Baxtsiz onlarda eng yaxshi tayanch aql emas, balki jasoratdir. L. Vovenarg Baxt — boylikda, desangiz, hamma baxtsiz. Chunki aqlliga ko‘p narsa kerak emas, ahmoq esa baribir to‘ymaydi. Asqad Muxtor Inson farishta ham emas, hayvon ham. Uning baxtsizligi ko‘proq farishtaga o‘xshashga intilib, ko‘proq hayvonga yaqinlashib qolganidadir. B. Paskal Ikki oyog‘ing ostidagi zamin aslida undan ham ulkanroq ekanligini tasavvur eta olmaslik baxtni anglashdir. F. Kafka Har bir insonning qadr-qimmati o‘z ishini qoyil qilib bajarishida. Beruniy Baxtga muhtoj bo‘lmagan odam eng baxtli odamdir. Seneka Odatda ziyodalik ziyon keltiradi. Zamaxshariy Baxtga intilish bo‘lmagan joyda hech narsaga intilish bo‘lmaydi. Baxtli bo‘lishga intilish intilishlarning intilishidir. L. Feyerbax Yashash majburiy emas, lekin baxtli yashash shart. J.Renar Hayotdagi eng muhim masala — odamlar orasida umrguzaronlikni qanday o‘tkazish. A. Kamyu Bizni baxtli bo‘lish ishtiyoqi emas, ko‘proq baxtli odam deb dong taratish ishtiyoqi qiynaydi. F.Larjshfuko Baxtli bo‘lishni istaysanmi? Unday bo‘lsa, avval mashaqqat chekishni o‘rgan. I.Turgenev
|