YAKSHANBA, 2024.12.29, 10:43
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 2
MEXMON 2
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Январь » 9 » BANKLAR. "Kredit-Standart" o’z o’rnini mustahkamlamoqda
19:34
BANKLAR. "Kredit-Standart" o’z o’rnini mustahkamlamoqda

Ochiq aksiyadorlik-tijorat "Kredit-Standart" banki korporativ va xususiy biznesga xizmatga ko’rsatadigan universial kredit muassasa hisoblanadi. U respublikamizdagi o’nta yirik banklardan biri bo’lib, ishonchlilik va barqarorlik ko’rsatkichlari bo’yicha yetakchi o’rinni egallaydi.

"Kredit-Standart" 2003 yil 16 avgustda tashkil etilgan. Bank ro’yxatga olingan paytda uning ustav jamg’armasi 1.300 million so’mni tashkil etgan bo’lsa, bugun ushbu ko’rsatkich 9,36 milliard so’mga yetgan.

Prezident Islom Karimovning 2007 yil 12 iyulda qabul qilingan "Banklarning kapitallashuvini yanada oshirish va iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi investitsiya jarayonlarida ularning ishtirokini faollashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi qarori bankning yanada rivojlanishi uchun muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda uning kapitali qariyb o’nlab milliard so’mni tashkil qiladi. "Axborot-reyting" milliy reyting kompaniyasi ro’yxatida doimiy ravishda yetakchi o’rinni egallab kelayotgan "Kredit-Standart" banki besh yil ichida mamlakatimizdagi yirik va jadal rivojlanib borayotgan banklardan biri sifatida o’z mavqeini mustahkamlashga erishdi.

Bu yerda samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bank Samarqand va Farg’onada o’z filiallari tarmog’ini tashkil etdi, ko’rsatilayotgan xizmat turlari, xususan chakana savdo sohasidagi xizmatlarni kengaytirdi, xizmat ko’rsatish sifatini yaxshiladi, hamkorlar va korporativ mijozlar tomonidan bildirilayotgan takliflarni ochiq va oshkora ko’rib chiqmoqda, biznes odob-axloqiga so’zsiz rioya qilmoqda. Eng asosiysi – daromad va aktivlar barqaror ko’paymoqda.

"Kredit-Standart" – universial tijorat banki bo’lib, o’z faoliyatini daromad olish va aksiyadorlar manfaati yo’lida biznes qiymatini oshirishga qaratgan. Bankning tijorat faoliyatining universialligi shundan iboratki, u bank xizmatlarining ayrim bozorlari konyunkturasiga bog’liqligini pasaytirishga intilmoqda. Shu bois asosiy e’tibor bank faoliyati ko’lamini kengaytirishga qaratilmoqda.

Nufuzli "The Banker" jurnali o’tgan davrlar mobaynida bankning moliyaviy ko’rsatkichlarini aks ettiruvchi so’rov, joriy etilgan texnologik innovatsiyalar, moliya bozorlaridagi yutuqlar va rivojlanish strategiyasiga asoslangan holda, "Kredit-Standart" bankini 2006 yilda "O’zbekistonning eng yaxshi banki" deb e’tirof etdi, 2008 yilda esa "Global Finanse" jurnalining bergan bahosiga ko’ra, u "O’zbekistonning eng yaxshi banki -2007" deb topildi.

Bank boshqaruvi raisi Aziz Mirjo’rayevning O’zA muxbiriga ma’lum qilishicha, mijozlar biznesi, ya’ni yirik, kichik va o’rta korxonalar, xususiy shaxslar, shuningdek, mahalliy hamda chet el banklariga namunali bank xizmatlarini taqdim etish bank siyosatining ustuvor yo’nalishi hisoblanadi.

Bankda servis darajasining yuqoriligi tufayli uning mijozlari soni ko’paymoqda. Ilg’or bank texnologiyalari va moslashuvchan tariflarning qo’llanishi, biznesning o’ziga xos xususiyatlariga individual yondashuv va undagi tafovutlarni hisobga olish mijozlar sonining ko’payishiga olib kelmoqda. Shu bilan birga, bank biznesning ikkita strategik yo’nalishi – korporativ va chakana biznes reja asosida rivojlantirilmoqda.

Bu, birinchi navbatda, chakana xizmatlar turlarini kengaytirish, bank mahsulotlari turlarini bozor ehtiyojlariga muvofiq shakllantirish, o’z mijozlari ehtiyojlarini ta’minlash, mamlakat hududida va uning tashqarisida xalqaro standartlar bo’yicha xizmatlar ko’rsatishdir.

Bank O’zbekistonning pul o’tkazmalari bozorida 2004 yildan buyon faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Ayni paytda u bozorning ushbu bo’g’inida yetakchi o’rinllardan birini egallab turibdi. Bank o’z mijozlariga "Anelik", "Migom", "ExpressMoney", "Blizko", "Western Union" kabi bir qancha tezkor pul o’tkazish tizimlari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasining yirik banki filial tarmog’i ishtirokida pul o’tkazish tizimini taqdim etmoqda. Western Union kompaniyasi 2006 yil yakunlariga ko’ra, "Kredit-Standart" bankining Samarqanddagi filialini "O’zbekistonda xizmat ko’rsatish sifati bo’yicha Western Unionning eng yaxshi punkti" deb topdi. Bundan tashqari, "Allyur" va "Faster" kabi tizimlar ham joriy etilmoqda. Bugungi kunda xalqaro pul o’tkazmalari bo’yicha xizmatlarga bo’lgan talab ortib bormoqda, ularning ko’lami kengaymoqda.

O’tgan yili bank yangi chakana xizmat turlarini joriy etdi. Endi kommunal xizmatlar va uyali aloqa uchun to’lovlarni bankning bosh ofisi hamda filiallarida amalga oshirish mumkin.

Xorijdagi yetakchi moliya muassasalari – Yevropa va Osiyoning eng yaxshi banklari bilan vakillik munosabatlarini o’rnatish hamda rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Bugun mijozlarga tashqi iqtisodiy faoliyat bo’yicha kompleks ravishda xizmat ko’rsatish, malakali maslahat berish, zarurat tug’ilganda esa alohida hisob-kitob sxemasini ishlab chiqish taklif etilmoqda.

Banklar bilan hamkorlikni rivojlantirish banklararo bozorda kontragentlar doirasini kengaytirish va o’z mijozlari topshirig’iga binoan hisob-kitoblarni samarali hamda uzluksiz amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan. Bankning moliyaviy telekommunikatsiyalar sohasida yetakchi xalqaro tashkilot hisoblangan SWIFT – jahon banklararo moliyaviy telekommunikatsiyalar hamjamiyatiga qo’shilishi natijasida nosavdo xususiyatiga ega elektron bank o’tkazmalari ham amalga oshirilmoqda.

Korporativ kredit siyosati yirik, o’rta va kichik korxonalardan iborat keng miqyosli bazani tashkil etish, qarz oluvchilar toifalari, iqtisodiyot tarmoqlari, kredit berish muddatlari bo’yicha tabaqalashtirilgan sifatli kredit portfelini shakllantirishga yo’naltirilgan.

"Kredit-Standart" banki O’zbekistonda birinchilardan bo’lib, ipoteka krediti tizimini joriy etdi, bundan oldin esa iste’mol kreditini ajratish tizimini tadbiq etgan edi.

Iqtisodiyotning real sektori korxonalariga kredit berish bankning yana bir muhim yo’nalishi hisoblanadi. Doimiy mijozlar bilan o’rnatilgan hamkorlik munosabatlari va yangi mijozlarni jalb qilish bankning kredit portfelini jiddiy ravishda ko’paytirish imkonini berdi. 2008 yilnning birinchi yarim yilligi yakunlariga ko’ra, kredit portfeli 2007 yilning shu davriga qaraganda 4 baravarga oshdi.

Iqtisodiyotning sanoat korxonalariga berilgan kreditlar miqdori qarz mablag’larining 70 foizini tashkil qildi. Ushbu mablag’larning katta qismi uzoq muddatli omonatlar ulushiga to’g’ri keladi.

Bank iqtisodiyotning real sektoriga moliyaviy yordam ko’rsatish, mamlakat eksport salohiyatini oshirish, eksportbop va import o’rnini bosadigan ishlab chiqarishlarni kengaytirish uchun xorijiy kredit liniyalarini jalb qilish ishlarini amalga oshirmoqda.

Bank Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Rayfayzen bank, Kommersbank, Landesbank kabi va boshqa yetakchi xalqaro moliya institutlari vakillari bilan amaliy uchrashuvlar o’tkazmoqda. Masalan, 2007 yilda xorijiy kredit liniyasini jalb qilish hisobidan qo’shma korxonalardan biriga xorijiy valutada qarz berildi. Bu esa, o’z navbatida, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlarida ishlab chiqarish jarayonlarida foydalaniladigan filtrlovchi va texnik matolar tayyorlashni yo’lga qo’yish imkonini berdi. Ilgari bu mahsulot chetdan sotib olinar edi va buning uchun katta miqdorda valuta mablag’lari sarflanar edi.

Axborot texnologiyalarini rivojlantirish bank operatsiyalari sifatini va ularning mijozlar uchun jozibadorligini oshirish, bank resurslarini samarali va tezkor boshqarish uchun sharoit yaratish, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish imkoniyatlarining paydo bo’lishga yordam bermoqda. Bankda mijozlarga mobil telefon yordamida bankdagi o’z hisob-raqamlariga o’tkazmalar bo’yicha hisobotlarni tezkor olish imkonini beradigan SMS-banking xizmati joriy etilgan.

Korporativ mijozlarga o’z muassasasi faoliyatini nazorat qilish bo’yicha qulayliklar yaratish uchun "Bank-Mijoz" korporativ tizimi tadbiq etildi. Bu esa bankdagi hisob-raqamlar ahvoli to’g’risida tezkor ma’lumot olishga yordam beradi.

Prezident Islom Karimovning 2008 yil 20 fevralda qabul qilingan "Tijorat banklarida aholi omonatlari shartlarini liberallashtirish hamda kafolatlarini ta’minlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi farmoni bankni o’z dasturiy ta’minotini muntazam modernizatsiya qilish, servis darajasini yaxshilashga undaydi. Ilg’or axborot texnologiyalaridan foydalanish raqobatbardoshlikni oshirish, yangi bo’lajak mijozlarni jalb qilish, ularga xizmat ko’rsatish va xabar berish bo’yicha qulayliklar yaratish imkonini beradi. Shuningdek, kommunal va boshqa to’lovlarni axborot terminallari – axborot kiosklari orqali qabul qilish xizmatlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.

Bankning www.credit-standart.uz web-saytida yangiliklar, joriy etilayotgan xizmat turlari haqida axborot olish, shuningdek, bank xodimlari bilan tezkor bog’lanish mumkin. Yangi servis – Internet-benkingni ishga tushirish ko’zda tutilgan. Shuni ta’kidlash kerakki, ichki hujjat aylanishi yuqori samarali elektron hujjat aylanishi tizimi asosida tashkil etilgan va bu bankka kundalik masalalarni tezkor hal etish imkonini beradi.

Bank besh yil mobaynida yuqori natijalarga erishishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan malakali xodimlar jamoasini shakllantirishga erishdi. Xodimlarning professionalligi va yaxshi tashkil etilgan kadrlar siyosati samarali faoliyat ko’rsatishga yordam bermoqda. Asosiy e’tibor bank xodimlari malaka darajasini oshirish va yosh, qobiliyatli mutaxassislarni jalb qilishga qaratilmoqda. Bu yerda yo’lga qo’yilgan ustozlik tizimi yosh avlodni tarbiyalashga yordam bermoqda va kelgusida kadrlar salohiyatidan yanada samarali foydalanish imkonini beradi.

Bankning istiqboldagi vazifalari mustaqillikning dastlabki kunlaridan izchil amalga oshirib kelinayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ularning ko’lamini kengaytirish bilan bog’liq. Bu bank-moliya tizimini mustahkamlash, bozor infratuzilmasini rivojlantirishni taqozo etadi. Bankda asosiy e’tibor moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, kapitallashtirish darajasini yanada oshirish, raqobat muhitida o’z o’rnini mustahkamlash masalalariga qaratilmoqda. Bularning barchasiga filiallar tarmog’ini kengaytirish, mini-banklarni tashkil etish, ko’rsatilayotgan xizmatlar sifati va uyg’unligini takomillashtirish, raqobatbardoshlikni oshirish, bankning moliya bozoridagi mavqeni mustahkamlash, xodimlar malaka darajasini yuksaltirish hisobidan erishish mumkin.

Bank kelgusida ham xalqaro darajadagi universial kredit instituti sifatida rivojlanish va respublika viloyatlarida o’z mijozlariga xizmat ko’rsatish niyatida. Bank investitsiya jarayonlari, korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashda keng ishtirok etishni davom ettiradi, xizmatlar turlarini kengaytiradi, mijozlarga xizmat ko’rsatish sifatini oshiradi. Bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qo’llab-quvvatlash uchun ajratilayotgan kreditlar aholining real pul daromadini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish, qator muhim ijtimoiy masalalarni hal etishga xizmat qiladi.

Bularning barchasi Prezident Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz bank-moliya sohasida izchil amalga oshirilayotgan islohotlar samarasidir.


Просмотров: 1851 | Добавил: Gangster | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz