Статистика |
XOZIR SAYTDA 1 MEXMON 1 FOYDALANUVCHI 0 |
|
| | |
| Главная » 2011 » Ноябрь » 4 » Baxtliman..!
|
Yolg'izim!
Sen ketding butkul yonimdan, Qorong'u umrimda yalt etgandek sham. Uyalma. Boshingni ko'targil bardam, O'ylama, siqilma... shu holimda ham, Men... juda baxtliman. Baxtliman! Hayot! Sensiz keltirsa-da, endi har kunni, "O'tgan kunlar"dan so'ng biz etdik isbot, Muhabbat - Hijronda degan qonunni. Hu olis tog'lardan yo'l bosa-bosa, Tun kirib kelarkan - sochlari yoyiq. Aytgin-chi, sevgimiz haqdan bo'lmasa, Bu oliy sinovga edikmi loyiq?! Nimaga xomushsan? Bitta kulib boq, Gullar tutib ketsin borlig'imizni. Bu dunyo ajriga beradi Olloh, Chin dunyoda mangu yorligimizni..! Yig'lagan men emas, ko'zlarim balki, Men emas u turgan behush parishon. Xiyonatsiz, sodiq ketganing haqqi, Men juda baxtliman! BAXTLIMAN... ishon!...
|
Категория: SHERIYAT |
Просмотров: 2921 |
Добавил: LoLochA
| Рейтинг: 5.0/2 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
| |
|
|