Ko`pchilikka
Bahrom Yoqubov va Diana Yagofarovani taqdiri qiziq bo`lishi mumkin.
Hozirda ular ikkalasi ham yaxshi hayot kechirmoqda… Kim bilan bo`lmaydi
deysiz, bunday holatlar ko`p bo`lgan bo`layapti va bo`ladi. Diana
Yagofarovani 1 oy oldin "Opera” klubi yonida ko`rgandim. Bahrom
Yoqubovni esa 1-2 hafta oldin yangi ofisida ko`rdim. U o`zini yangi
"Majruh” deb nomlangan filmini suratga olayapti. Ha, adashmadingiz
aynan "Majruh” filmini rejissyori Bahrom Yoqubov bo`ladi, faqat film
titrlarida uni nomi o`rniga uni yordamchisi bo`lgan Liza [Yelizavetta
Karoli] deb ko`rsatiladi, gap so`zlardan qochish maqsadida. [Bizda
xalqni aldash naqadar oson]
"Majruh” filmida Shaxzoda va
Ulug`bek Qodirov va Ubaydullo Omonlar suratga tushishmoqda.
Ko`pchilikni aytishicha "Majruh” o`sha mashhur "Fotima va Zuhra”
filmini muvofaqiyatini qaytaradi. "Majruh” "Zamin-film” buyurtmasiga
asosan suratga olinmoqda.
P.S. "Yappi films” rahbariyati gapiga
ko`ra – hamma narsa tinchib bosti-bosti bo`lgandan so`ng 1-2 yil
oralig`ida, "Zirapcha” filmi ham katta ekranlarga qaytishi kutilmoqda,
chunki filmga juda ham ko`p pul sarflab yuborilgan ekan.