“BENAMOZLIK”… Rivoyat qilubdurlarki, payg’ambar alayhissalom bir kuni saxobalari ila suxbat qilib masjidda o’lturib erdular. Bir arab ko’chadan yig’lab keldi.
Payg’ambar alayxissalom nechuk yig’larsan, deb, andin so’radilar va ul arab aytdiki:- Yo rasulullox, bugun mani otam vofot qildi, ammo o’zim nixoyatda faqirman va kafan olurg’a pulim yo’q. G’assol va go’rkov olib kelmoqqa qodir emasman, -dedi. Andin so’ngra payg’ambar alaxissalom xazrati Abu Bakr Siddiq va xazrati Umar raziyalloxu anhumoni buyurdilar va Abu Bakr Siddiq va Umar raziyalloxu anhumo kelib ko’rdilarki, murdani surati qaro to’ng’izni suratidadir. Bas, alar bul xodisani ko’rub , taajjub qilib, janobi payg’ambar alayxissalomga borib xabar berdilar. Aytdilarki:- Yo rasulullox, bizlar ul joyga borib murdani ko’rmaduk, balki bir qaro to’ng’uzni ko’rduk,- dedilar. Bas, payg’ambar alayxissalom kelib ani janozasini o’qidilar va janoza o’qilgandan so’ngra ko’rdilarki ul murdani surati yana odam suratiga aylanibdur. Andin so’ngra dafn qilmoq uchun mazorg’a olib borib, go’rni og’ziga etib qo’ydilarki, ul murdani surati yana to’ng’iz suratiga aylanibdur. Andin so’ngra payg’ambar alayxissalom ul murdani o’g’liga qarab:- Ey yigit, dunyoda otang nima gunoxlar qilgan erdi,-deb so’radilar. Ul yigit aytdiki:- Yo rasulullox, otam dunyoda xech gunox qilganini bilmadim, magar bir aybi shul erdiki, xech namoz o’qimas erdi,- dedi. Andin so’ngra payg’ambar alayxissalom saxobalarga qarab aytdilarki:- Ey saxobalar, ko’ringizlarki, namozni tark qilgan kishini suvrati dunyoda to’ng’uz suvratig’a aylanib , dunyo axillariga shul qadar sharmnda bo’ldi. Vaxolanki, ul murda jonsiz jasad erdiki, go’yoki bir toshdek va yo bir kesakdek o’tgan erdi va anga nomusu xijolat ta’sir qilmas erdi. Bovujude shul qadar mal’un bo’ldi!