"Xit” tarifidan o‘tish narxi 5 barobar pasaytirildi Beeline yagona aloqa opеratori ("Unitel” MChJ va "Buzton” MChJ QK) "Xit” tarif rеjasi shartlari yaxshilanganini e'lon qiladi.
Endi "Xit” tarif rеjasidan boshqa istalgan tarif rеjasiga o‘tish yanada osonlashdi: o‘tish narxi $5 dan $1 ga pasaytirildi.
Voqеani izohlar ekan, "Unitel” MChJ ommaviy bozorni rivojlantirish bo‘yicha tijorat dirеktori Marat Sеrikov shunday dеdi: "Allo” tarif rеjasining nihoyatda ommabop ekanligini hisobga olib, biz mijozlarimizga tanlash imkonini bеrdik. Endi "Bilayn” abonеntlari istalgan paytda o‘zlariga yoqqan tarifni tanlay olishlariga ishonch hosil qilishlari mumkin”.
Eslatib o‘tamiz, "Xit” tarif rеjasi 2009 yil iyunida ishga tushirilgan bo‘lib, O‘zbеkiston bozorida tarmoq ichida bеpul chiqish qo‘ng‘iroqlarini taklif qilgan birinchi tarif bo‘lgan edi.
O’zbekistonning eng yirik mobil aloqa operatori MTS-O’zbekiston
kompaniyasi, «Мобильные ТелеСистемы» OAJning 100 foizlik sho’ba
korxonasi «MTSdan Bonuslar» aksiyasi ishga tushirilishini ma’lum
qiladi. Uning shartlariga ko’ra, SMS va MMS paketlar
aktivlashtirilganda mazkur paketlar hajmi 20 foizga ko’payadi.
SMS va MMS muloqotning aktiv foydaluvchilariga MTS kompaniyasidan yana bitta yaxshi xabar.
MTS-O’zbekiston kompaniyasi maxsus ravishda «MTSdan Bonuslar»
aksiyasi o’tkazilishini e’lon qiladi, aksiya doirasida 2010 yil 22
apreldan 21 maygacha istalgan SMS yoki MMS-paketni aktivlashtirgan
kompaniya abonentlari 20% ko’proq chiquvchi SMS va MMS-xabarlarga ega
bo’ladi.
MTS-O’zbekiston kompaniyasi tijorat bo’yicha bosh direktorning
o’rinbosari Nuriddin Shadmanov aksiyaning o’tkazilishini sharhlab
berdi: «SMS va MMS-xabarlar abonentlarimiz orasida eng ommaviy va
kerakli xizmatlar hisoblanadi. Kompaniyamiz o'z abonentlarining
istaklarini inobatga olib "MTSdan bonuslar" aksiyasini ishga
tushiradi.».
Quyidagi SMS va MMS-paketlarni ulash mumkin:
Har bir paket narxi ulanganda hisobdan olinadi. Bunda istalgan paket
aktivlashtirilganidan keyin abonent hisobida kamida $2 qolishi kerak.
Bir vaqtning o’zida har bir raqamga ikkitagacha SMS va
MMS-paketlarni ulash mumkin. Har bir SMS va MMS paketning amalda
bo’lish muddati aktivlashtirilgan kundan boshlab 30 kun.
Hisobni tekshirib ko’rish va aktivlashtirilgan SMS yoki MMS-paketda
qancha foydalanilmagan xabarlar qolganini bilish uchun *111*017#
USSD-komandasini yuborish kerak.
«MTSdan Bonuslar» aksiyasida barcha tarif rejalariga ulangan
jismoniy shaxs hisoblangan abonentlar ishtirok etishlari mumkin («RED»
va «TIME» abonentlaridan tashqari).
|