borayapman. Ayvonda o‘tirganimcha yaqinlashib kelayotgan qora bulutlarni kuzataman. Nazarimda bulutlar bahor shamollarida dengiz to‘lqinlari kabi shovullayotgan yam - yashil daraxtlarga tegib o‘tayotganday tuyuladi. Qishloqning mo‘rili, oqlangan uylari esa to‘fonda qolgan kemalarga, afsonaviy flotiliyaga o‘xshaydi. Uylarning teleantenalari, kaptar xavozalari machtalardek chayqaladi. Bu orada shamol yana kuchaydi. Yomg‘ir ham endi sharros quya boshladi. Men yomg‘ir shovqiniga quloq solaman. Ko‘chadan avtomobillar vishillab o‘tadi. Bulutlar shu qadar quyuqlashdiki, atrof qorong‘ilashib ketdi. Chaqmoqlar yomg‘irli qishloqni har tamondan suratga olayotgan fotografga o‘xshaydi. Men chaqmoq nurida sening gulgun yuzlaringni va soyaboningni ko‘rishga ulgurdim. Xayron qolarli darajada zaxarli qo‘ziqorin "Muxomor"ga o‘xshash qizil soyaboningni. Mening uyim yam - yashil, qalin daraxtzorlar to‘lqiniga g‘arq bo‘layotir. Men tryumda qolib ketgan g‘ofil dengizchi kabi tobora yashillik qa’riga cho‘kib