YAKSHANBA, 2024.12.29, 11:55
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 6
MEXMON 6
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2009 » Октябрь » 3 » Baliq: ozuqaning bebaho manbai
12:30
Baliq: ozuqaning bebaho manbai

Assalomu alekum kechirassz  mani sizga savolim boridi baliq go'shti xalol xisoblanadi lekin bir marta bitta joyda o'qiganidim dengiz xayvonlarini baliqdan tashqarisini xarom dip shu to'grimikin agar mumkin bo'lsa shu xaqidayam qisqacha ma'lumot bersela oldindan kottakon raxmat . DILNOZA.


Baliq: ozuqaning bebaho manbai
O'zingiz va sayyoh (o‘tkinchi)lar foydalanishi uchun sizlarga dengiz ovi va taomi (baliqlari) halol qilindi ... («Moida» surasi, 96-oyat)

Yurak xastaligi tufayli bu dunyoni tark etayotgan odamlarning o‘rtacha yoshi tobora kamayib borayotganligi yurak tomirlarining sog‘ligi bilan bog‘liq masalalarga e'tiborni keskin oshirdi. Yurak xastaligini davolashda juda ko‘p yutuqlar qo‘lga kiritilgan bo‘lsa-da, bu soha mutaxassislari, asosan, bunday kasalliklar paydo bo‘lishidan oldin ehtiyot choralarini ko‘rish kerakligini tavsiya etishadi. Mutaxassislar, shuningdek, yurakning sog‘lom ishlashi va kasallikning oldini olish uchun bir muhim oziq-ovqatni ham tavsiya etishadi. Bu hammamizga yaxshi tanish bo‘lgan baliqdir.

Baliqning nima uchun bunday ozuqaviy manba ekanligiga sabab, unda inson tanasi uchun zarur bo‘lgan moddalarning mavjudligi va uning turli kasalliklar xavfini kamaytirishidadir. Baliqning tarkibida omega-3 kislotasi bo‘lganligi tufayli u sog‘likka qalqon vazifasini o‘taydi. Agar baliq muntazam tartibda iste'mol qilinsa, yurak xastaligi xavfining kamayishi va immun sistemasining kuchayishi aniqlangan.

Baliqning sog‘likka nisbatan foydalari faqat yaqindagina ilmiy jihatdan asoslangan bo‘lib, uning muhim ozuqaviy manba ekanligi Qur'onda vahiy qilingan. Qodir Alloh dengiz mahsulotlariga Qur'onda quyidagicha ishora qiladi: «U yangi go‘sht (baliq go‘shti) yeyishlaringiz va taqadigan taqinchoqlar chiqarib olishlaringiz uchun (sizlarga) dengizni ham bo‘ysundirib qo‘ygan zotdir ...» («Nahl» surasi, 14-oyat), «O'zingiz va sayyoh (o‘tkinchi)lar foydalanishi uchun sizlarga dengiz ovi va taomi (baliqlari) halol qilindi ...» («Nahl» surasi, 96-oyat.) Bundan tashqari, «Kahf» surasida baliqqa alohida e'tibor qaratilgan, unda Payg‘ambar Muso (a.s.) o‘zining xizmatkori bilan uzoq safarga chiqqani va yo‘lda yeyish uchun o‘zlari bilan baliq olib olgani haqida so‘z yuritiladi:

Qachonki, u ikkisi (ikki dengiz) qo‘shiladigan yerga yetishgach, baliqlarini unutdilar. Bas, u (baliq) dengiz qa'riga yo‘l oldi. Bas, qachonki (u yerdan) o‘tishgach, (Muso) yigitiga: «Nonushtamizni keltir, haqiqatan, bu safarimizdan juda charchadik» - dedi. U (Yuvsha') aytdi: «Buni quring, biz (dengiz sohilidagi) qoyaga borib (orom olgan) paytimizda, men baliqni unutibman ...» («Kahf» surasi, 61-63-oyatlar)

«Kahf» surasida uzoq va charchoqli safardan so‘ng baliqning dengiz mahsuloti sifatvda ataylab tanlanishi diqqatga sazovordir. Shuning uchun bu qissa zamirida yotgan donolik baliqning ozuqaviy foydalaridan xabar berayotgan bo‘lishi mumkin. (Alloh hammadan ko‘p bilguvchidir.)

Chindan ham baliqning ozuqaviy xususiyatlarini tekshirib ko‘radigan bo‘lsak, ba'zi juda ajablanarli dalillarga duch kelamiz. Parvardigorimiz bizga ne'mat sifatida in'om qilgan baliq mukammal bir taom bo‘lib, bu mukammallik uning tarkibvda oqsil, D vitamini va odam tanasi uchun muhim ayrim mikroelementlar borligida ko‘rinadi. Fosfor, oltingugurt va vanadiy kabi minerallar baliqning tarkibida bo‘lganligi tufayli u o‘sishga yordam beradi va to‘qimalarning tiklanishiga imkon yaratadi. Shuningdek, baliq go‘shti yangi tishlar va milklar shakllanishiga, yuzning tiniqlashishiga foyda beradi, sochni sog‘lomlashtiradi va bakterial infektsiyalarga qarshi kurashishda hissa qo‘shadi. U qondagi xolesterin miqdorini nazorat qilishi tufayli, yurak xurujlarining oldini olishda ham muhim rol o‘ynaydi. U kraxmal va yog‘larni parchalash va singdirishda tanaga yordam beradi hamda unga ko‘proq kuch va harakatchanlik baxsh etadi. Boshqa tomondan, u aqliy faoliyatlarning ishlashiga ham ta'sir qiladi. Baliq tarkibvda bo‘lgan D vitamini va boshqa minerallar yetarli darajada iste'mol qilinmaganda raxit (suyak zaifligi), milk kasalligi, bo‘qoq va gipertireoz kabi kasalliklarning barchasi paydo bo‘lishi mumkin.129

Bundan tashqari, zamonaviy fan baliq tarkibvda bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotasi ham inson sog‘ligi uchun muhim ahamiyat kasb etishini kashf qildi. Bu yog‘lar hatto zaruriy yog‘ kislotalari sifatida ham ta'riflangan.

Baliq yog‘idagi omega-3 ning foydalari

Baliq yog‘i tarkibvda sog‘ligimiz uchun, ayniqsa, muhim bo‘lgan ikki xil to‘yinmagan yog‘ kislotalari mavjud: EPK (eykosapentenoik kislota) va DXK (dokosaxexenoik kislota). EPK va DXK poli to‘yinmagan yog‘lar hisoblanadi va ular omega-3 yog‘ kislotalarini o‘z ichiga oladi. Omega-3 va omega-6 yog‘ kislotalari inson tanasida ishlab chiqilmasligi sababli ular tashqaridan olib kirilishi kerak bo‘ladi.

Baliq yog‘ining inson sog‘ligiga foydalari haqida juda ko‘p dalillar mavjud bo‘lib, bular asosan, uning tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotasiga borib taqaladi. O'simlik yog‘larida mavjud bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotalarining inson sog‘lig‘iga samarasi yetarli emas. Biroq dengiz planktoni omega-3 ni EPK va DXK ga aylantirishda juda asqotadi. Baliqlar planktonlarni yegach, ularning organizmi EPK va DXK bilan boyiydi. Bu, o‘z navbatida, baliqni o‘ta muhim yog‘ kislotalarning eng boy manbalaridan biriga aylantiradi.130

Baliqdagi yog‘ kislotalarining foydalari

Baliqdagi yog‘ kislotalarining asosiy xususiyatlaridan biri ularning tanada energiya ishlab chiqilishida qo‘shadigan hissasidir. Bu yog‘ kislotalar tanadagi kislorod bilan birikib, elektron o‘tkazadi va uning ichida turli kimyoviy jarayonlar uchun energiya ishlab chiqilishiga imkon beradi. Shuning uchun baliq yog‘iga boy ovqat charchoqni yengishga yordam beradi va aqliy hamda jismoniy qobiliyatni oshiradi. Omega-3 kishiga energiya berish bilan bir qatorda fikrni jamlash quvvatini ham oshiradi. «Baliq miya uchun foydali» degan gap zamirida ilmiy asos yotadi: miya yog‘idagi eng asosiy tarkib DXK bo‘lib, u omega-3 yog‘ kislotalaridan iborat.131

Baliqning yurak va arteriyalar salomatligi uchun ahamiyati
Baliqdagi omega-3 yog‘ kislotasi qon bosimini tushirish va qondagi xolesterin hamda triglitseridni kamaytirish orqali yurak-qontomir kasalligidan himoya qilishi e'tirof etilgan.132 Triglitserid yog‘ning bir turi bo‘lib, zichligi kichik lipoprotein (yomon xolesterin)ga o‘xshaydi. Undagi yog‘ miqdori ko‘p, oqsil tar-kibi esa kam bo‘ladi. Triglitserid miqdorining ko‘payishi (ay-niqsa, baland xolesterin bilan birgalikda) yurak xastaligi xavfini oshiradi. Bundan tashqari, baliq yog‘i yurak xurujidan keyingi hayotga xavf soladigan nonormal yurak urishini kamaytiradi.

Amerika Tibbiy assotsiatsiyasining izlanishlaridan birida, bir haftada besh portsiya baliq yeydigan ayollarda yurak xuruji uchdan bir darajaga kamayganligi kuzatildi. Bu baliq yog‘idagi omega-3 yog‘ kislotasi qonning kamroq quyuklashuviga sabab bo‘lishidan kelib chiqadi, deb fikr yuritildi. Venalarimizda oquvchi qonning normal tezligi soatiga 60 km (soatiga 37,3 milya) ni tashkil etadi. Qonning yopishqoqligi o‘z me'yorida bo‘lishi va uning zichligi, miqdori hamda tezligi normal holatda bo‘lishi juda muhim. Bizning qonimiz uchun eng katta xavf (qon oqimining normal holatidan tashqari) uning quyuqlashib qolishi va yaxshi oqish qobiliyatini yo‘qotishidir.

Baliq yog‘lari qondagi trombotsitlar (qonni quyultiradigan qon plastinkalari) ning bir-biriga yopishib qolishiga to‘sqinlik qilishi orqali qonning quyulib qolishini kamaytirishda ham juda samaralidir. Aksincha, qonning quyuqlashishi arteriyalarning torayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, tanadagi yetarli darajada qon bilan ta'minlanmagan ko‘p organlar, ayniqsa, yurak, miya, ko‘zlar va buyraklar funktsiyasining susayishiga va keyinchalik bu funktsiyaning umuman to‘xtashiga olib keladi. Misol uchun, qonning quyuqlashishi natijasida arteriya batamom to‘silib qolgudek bo‘lsa, yurak xuruji, falaj yoki arteriyaning joylashishiga qarab boshqa kasalliklarning kelib chiqishi muqarrar.

Omega-3 yog‘ kislotalari qizil qon tanachalarida kislorod tashuvchi molekulalarning gemoglobin ishlab chiqishida va hujayra membranasi orqali o‘tayotgan oziqlarni nazorat qilishda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, ular tana uchun zararli bo‘lgan yog‘larning ziyonli ta'sirlarining oldini ham oladi. Tadqiqotlarda baliqda uchraydigan omega-3 yog‘ kislotasi yurak xuruji xavfini kamaytirishi aniqlangan.133

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning rivojlanishi uchun ahamiyati

Miya va ko‘zning muhim tarkibiy qismi bo‘lgan hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning ehtiyojlari bilan bog‘liq omega-3 yog‘ kislotalari so‘nggi 10 yil ichida tadqiqot mavzusiga aylandi. Ona bachadonidagi homila hamda yangi tug‘ilgan chaqaloqning rivoj-lanishi uchun omega-3 ning ahamiyatiga oid bir qancha dalillar mavjud. Butun homiladorlik va ilk chaqaloqlik davrlarida miya va nervlarning yaxshiroq rivojlanishi uchun omega-3 katta ahamiyat kasb etadi. Olimlar ona sutining ahamiyatiga, u tabiiy va omega-3 ning to‘liq ombori bo‘lganligi uchun katta urg‘u berishadi.134

Bo‘g‘imlarning salomatligi uchun foydalari

Revmatik poliartrit (revmatizmga bog‘liq og‘riqli bo‘g‘im holati)da eng katta xavf bo‘g‘imlarning toliqib qolishi bo‘lib, u tuzatib bo‘lmas xastalikni keltirib chiqaradi. Omega-3 yog‘ kislotalariga boy ovqatlar artritning oldini olishi va shishgan hamda nozik bo‘g‘imlardagi noqulayliklarni kamaytirishi isbotlangan.135

Miya va asab sistemasining sog‘lom faoliyati uchun foydalari

Juda ko‘p izlanishlarda miya va nervlarning sog‘lom ishlashi uchun omega-3 yog‘ kislotalarining ta'siri aniqlangan. Bundan tashqari, baliq yog‘ining quvvati ruhiy tushkunlik va shizofreniya (ruhiy kasallikning bir turi) alomatlarini kamaytirishi hamda xotiraning yo‘qolishiga sabab bo‘ladigan va kundalik faoliyatlarga xalal beradigan miya kasalligining oldini olishi mumkinligi isbotlangan. Misol uchun, ruhiy tushkunlikdan azob chekayotgan va 12 hafta mobaynida omega-3 yog‘ kislotasidan 1 gramm (0,035 untsiya) qabul qilgan shaxslarda bezovtalik, stress va uyqusizlik kabi muammolarning kamayishi kuzatilgan.136

Yallig‘lanishga qarshi va immun sistemasini kuchaytirishdagi foydalari

Omega-3 yog‘ kislotalari yallig‘lanishga qarshi (infektsiyaning oldini olish) funktsiyaga ega. Shu bois, omega-3 quyidagi kasalliklarda qo‘llanilishi mumkin:137

♦ Revmatik poliartrit (revmatizmga bog‘liq bo‘lgan bo‘g‘imning yallig‘lanishi).

♦ Osteoartrit (suyak va bo‘g‘imning yallig‘lanishi oqibatida bo‘g‘im faoliyatining yo‘qolishi).

♦ Yarali kolit (yo‘g‘on ichakning yarali yallig‘lanishi).

♦ Teri sili (terida dog‘ keltirib chiqaradigan kasallik).

♦ U mielin (nerv hujayralarini o‘rab turadigan material)ni ham himoya qiladi. Shuning uchun u quyidagilarni davolashda ishlatiladi:

♦ Glaukoma (ko‘z soqqasi ichidagi yuqori bosimdan kelib chiqadigan kasallik, bu hatto ko‘zi ojizlikka ham sabab bo‘lishi mumkin).
♦ Parishonxotirlik sklerozi (miya va orqa miyadagi to‘qimalarning qattiqlashishidan kelib chiqadigan jiddiy kuchayib boruvchi kasallik).

♦ Osteoporoz (suyakning tarkibiy zaiflikka sabab bo‘luvchi kasalligi).

Qandli diabet kasalligiga yo‘liqqan bemorlar.

Shu jumladan, u quyidagilar uchun ham foydali ekanligi qayd etilgan:

♦ Migren bilan og‘riydigan bemorlar.

♦ Anoreksiya (ovqatlanishga ishtahaning bo‘lmasligi).

♦ Kuygan joylar.

♦ Teri salomatligiga doir muammolar.

Yana shunday keng qamrovli dalillar ham borki, omega-3 yog‘ kislotalariga boy baliqni ko‘p iste'mol qiladigan Grenlandiya eskimoslari va Yaponiya aholisida yurak va arteriya kasalligi, astma hamda psoriazdan azob chekish holatlari juda kam uchraydi. Baliq shuning uchun ham davolashning bir turi sifatida tavsiya etiladi va ayniqsa, parhezshunoslar baliqni uning yurak tomirlari salomatligi uchun isbotlangan foydalaridan kelib chiqib tavsiya etishadi.

Biz yuqorida aytib o‘tgan foydalar soni kun-sayin ortib bormoqda. Baliqning soglikka keltiradigan foydalari yaxshi jihozlangan ilmiy laboratoriyalarda ishlayotgan juda ko‘p olimlar tomonidan faqat yaqindagina kashf kilinishiga imkoniyat tug‘ildi. Bunday bebaho oziqlanish manbaining Qur'onda qayd etilishi, ayniqsa, «Kahf» surasida uning charchoqni ketkazish sifatida ta'riflanganligi hayratlanarli mo‘jizadir. Baliq keltiradigan barcha foydalar Parvardigorimizning bizga bergan buyuk ne'matidir. Barcha oziq-ovqatlardagi kabi, baliqdagi a'lo darajali tuzilmani bizning foydamiz uchun yaratib qo‘ygan zot - Alloh, butun Olamlar Sarvaridir.


Категория: ISLOM | Просмотров: 2603 | Добавил: shohruxxon | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2024 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz