BAXTIYOR MO`MINOV: ODAMNI YOMONI BO`LMAYDI, FAQAT XULQI YOMONI BO`LADI!
Vodiy bo`ylab efirga chiqadigan “Diydor” radiosining boshlovchisi Baxtiyor Mo`minov bilan bo`lgan suhbatni, uning fikrlarini siz azizlarga taqdim qilamiz. O`ylaymizki muxlislarimiz orasidan uning muxlislari ham yetarlicha topiladi. Baxtiyor Mo`minov – 1986-yilning 26-iyunida Andijon shahrida tug`ilgan. Andijon politexnika kollejida o`qiyotgan vaqtida Baxtiyorda radioda ishlash istagi tug`iladi. RJ likka bo`lgan qiziqish uni endigina ochilgan “Diydor” radiosi tomon boshladi va tanlovda asosida u qabul qilindi. Hozirda RJlik bilan bir qatorda TVda ham qator lavhalari bilan ishtirok etib keladi. Uning fikricha “Odamning yomoni bo`lmaydi, faqatgina hulqi yomoni bo`ladi!”
- Keling ilk savolimni radio haqida bersak, “Diydor” radiosi faoliyat yurita boshlaganiga necha yil bo`ldi? - Radio 21-oktyabrda besh yoshga “to`ladi”. Hozirda biz Fargo`na vodiysi bo`ylab efirga chiqamiz. - O`zi asli kasbingiz qanaqa? - Men O`zbek-Qirg`iz universitetida o`qiyman. Yo`nalishim huqushunoslik. Nasib qilsa bu yil o`qishni ham tamomlayman. - Kasbingiz yurist bo`lsa, boshlovchilik sizga qiyinchilik tug`dirmaydimi? - Yo`q. Sevgan kasbingizda ishlasangiz odamga qiyinchilik ham sezilmay qolar ekan. Boshida ota-onam bu kasbimga qarshilik qilishdi. Keyinchalik o`zlari ham efirlarimni tinglaydigan bo`lishdi. - Sizning qanaqa dasturlaringiz bor? - Men “Xit-parad”, “Ko`ngil va dil navolari”, “Sehrli oqshom”, “Hayrli tong” va “SMS” dasturlarini olib boraman. Dasturlarimning yo`nalishlari turlicha. Ayrimlarini quvnoqlik bilan, ayrimlarini jiddiylik bilan olib boraman. O`zim esa ko`proq jiddiy dasturlarni yoqtiraman. - Ko`pincha dasturlaringiz tungi soatlardan o`rin olgan ekan… - Ha. Meni dasturim soat 24:00 gacha cho`zilib ketadi. Tunda yaxshi, tinch bo`ladi, shovqin kam. Tunda musiqa bilan odamni mast qilish mumkin bo`ladi. - Toshkent radiolaridan qaysi birini tinglaysiz? - Ko`pini tinglayman. Ayniqsa “Zamin FM”ni. - Bu radio sizni nimasi bilan jalb qilgan? - Ijodkorlar qalbdagi so`zlarni guldasta qilib, jingl ko`rinishida efirga berishi menga juda yoqadi. - Boshqa boshlovchilardan nimalarni o`rganishga harakat qilasiz? - Efir qoidalarini, fikrlash, yo`nalish va odobni. Odobni odobsizdan o`rgan degan maqol ham bor. - Boshlovchiga ustoz kerakmi yoki ovozi bo`lsa shuni o`zi kifoyami? - Albatta ustoz kerak. Meni bu sohada ustozim Kozimjon Madiyorovdir. Boshlovchi uchun albatta ovoz muhim. Lekin meni fikrimcha tafakkur birlamchi bo`lishi lozim. Ovoz xo`rozda ham bor, faqatgina u fikrlay olmaydi holos. - TVda ham o`zingizni sinab ko`rganmisiz? - Kelajak ovozi yoshlar tashabbuslari markazining yoshlar studiyasida ham faoliyat yuritaman. Yoshlar hayotidan lavhalar tayyorlayman. Lavhalarim NTT kanalidan va Andijon yoshlar teleradiokompaniyasi tomonidan berib boriladi. - Hayotda shioringiz qanaqa? - Odamni yomoni bo`lmaydi, faqat xulqi yomoni bo`ladi!
Mashhur.
|