Hammamiz
har kuni bir ish bilan ko`chaga chiqamiz, jamoat joylarida bo`lamiz.
Shunda beixtiyor insonning ko`zi insonga tushadi. Uning kiyinishiga
e’tibor beradi. Va shu asnoda bir insonning qay qavmga mansubligi,
dunyoqarashi, madaniyati haqida qay darajadadir ma’lumot oladi. Bu
arzimas narsa emas.
Qadimgi
ajdodlarimizning ham ibtidoiy yurishdan voz kechib, rosmana kiyinishga
o`tishi insoniyat tarixida ulug` voqea bo`lgan. Dinimiz ko`rsatmalari
buni tasdiqladi va mustahkamladi. Lekin bugun-chi? Ochig`i,
ko`pchilikning, ayniqsa, ayollarimizning ustidagi liboslariga ko`zimiz
tushganida xunuk bir manzaradan ko`nglimiz g`ashlanadi. Tiniq
ruhiyatimizga g`ubor qo`nadi.
Buning sababini mo`min-musulmon
yurtdoshlarimiz juda yaxshi tushunadilar. Chunki tobora urfga aylanib
borayotgan nojoiz kiyinish odob-axloq doirasidan tashqariga chiqib
ketayotir.
Ajnabiy allakimlarning behayo liboslariga havas qilib,
ularga taqlid qilgan xotin-qizlar hammaning nigohi tushadigan joylarda
yarim-yalang`och holda yurishibdi. Tor, yupqa, kalta va harir
narsalarni kiyganlarida eng nozik, nomahramdan pana bo`lishi kerak
a’zolarigacha shundoq bilinib turadi. Bu bilan o`zlari gunoh qilganlari
holda boshqalarni ham gunohga botiryaptilar. Qolaversa, bunday kiyinish
sog`liklari uchun ham koni zarar, tug`ilajak farzandlar uchun ham
xavfli. Bunga ayollarning o`zlarigina emas, erkaklarimiz ham aybdordir.
Axir shunday sharmandali va behayo kiyinib ko`chaga chiqqan qiz,
ayollar qaysi birimizning opamiz, singlimiz, qizimiz, xotinimiz emasmi?
Ularni insofga chaqirish, risoladagidek kiyinishlari uchun jon
kuydirish bizning ham burchimiz. Ayrim mushtariylarimizning shu haqdagi
fikr-maslahatlarini yozib oldik, dinimiz hukmlarini keltirdik.
Bularning kimgadir foydasi tegishiga, ko`zini ochishiga umidvormiz.
Allohdan qalblarimizni hayo bilan ziynatlab, axloqimizni chiroyli
etishini tilaymiz.
Baxtiyor NAZAROV,
tijoratchi:
— Ochig`i, bugun keng-katta ko`chalarda, g`ala-g`ovur bozorlardagina
emas, mahallalarda ham bemalol yurishga kishi qiynaladigan bo`lib
qoldi. Chunki birimizning singlimiz, ikkinchimizning qizimiz yoki eng
ajablanarlisi ba’zilarimizning xotinlarimiz shunaqa kiyimlarni
egnilariga ilib olishmoqdaki, oldidan faqat yerga qarab yo yuzni
teskari burib o`tsam deysiz... Tavba, bir zamonlar sal axloqi bundayroq
ayollar shunaqa beparda narsalarni kiyishga ishqiboz edi. Hozir esa
hali oq-qorani tanib ulgurmagan qizlarimiz orasida ham bunday kiyimlar
urf bo`lyapti. Demak, gulday nozik, siyrati pok yosh ko`ngillar bu
kiyimlarni kiyib yurish gunoh ekanini anglamaydilar.
Ammo biz
ota-onalar bunga nega befarq qarayapmiz? Bu ham kechirilmas gunoh. Bir
millatdan ekanmiz, o`z farzandimning yurish-turishga mas’ulman, bosh qa
bilan ishim yo`q, deb o`zimizni chetga olishga haqqimiz yo`q. Men
bir-ikki tengdoshimga o`rni bilan bu fikrimni aytdim. Shunday qilsak,
ko`p gunohlarning oldi olingan bo`larmidi...
Nasiba ERGASHEVA,
1-sonli shahar shifoxonasi,
akusher-ginekolog:
— Ma’lumki, inson nafaqat burni bilan, balki terisi bilan ham nafas
oladi. Hozirda keng rusum bo`lgan sun’iy tolalardan tayyorlangan,
badanga yopishib turadigan kiyimlar terining yaxshi nafas olishini
qiyinlashtiradi. Bu hol butun tana a’zolari faoliyatining buzilishiga
olib keladi. Ayniqsa, balog`at yoshidagi qizlar tanasida kechadigan
fiziologik o`zgarishlarga katta salbiy ta’sir ko`rsatadi.
Tor
kiyim, birinchidan, kishining erkin harakatini chegaralaydi. Natijada
odatdagiga nisbatan kam harakatlanish yuzaga keladi. Ikkinchidan,
bunday kiyimlar kishi asabiga ta’sir etib, o`ziga sezdirmagan holda
jizzaki qilib qo`yadi. Inson vujudi yaxlit tuzilishga ega. Shu bois har
qanday ichki yoki tashqi noxush ta’sir tanadagi har bir hujayrada
asorat qoldiradi.
Sun’iy toladan tikilgan tor liboslar, tabiiyki,
kishini ko`p terlatadi. Me’yoridan ortiq terlash natijasida ko`p
miqdorda tuz, kislotalar ajralib chiqadi. Bu moddalarning tanada
belgilangan miqdordan kama-yib ketishi oqibatida modda almashinuv
jarayoni buziladi.
Bundan tashqari me’yordan ortiq terlash tanada
turli mikroblarni paydo qiladi. Terning parlanishi esa, mikroblarning
rivojlanib, infeksiya tushishiga sabab bo`ladi. Shu sababli homilador
va yangi tuqqan ayollar tor va havo o`tkazmaydigan matolardan kiyim
kiymasliklari zarur. Chunki tor libosda homilador ayolning bachadoni
ko`tarilib, xastalanishi mumkin. Natijada homila yo`qotilishi yoki
muddatdan oldin tug`ish holatlari kuzatiladi. Aksariyat holllarda
yo`ldosh ko`chishi ham mumkin. Shu jumladan, badanga yopishib turadigan
cho`ziluvchi kiyimlar venalarni kengaytirib, qon aylanishini buzadi.
Buning oqibatida qon-tomir tizimida turli og`ir kasalliklar kelib
chiqadi.
Aziza AHMETOVA,
"Xadicha Kubro” xotin-qizlar bilim yurti mudarrisasi:
— Alloh taolo Qur’oni karimning Nur surasi 31-oyatida ayollarning qanday kiyinishlari haqida shunday marhamat qiladi: "Mo`minalarga ham ayting, ko`zlarini (nomahram erkaklarga tikishdan) to`ssinlar va avratlarini (haromdan) saqlasinlar! Hamda ko`rinib turgandan boshqa zeb-ziynatlarini (ya’ni ustlaridagi liboslaridan bosh-qa zeb-ziynatlarini nomahramlarga) ko`rsatmasinlar va ko`kraklarini ro`mollari bilan to`ssinlar”.
Shariatimiz ayollarni begonalarning nazarini jalb etadigan tor, harir,
kalta liboslarni kiyib ko`chaga chiqishdan qaytaradi. Albatta, buning
o`ziga xos sabablari bor.
Avvalo, har bir ayol begona erkak uchun
nomahram hisoblanadi. Ko`chadagi ochiq-sochiqlik ayrim erkaklarning
fikr-xayolini buzadi. Natijada ayol ki-shi ko`z zinosiga sababchi
bo`lib qoladi.
Zino juda yomon illat va gunohi kabiralardan biridir. Qur’oni karimning Al-Isro surasi 32-oyatida ham: "Zinoga yaqinlashmanglar! Chunki (bu) buzuqlikdir — eng yomon yo`ldir”,
— deb ogohlantirilgan. Kimlar uchundir arzimas bo`lib ko`ringan ko`z
zinosi bir talay buzuqliklarni boshlab keladi, hatto oilalarning
buzilib ketishiga sabab bo`ladi.
Nazarimda, biz-ayollar me’yorida kiyinishni bilsak, bunday noxushliklarga chek qo`yiladi, inshaalloh.
MUSLIMA AYOLLARNING SHAR’IY LIBOSLARI QANDAY BO`LISHI KERAK?
Muslima
ayollar o`zlari uchun keng va qulay liboslarni tanlashlari lozim, toki
u butun badanlarini nomahram erkaklardan berkitib tursin.
Libos
yupqa va shaffof bo`lmasligi kerak. Liboslar a’zolarning hajmi va rangi
bilinib turadigan darajada tor va katta bo`lmasligi lozim. Nabiy
(sollallohu alayhi va sallam) shunday deganlar: "Ikki toifa borki, ular
jahannam ahlidandir: ularning birinchisi, kiyim kiygan yalang`ochlar,
(shahvatlarga) moyilligi (kuchli) bo`lgan va boshqalarni ham shunga
undovchi boshlari tuyaning o`rkachiga o`xshash ayollardir. Bu toifa
jannatga kirmaydi va uning hidini ham tuymaydi. Ikkinchi toifa —
qo`llarida sigirning dumiga monand qamchi ko`tarib olgan erkaklardir,
ular o`sha qamchi bilan odamlarni uradilar” (Muslim rivoyati).
Ibn Taymiya (r.a.) "Kiyim kiygan yalang`ochlar” jumlasini shunday
sharhlaydi: "Bu holat ayol kishining badanini bekitmaydigan liboslarni
kiyishidir. U kiyim kiygani bilan as-lida yalang`ochdir. Yupqa va harir
libos kiyish sababli badanlari ochilib turadigan hamda tor kiyimda
butun tanasining haj-mi yaqqol ko`rinib turadigan ayollar ham shu
toifaga kiradi.
Muslima ayol kiyim kiyishda erkaklarga
o`xshamasligi, ulardan farq qilib turishi lozim. Nabiy (sollallohu
alayhi va sallam) o`zini erkaklarga o`x-shatadigan va erkaklarga xos
bo`lgan tarzda kiyimlar kiyadigan ayollarni la’natlaganlar.
Muslima
ayolning kiyimida boshqalarning nazarini o`ziga tortadigan darajada
ziynat yoki fitnaga sabab bo`luvchi narsalar bo`lmasligi lozim.
Darhaqiqat, Alloh taoloning ayollarga o`z badanlarini berkitib
yurishlarini buyurishida katta hikmat va ko`p manfaatlar bor. Alloh
ayollarni go`zal va nozik qilib yaratgan va shu chiroyini faqatgina o`z
jufti (eri) uchun halol qilgan.
Tor shim kiyish o`smir qizlarning
tossuyagi o`sishini sekinlashtiradi. Kindikni ochib yurish esa, ichki
a’zolar shamollashiga, hatto befarzandlikka ham sabab bo`ladi.
Ochiq-sochiq, yengil-elpi kiyingan ayollar avvalambor o`zlariga,
qolaversa, erkaklarga juda katta zarar yetkazayotganlarini
bilarmikinlar? Ayollarning ko`chada avratlarini ochib yurishlari
erkaklarga tibbiy jihatdan ham zarar, chunki ochiq-sochiqlik ularning
erkaklik quvvatining susayib ketishiga olib keladi. Hatto bepusht-likka
borib yetishi mumkin.
Bu kabi noxush sabablar bilan erning xotinga,
xotinning erga bo`lgan ishonchi yo`qoladi, xiyonatlar ortib,
oilalarning buzilishi ko`payadi. Ushbu holat erkaklar nazdida
ayollarning qadri tushib ketishiga olib ke-ladi. Ma’lum bo`lishicha,
ayollarning o`z badanlarini ochib, ko`cha-kuyda sharm-hayosiz
yurishlari ularga erkaklar tomonidan fohisha ayol sifatida qaralishiga
sabab bo`lar ekan. Aksincha, agar ayollar o`zlarini erkaklardan tortib,
hayo qilsalar, badanlarini berkitib yursalar, ularning erkaklar
oldidagi hurmatlari ortib, ayollik sha’nlarini saqlab qoladilar.
Ziyouddin RAHIMOV tayyorladi