BARMOQLARIN QO`L TUTMAGAN GO`ZALLAR
Kecha qishlog`imda sho`x bola edim
Sinf to`la qizlar sochin tortar edim
Jahl qilsa ortidan tosh otar edim
Meni ko`rsa yov ko`rgandek bezillar
Barmoqlarin qo`l tutmagan go`zallar Ko`cha –ko`yda oynar edim shomgacha
Onam izlar xavotirda yo`lgacha
Yoqtirmasdim qizlarni shu choqqacha
Tushlarimga kirmas edi kechalar
Barmoqlarin qo`l tutmagan go`zallar
Yillar o`tdi talabaga aylandik
Ko`z ochib yumguncha ancha o`zgardik
Bugun esa hech kim sochin tortmasdik
Endi meni o`ylantirar kechalar
Barmoqlarin qo`l tutmagan go`zallar
Yuragimda ishq olovi yonadir
Istaganim qo`l uchimda butundir
Yuragim bor ammo ko`nglim yarimdir
Yarim ko`nglim orzularga to`ldirar
Barmoqlarin qo`l tutmagan go`zallar
Ko`ksimni silaydi kokillaringiz
Dilimni kuydirar tabassumingiz
Dardimga kifoya nigohlaringiz
Sevgan yoring bo`lsa shunday parilar
Barmoqlarin qo`l tutmagan go`zallar
Ko`nglimning bagrida yonganda chiroq
Yo`llarga intizor shu bir juft qaroq
Rostini aytayin ishoning biroq
Agar o`lsam meni faqat o`ldirar
Barmoqlarin qo`l tutmagan go`zallar
Sochlariga tig` tegmagan hur qizlar