Quyoshlarga cho'mildi ko'nglim, G'uncha misol yumildi ko'nglim. Armonlarga ko'mildi ko'nglim, Baxtlimisiz-endi sevgilim ? Xijron ichib muhabbatimdan, Armon quchib muhabbatimdan. Siz voz kechib muhabbatimdan, Baxtlimisiz-endi sevgilim ? Yo'lingizga gullarim sochib, Borgandim choq dilimni ochib. Siz o'zga yor bag'riga qochib, Baxtlimisiz-endi sevgilim ? Ayriliqdan yurak bo'ldi hun, Kunduzlarim bo'ldi qaro tun. Topgan yoringiz bilian bugun, Baxtlimisiz-endi sevgilim ? Taqdir mendan bo'ldi darg'azab, Yuragimga armonlar qadab. O'zingizni vafodor atab, Baxtlimisiz-endi sevgilim ? Vafosizlik qildingiz jonim, Kechirolmas hech buni dilim. Menga bir yo'l qoldi bu-o'lim, Baxtlimisiz-endi sevgilim ?
|