BAXTMI YOKI BAXTSIZLIK? Qadim zamonda xitoylik qariya fermerlardan biri o‘z fermasida ot boqardi. Bir kuni uning otlaridan biri qochib ketdi. Fermerning yon qo‘shnisi esa unga tasalli berib, bu holga baxtsizlik deb ta’rif berdi. Qariya fermer unga: "Baxtmi yoki baxtsizlikmi? Kim biladi deysiz?”,-deya javob berdi.
Bir haftadan so‘ng, qochib ketgan ot orqasidan bir qancha otlarni ergashtirib keldi. Yon qo‘shnisi bu safar "Baxtingiz bor ekan, qo‘shni”-desa qariya unga yana "Baxtmi yoki baxtsizlikmi? Kim biladi deysiz?”,-deya javob berdi.
Keyin fermerning o‘g‘li yovvoyi otlardan birini minmoqchi bo‘lganida yiqilib tushib, oyog‘i sinib qoldi. Endi bu holga mahalla ahli "baxtsizlik” deb baho berishdi. Qariyaning javobi esa odatdagiday bo‘ldi: "Baxtmi yoki baxtsizlikmi? Kim biladi deysiz?”
Bir necha haftadan so‘ng, harbiy kuchlar qishloqqa kelib, xizmatga yaroqli barcha yoshlarni to’plab, urushga olib keta boshlashdi. Ular fermerning o‘g‘lini ko‘rgach: "Buni oyog‘i cho‘loq ekan, bu bizga yaramaydi”,-deb qoldirib ketishdi. Mahalladagilar fermerning o‘g‘lini cho‘loq holda ko‘rishgach, o‘zlari ham bu narsa baxtmi yoki baxtsizlikmi deb o‘ylab qolishdi.
Yana kim biladi?
Hayotdagi voqealar asl ko‘rinishidan boshqacha ham bo‘lishi mumkin. Biz yaxshi deb o‘ylagan narsalarimizning orqasidan yomonlik kelishi yoki juda yomon bo‘ldi deb o‘ylagan narsalarimizning orqasidan hayotimiz uchun juda foydali narsalar kelishi ham mumkin.
|