Agar siz o`z orzuingizdagi qizni topib unga uylansangiz, albatta boshqa orzularingiz bilan xayrlashishingizga to`g`ri keladi.
MANZILINI BER
Bir o‘g‘rining qarmog‘iga oltin baliq ilinibdi. Lekin u nima qilishini bilmasdan baliqni u yog‘iga ag‘daribdi, bu yog‘iga ag‘daribdi.
-Tila tilagingni, - debdi, nihoyat, oltin baliq tilga kirib.
-Bu nima deganing , -debdi tushunmasdan o‘g‘ri.
-Senga qanaqa tushuntirsam ekan, kecha bir odam meni ushlab olgan edi. U mendan yuz million so‘m muhayyo qilishimni so‘radi. Men uni bir zumda bajo keltirdim. Senga nima qilay?
- O‘sha odamning uy manzilini ber. :crazy:
DEYARLI BENZIN YEMAYDI
Er-xotin to‘xtab qolgan mashinani itarib ketishyapti:
Er: Mashinaning egasi to‘g‘ri aytgan ekan.
Xotin: Nima deb?
Er: - «Mashinam deyarli benzin yemaydi »,- deb.
«Sevgi taklif qilinmasin!»
Firma direktori bir yilda uchta kotibani ishdan bo`shatib yubordi. Ular yomon emasdilar. Ҳamma ishni a`lo darajada uddalardilar. Mana shunday «uddalash»dan zerikkan direktor gazetaga e`lon tayyorlamoqda: «Firmaga kotiba kerak. Iltimos, sevgi taklif etilmasin!»...
Agar...
Agar siz o`z orzuingizdagi qizni topib unga uylansangiz, albatta boshqa orzularingiz bilan xayrlashishingizga to`g`ri keladi. Tan olinmaydi
Sukut - shunday qimmatbaho javohirki, uni faqat ayollargina tan olmaydilar. E`londan:
«Qaytim so`ramaydigan kishilarga navbatsiz xizmat ko`rsatiladi».
«Учиб кетяпсанми?»
Эр ширакайф ҳолда жуда кеч қайтди. Унинг қайтганини сезган хотини эшик ортида ғазаб билан супурги кўтариб, кутиб турибди. Уни кўрган эри эшик ташқарисидан деди: - Хотинжон, қаёққадир учиб кетмоқчимисиз?..
Ayolni boshqarish
Ҳayotda va umuman oilaviy hayotda ayolni boshqarishning ikki usuli amal qiladi. Lekin uni hozirgacha hech kim kashf eta olmagan...
«Majburlashdi»
Er g`irt mast holda uyiga arang etib keldi. - Yana ichib keldingizmi? Axir «Endi ichmayman» deb va`da beruvdingiz-ku, - dedi xotin kuyunib. - Meni kechir, xotinjon. Men ichmasdim, ammo meni qo`rqitib majburlashdi. - Qanday qilib? - Agar ichmasam, menga boshqa quymasliklarini aytib qo`rqitishdi...
Qanday to`lov?
Mijoz ofitsiantga: - Bu hisob mening egan ovqatim uchunmi yoki restoranni menga sotyapsizlarmi?..
Unutish
- Pahlavonim! - Ҳa, azizam. - jonim, nonushta qilib oling. - Xo`p bo`ladi, go`zalim. - Uyda go`sht qolmabdi, quyoshim. - Olib kelaman, quyoncham. - Yaxshi borib keling, mehnatkashim. - To`xta xotin, to`xta, rostini ayt, sen ham mening ismimni esdan chiqarib qo`ydingmi?..
|