqqilatdi. Darvozani bir sariq soch ayol ochdi. Sarvinoz bu notanish qizni ko'rib havotirga tushdi. Uning hayolidan ming bir shubhalar o'tdi(Balki Behruzni rashk qilayotgandir...o'zi ham bilmaydi). "Kimnidir qidirib keldizmi?" dedi sariq soch qiz jingalak sochlarini o'ynatarkan. "...Ha...Man Behruz okani qidirib kegandim. Bugun Amerkidadan qaytib keladi deb eshitgandim, shunchun..." Sarvinoz gapini tugatib bo'lmasidan Behruz yetib keldi. U Sarvinozga e'tobor ham bermasdan "sariq soch" qizni bag'riga bosganicha "Asalim, jonim", deya erkalardi.
Sarvinoz o'z ko'zlariga ishona olmasdi. Shu onda yer yorilsayu, u yer qariga g'arq bo'lsa. Uning yuragi qon-qon yig'lasada, ko'zlaridan bir tomchi yosh ham chiqmasdi. Nahotki yig'layverib uning ma'yus ko'zlarida bir tomchi yosh ham qolmagan bo'lsa?! "Behijon oka, manbu qiz sizni so'rab keptila", sariq sochli qiz Sarvinozning o'ylarini bo'ldi. Behruz Sarvinozga bir boqdiyu, ikkinchi qaray olmadi. U boshini mung qilib turardi. Bir oz o'tmay-"Tanishila, bu mani xotinim Zilola, bu esa mani...mani...", Behruz shunday deya duduqlanib qoldi. Sarvinozning ho'ngrab-ho'ngrab yig'lagisi kelar, Zilolaning sochlarini bittalab yulishni istardi. Sarvinoz qaddini tik tutdida, "Bir vaqtlar sizning *Behijon* okangiz manga sevgi izhor qilgandi. Uni kutishimni, va bir kun kelib biz albatta birga bo'lishimizni aytgandi. Man ahmoq unga ishonib hamma narsamdan voz kechibman...Ha deb erga tegavermaganimdan so'ng ota-onam mani majburlab bir yigitga uzatmoqchi bo'lishdi. Lekin man uydan qochib ketdim...Butun umrimni Behruz okaga bag'ishladim. Sof muhabbatim ila yashadim. U esa bu kun yuragimni qonga bo'yab, o'zga ayolni o'ziga yor qilib kelibdi...", dedi. Shunda orada og'ir bir sukunat cho'kdi. Sarvinoz shast bilan moshinasini mindiyu, duvillab yog'ayotgan qor-bo'ronga ham qaramasdan boshi uchgan tomonga haydab ketaverdi. Ertasi kuni tongda Sarvinozning jasadi topildi...U avto halokatga uchragan edi.
Sevar edim sizni jonim, Hatto o'z jonimdan ham. Menchun yig'lar endi qonim, Ko'zlarim emasdir nam.
Mayli men ketarman bu kun, Qalbim uzra hukumron tun. Siz baxtli bo'ling men uchun, Bevafo yor baxtli bo'ling.
Shahzoda Karabayeva
|