MUBORAK JUMA, 2025.01.10, 00:26
SMS SHERLAR, SMS TABRIKLAR, SMS SEVGI WWW.SHERLAR.UZ
Приветствую Вас MEXMON | RSS

Menu
Категории раздела
Новости Футбола
ozbekiston chempionat. jahon chempionati. evropa chempionati
ШОУ-Бизнес
Узбекский Шоу Бизнес JAHON SHOU BIZNES SHAHZODA RAYHON BOJALAR RAYXON.UZ SHAXZODA.UZ
SMS YUBORISH
BEPUL SMS YUBORISH UCELL MTS BEELINE PERFECTUM UZMOBILE BUTUN JAHONGA
QIZIQARLI
ENG QIZIQ AJOYIB PRIKOL ZOR MALUMOTLAR WWW.SHERLAR.UZ DA
MP3 KO`CHIRISH
BEPUL MP3 KOCHIRISH UZBEK RUS ARAB JAHON SHAXZODA RAYHON BOJALAR QASHQIRLAR MAKONI
MOBIL TELEFONLAR UCHUN
SOTKA UCHUN TEMA NOKIA TEMA MP3 JAVA KLIP KINO ZOR TEMALAR
Веб-Мастер
UZ DOMEN OLISH. UCOZNI ORGANISH BEPUL TK DOMEN. YANGI SHABLONLAR
TV SERIAL- ТВ Сериалы
QASHQIRLAR MAKONI YANGI. OZBEK SERIAL. UZBEK KINO
QO`SHIQ MATNI
YANGI QOSHIQLAR MATNI RAYHON SHAXZODA BOJALAR
IZOHLAR VA SMSLAR
YANGI SMS SHERLAR SHERLAR TOPLAMI
SEVGI
SEVGI MUXABBAT LOVE QIZLAR BILAN TANISHISH 14 FEVRAL SEVISHGANLAR KUNI
JAHON YULDUZLARI
JAHON YULDUZLARI
KULGI -FUNNY-PRIKOL
PRIKOL XAZIL FUNNY PRIKOL FOTO XAZIL FOTOSURATLAR. KULGILI RASMLAR
ISLOM
TANLOV
Психология
PSIXOLOGIK TESTLAR! PSIXOLOGIK TESTLAR PSIXOLOGIK TESTLAR!
FOYDALI MASLAHATLAR
Тесты
Рейтинг
FIKR-MULOHAZA
---TANISHAMAN---
QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH. QIZLAR BILAN TANISHISH.
MUXLIS--FANAT
TALAB VA TAKLIF
KASSA
FOYDALI SAYTLAR
ZOR SAYTLAR . PRIKOL SAYTLAR
SHERIYAT
KOMPYUTERLAR UCHUN
Реклама
PUL ISHLASH
INTERNETDA PUL ISHLASH. PUL TOPISH.
qizlar bilan tanishaman
qizlar bilan tanishaman
Афоризмы
Aforizmlar
YULDUZLAR BIOGRAFIYASI
SHAXZODA RAYHON BOJALAR SHOXRUXXON. OZODBEK. SHOXJOHON
Гостевая
IBRATLI XIKOYALAR
WWW.SHERLAR.UZ
WWW.SHERLAR.UZ SAYTI UCHUN MAHSUS YANGILIKLAR HABARLAR SMS SHERLAR MADHIYALAR
Новости Узбекистана
Kliplar
Наш опрос
SHERLAR.UZ SAYTNINI QAYERDAN BILAS
XAMMA JAVOBLAR: 1195

Статистика

XOZIR SAYTDA 21
MEXMON 21
FOYDALANUVCHI 0
Главная » 2010 » Январь » 3 » AYYOR TULKI
22:18
AYYOR TULKI
Arslon, bo‘ri va tulki
uchovlon birga ov ilinjida
o‘rmonga borishdi. Aslida
arslon tengi bo‘lmagan tulki
bilan bo‘rini ovda sherik
qilishi to‘g‘ri emasdi. Ammo
“jamoat bo‘lishda baraka
bor” deyilgani uchun bu safar
shuni ixtiyor qildi.
Uchta bo‘lishdimi, endi
ulardan biri boshliq bo‘lishi
lozim. Arslon o‘zi boshliq
bo‘lishini bilgani uchun bu
haqda tulki bilan bo‘riga
maslahat solib o‘tirmadi.
Tushgacha ular bir yovvoyi
eshak, bir yovvoyi echki va
semizgina bir quyon
ovlashdi. Ovlari baroridan
kelgan edi. Ovlarini tishlab
sudraganlaricha bir g‘orga
olib kelishdi. Ular juda ham
ochqashgan, qorinlari tatalab
borar edi.
O ‘ljalarni o‘rtaga qo‘yishdi.
Endi buni taqsimlash kerak
edi. Aslida, kim boshliq
bo‘lsa, o‘sha taqsim qilishi
kerakligini arslon yaxshi
bilardi, lekin sinash uchun
bo‘riga qarab, dedi:
— Qani, tajribali do‘stim
bo‘ri, shu ovlaganlarimizni
o‘rtamizda bir taqsimlab ber-
chi? Shunday taqsimlaki,
ko‘nglingdagidek bo‘lsin.
Bo‘ri darhol ishga kirishdi.
— Bosh ustiga! Birpasda hal
qilaman. Avvalo sizning
ulushingizni beraman... Mana
shu yovvoyi eshak eng katta
ovimiz. U sizniki. Kattakon
gavdangizga munosib
tushlik. Echkiga kelsak, u
menga tegishli. Menga shu
ham bo‘laveradi. Quyonni
bo‘lsa, tulkiga beramiz.
Aslida, uni... Mana, bo‘ldi,
ruxsat bersangiz, yeyishni
boshlasak.
Arslonga bo‘rining taqsimi
as-lo yoqmadi. Birinchidan, u
bo‘rining: “Yo‘g‘-e, biz kim
bo‘pmiz. O‘zlari taqsimlasalar
tuzuk, bermasalar o‘zlaridan
qolgan sarqitga ham
rozimiz”, deyishini kutgan
edi. Ikkinchidan, bo‘rining
o‘zini katta tutgani ensasini
qotirdi. Unga qolsa, tulkiga
hech narsa bergisi yo‘q.
Arslon qattiq g‘azablanib,
bo‘riga hayqirdi.
— Ey ahmoq! Sen kim
bo‘psanki, o‘zingni odil
taqsimchi his qilyapsan.
Mening kimligimni unutib
qo‘yibsan, so‘tak! Axir, men
hayvonlar podshohiman. Sen
ahmoqqa men turib, ulush
taqsimlashni kim qo‘-yibdi?
Ahmoqliging boshingga
yetdi! — dediyu bo‘riga
tashlandi va birpasda uni
tilka-pora qilib tashladi.
Aqli-hushi boshidan uchib,
qo‘r-qib ketgan tulki qotib
qolgan, na gapira olar, na
o‘rnidan jila olar edi.
Bo‘rining ishini bitirgan
arslon joyiga kelib o‘tirgach,
dir-dir titrayotgan tulkiga
qarab:
— Senga nima bo‘ldi? Nega
qotib qolding? Yaqinroq kel-
da, ovlarni taqsimla! — deb
buyurdi.
Tulki amrga muvofiq
yaqinroq surildi. So‘ng tili
zo‘rg‘a kalimaga kelib:
— Xo‘p bo‘ladi, sultonim!
To‘g‘risi, ulush taqsimlash
men bechoraning ishi emas.
Bu ishga faqat Siz loyiqsiz.
Ammo... o‘zingiz buyuryapsiz.
Na chora... — dediyu jim
o‘ylanib qoldi. “Shunday
taqsimlayki, jonim omon
qolsin”, deb o‘yladi u.
— Nega jim bo‘lib qolding?
— dedi arslon o‘rnidan turib.
— Hozir... hozir... Yaxshilab
o‘ylab oldim-da... Xo‘sh... ojiz
fikrimcha, bu yovvoyi eshak
nonushtalik ovqatingiz
bo‘lgani ma’qul. Axir,
ertalabdan beri tuz
totganingiz yo‘q. Buning
ustiga, charchadingiz. Aslida
katta gavdangizga bu urvoq
ham bo‘lmaydi... Echkiga
kelsak, uni tushlik ovqat
o‘rnida tanovul qilsalar, juda
yaxshi bo‘ladi. O‘ziyam
sizbop tushlik. Taningizga
kuch-quvvat bo‘lib singsin!..
Quyonga kelsak, kattagina va
semizgina narsa. Buni kechki
ovqatingiz uchun saqlab qo‘-
yamiz. Axir, kechqurun ham
nimadir yeyishingiz kerak-
ku...
Tulki shunday deya mo‘ltirab
arslonga qarab qoldi.
Arslonning bu taqsimdan
kayfi chog‘ bo‘ldi, g‘azabi
tarqab, dili xotirjam,
mamnun bo‘lib, tulkiga
qaradi. Tushlik qilishga
kirishar ekan:
— Barakalla, tulkivoy. Mana
buni odil taqsim desa arziydi.
Baloday aqling bor ekan-a!
Bunaqa taqsimni sen
qayoqdan o‘rganding? —
dedi.
Tulki bir chetda burda-burda
bo‘lib yotgan bo‘riga ishora
qilib:
— Manavi sho‘rlikning
holidan, — dedi.
— Ofarin... Bundan buyon
menga qanday muomala va
xizmat qilish lozimligini
boshqalarga o‘rgatasan.
Uqdingmi?! — dedi arslon
yovvoyi eshakning sonini
paqqos tushira turib.
— Bir og‘iz so‘zingiz, — dedi
tulki hozirjavoblik bilan.
“ Nonushta”ni tugatgan
arslon tulkiga o‘zidan ortgan
mayda-chuydalarni yeyishni
ishora etdi.
Yovvoyi eshakning boshini
g‘ajiyotib tulki holiga shukr
qilar va: “Yaxshiyam taqsim
navbati menga bo‘ridan
keyin keldi. Uning o‘rnida
bo‘lganimda hozir..” deya
o‘ylardi.
Qissadan hissa: Yo‘lga chiqish
oldidan yo‘ldoshlik uchun
yaxshi, bama’ni kishilarni
tanlash lozim. Chunki haqiqiy
do‘st safarda bilinadi.
* Donolar aytganlar: “Sen
menga yo‘ldoshing, do‘sting
kimligini ayt, men senga
kimligingni aytaman”;
“Yaxshi bilan yurdim, qand
yedim. Yomon bilan yurdim,
pand yedim”.
* Kishi uchun eng zarur narsa
har yerda o‘z haddini bilish,
aql bilan ish tutishdir.
* Aqlli odam har narsadan bir
ibrat olgay.
* Kishi o‘zidan oldin yashab
o‘tganlar boshiga kelgan
balolarni unutmasligi,
shunga ko‘ra harakat qilishi
darkor.
O`tmishdan agar ibrat
olmasa kishi,
Kelajagi boshqalarga
ibrat bo`lg`usi...
Категория: ISLOM | Просмотров: 1015 | Добавил: R-MADRID | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Вход на сайт
Реклама.
Forum Faollari
  • neyla19
  • _DialNeNiNo_
  • OYDIN
  • _Dilya_
  • Jasmina---
  • _NaTaLi_
  • _Didishka_
  • Bilov
  • SUDEYS
  • MUHABBAT3223
  • qobilbek9353
  • odil@xran
  • YILDIZ
  • odiljon_-_oxran
  • Golib1214
  • _Shaddotcha_
  • Zahar_qizcha
  • Futbolist1990
  • Muxtor
  • ZARINA5545
  • Поиск
    Календарь
    2025 yil mamlakatimizda “Mustahkam oila yili”
    Хостинг от uCoz